• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Guterrish, Putin, Bayden, Szinpin. Xorij davlatlari prezidentlari va hukumat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston mustaqilligi bilan tabriklamoqda

    O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ularda xorijiy hamkorlar O‘zbekiston bilan istiqlol yillaridagi yuksak muvaffaqiyatlarini alohida qayd etgan. Keyingi yillarda demokratik yangilanishlar, ko‘p millatli xalqning turmush sifati va farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishdagi natijalar, shuningdek, yangi O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi roli e’tirof etilishiga va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan konstruktiv va pragmatik tashqi siyosatni olib borishdagi yutuqlar ta’kidlangan.

    Maktublarda davlat rahbariga yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

    Janobi Oliylari!

    Mamlakatingiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqiga eng ezgu tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.

    Ushbu murakkab damlarda biz har bir davlat umumiy global farovonlikka erishish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishi naqadar muhim ekanini yana bir bor anglaymiz, va shu munosabat bilan Sizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi qat’iy intilishingizni olqishlaymiz.

    COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yengib o‘tishda birgalikda harakat qilar ekanmiz, yanada barqaror va adolatli jamiyat barpo etish uchun tiklanish jarayonlaridan foydalanishimiz zarur. Shuningdek, iqlim o‘zgarishlari sohasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni hal qilish borasida dadil harakat qilishimiz, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishimiz kerak.

    Mustaqillik kuni munosabati bilan umid qilamanki, O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining yanada mustahkam bo‘lishiga hamda barcha uchun yanada farovon va yanada adolatli dunyoni barpo etishga bundan buyon ham ko‘maklashadi.

    Janobi oliylari, sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qiling.

    Antoniu Guterrish, BMT Bosh kotibi

     
    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganining 30 yilligi munosabati bilan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz.

    Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidan dadil bormoqda, jahon sahnasida munosib hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lib, mintaqaviy va xalqaro ishlarda konstruktiv rol o‘ynamoqda.

    Davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga, barcha yo‘nalishlarda sermahsul hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat qaratyapmiz. Bu Rossiya va O‘zbekistonning do‘st xalqlari manfaatlariga to‘liq javob beradi hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadiga mosdir.

    Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, barcha yurtdoshlaringizga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilayman.

    Hurmat bilan,

    Vladimir Putin, Rossiya prezidenti

     

    Hurmatli Prezident janoblari!

    Xitoy Xalq respublikasi hukumati va xalqi nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizga va do‘st O‘zbekiston xalqiga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.

    Mustaqillik qo‘lga kiritilganidan buyon o‘tgan 30 yilda O‘zbekistonda ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi, xalq turmush darajasi yuksaldi, respublikaning xalqaro nufuzi kundan-kunga ortib bordi.

    Siz, Prezident janoblari, davlat rahbari lavozimiga kirishganingizdan so‘ng ulkan muvaffaqiyatlarga erishdingiz, islohotlar bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniyani qat’iy ilgari surib, yangi taraqqiyot rejasini ishlab chiqdingiz.

    Yangi O‘zbekistonni barpo etish ishlari jadallashmoqda, Markaziy Osiyoning barqarorligi va taraqqiyotiga ijobiy ruh bag‘ishlamoqda. Xitoy O‘zbekistonni uning milliy shart-sharoitlariga mos keluvchi taraqqiyot yo‘lidan borishda bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlaydi hamda uning milliy taraqqiyot va milliy tiklanish sari sa’y-harakatlarida yeng yelkadosh bo‘lishga tayyor.

    Joriy yil aprel oyida biz sermahsul va do‘stona ruhda muloqot qildik, Xitoy—O‘zbekiston strategik hamkorligini har tomonlama kengaytirish bo‘yicha yangi va muhim kelishuvlarga erishdik.

    Men Xitoy—O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman, Siz bilan ishchan munosabatlarimiz va shaxsiy do‘stligimizni yuksak qadrlayman. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni ikki mamlakat va xalq farovonligi yo‘lida doimiy ravishda rivojlantirish uchun Siz bilan birgalikda ishlashga tayyorman.

    Do‘st O‘zbekistonga ravnaq va kuch-qudrat, uning xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilayman.

    Si Szinpin, Xitoy raisi

     
    Hurmatli Prezident janoblari!

    Amerika xalqi nomidan sizni va O‘zbekiston xalqining mamlakatingiz mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklayman. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligining qat’iy tarafdori bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

    Keyingi yillarda munosabatlarimiz ancha kengaydi, biz strategik sherikligimiz hamda tinch, o‘zaro bog‘langan va barqaror mintaqani asrash yo‘lidagi hamkorligimiz chuqurlashishiga umid qilamiz.

    Shu bilan birga, butun dunyodga COVID-19 ga qarshi kurash davom etmoqda, yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan COVAX dasturi doirasida “Moderna” vaksinasining 3 million dozasi yetkazib berilgani O‘zbekistondagi vaziyatning yaxshilanishiga salmoqli ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid bildiraman.

    Qo‘shma Shtatlar sizning ushbu tashabbuslar doirasidagi sherikligingizni qadrlaydi. Munosabatlarimiz kelajakda yanada rivojlanishiga umid qilamiz.

    Samimiyat ila,

    Jozef Bayden, AQSh prezidenti

     

    Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlaridan ham qutlovlar yetib kelgan. Xususan, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In, Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Yevropa kengashi prezidenti Sharl Misheldan ham bayram tabriklari kelgan.

    Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

    • Belarus prezidenti — Aleksandr Lukashenko;
    • Saudiya Arabistoni podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi — Salmon bin Abdulaziz al-Saud;
    • Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti shayx — Xalifa bin Zoid al-Nahayon;
    • Misr prezidenti — Abdulfattoh as-Sisi;
    • Eron prezidenti — Ibrohim Raisiy;
    • O‘mon sultoni — Haysam bin Toriq al-Said;
    • Falastin prezidenti — Mahmud Abbos;
    • Yaponiya imperatori — Naruxito;
    • Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qirolichasi — Yelizaveta II;
    • Ispaniya qiroli — Filipp VI;
    • Niderlandiya qiroli — Villem-Aleksandr;
    • Avstriya prezidenti — Aleksandr Van der Bellen;
    • Bolgariya prezidenti — Rumen Radev;
    • Vengriya prezidenti — Yanosh Ader;
    • Latviya prezidenti — Egilts Levits;
    • Polsha prezidenti — Anjey Duda;
    • Portugaliya prezidenti — Marselu Rebelu de Souza;
    • Ruminiya prezidenti — Klaus Yoxannis;
    • Serbiya prezidenti — Aleksandr Vuchich;
    • Finlyandiya prezidenti — Sauli Niinestyo;
    • Chexiya prezidenti — Milosh Zeman;
    • Shveysariya prezidenti — Gi Parmelin;
    • Estoniya prezidenti — Kersti Kalyulayd;
    • Avstraliya Ittifoqi General-gubernatori — Devid Xyorli;
    • Rim-katolik cherkovi rahbari — Fransisk;
    • Singapur prezidenti — Halima Yaqub;
    • Shri-Lanka prezidenti — Gotabaya Rajapaksa;
    • Tailand qirolligi bosh vaziri — Prayut Chan-Ocha;
    • Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri — Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz al-Saud;
    • Birlashgan Arab Amirliklarivitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi shayx — Muhammad bin Roshid al-Maktum;
    • Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi shayx — Muhammad bin Zoid al-Nahayon;
    • Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri shayx — Mansur bin Zoid al-Nahayon;
    • Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri — Sayf bin Zoid al-Nahayon;
    • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ;
    • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi — Xusrav Noziriy;
    • Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi — Zurab Pololikashvili.

    01.09.2021, 09:55   Izoh (0)   23120
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yubkadagi shahzoda Charlz, Afg‘onistonni tark etgan so‘nggi AQSh harbiysi, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan panda. 31-avgust suratlari

    31.08.2021, 23:54

    O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Renessans TV nodavlat telekanali ishga tushiriladi

    31.08.2021, 23:48

    Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi poyezdlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    31.08.2021, 23:26

    Avtomobilini O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida bo‘yagan haydovchilar jarimaga tortilmasdan, ogohlantirish berildi

    31.08.2021, 23:11

    Sankt-Peterburgdagi qandolat do‘konining hojatxonasidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

    31.08.2021, 22:56

    Mustaqillik bayrami tadbirida Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning birgalikdagi faoliyati aks etgan kadrlar e’lon qilindi (video)

    31.08.2021, 22:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda echkiemarga nos chektirgan fuqaroga jazo tayinlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:20

    Avtomobilning qaysi qismida eng ko‘p bakteriyalar to‘planishi ma’lum bo‘ldi

    Layfstayl | 20 iyun, 18:19

    “O‘zbekistonda 7 mln odam toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan” — Jahon banki vakili

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:08

    Filippinda 175 mln dollarlik giyohvand moddalar kontrabandasi qo‘lga tushdi

    Dunyo | 20 iyun, 18:05

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Farg‘onada xonadonlardan biri yonayotgan “dom”dan 7 kishi qutqarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:55

    BMT Isroil armiyasi va xavfsizlik kuchlarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

    Dunyo | 20 iyun, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.