Moliyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi belgilandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Unga ko‘ra, hukumat qarori bilan “Moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) faoliyatidagi moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibini belgilaydi.
Nizomga asosan Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida xavflar Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tomonidan boshqariladi.
Xavflar quyidagi tartibda baholanadi:
- xavf ta’sirini aniqlash;
- xavf ehtimolini aniqlash;
- xavf ta’siri va ehtimoli natijalarini o‘zaro bir-biriga ko‘paytirish orqali xavf darajasini hisoblash.
Xavf ta’sirini aniqlashda quyidagi omillarga belgilangan mezonlar asosida 1—3 ball beriladi:
- xavfni boshqarish bo‘yicha tashkilot nazorati;
- tashkilotning ushbu xavf yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan funksiyasining avtomatlashgani;
- xavfning yuzaga kelishida normativ-huquqiy hujjatlardagi bo‘shliqlarning mavjudligi.
Bunda 3 ball tegishli xavf ta’sirining eng yuqori darajasini va 1 ball eng past darajasini bildiradi.
O‘zbekistondagi muammoli kreditlar
2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlar 21,2 trillion so‘mni (1,6 milliard dollar) tashkil etib, yil davomida 4,5 trillion so‘mga (346,6 million dollar) yoki 27,5 foizga oshgan.
Davlat banklaridagi muammoli kreditlar hajmi 14,34 trillion so‘mga (1,1 milliard dollar) yetdi, biroq natijalar turli muassasalarda turlicha. Xususan, “Xalq” banki o‘zining muammoli kreditlarini 601 milliard so‘mga (46,3 million dollar) kamaytirib, yomon kreditlar ulushini 7,6 foizdan 4,2 foizga qisqartirdi. “Mikrokreditbank” va “Biznesni rivojlantirish banki” ham muammoli kredit darajasining biroz pasayganini ma’lum qildi.
Boshqa tomondan, xususiy va boshqa banklardagi muammoli kreditlar 3,49 trillion so‘mga (268,8 million dollar) oshib, yil oxiriga kelib jami 6,84 trillion so‘mga (526,8 million dollar) yetdi.
Izoh (0)