• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    O‘zbekistonda oqilona tashqi qarz siyosati yuritilmoqda

    So‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida liberallashtirishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, xalqaro hamjamiyat bilan moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashqi siyosatda keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi.

    Taraqqiyotning yangi bosqichida O‘zbekiston tashqi siyosatida ilgari kuzatilmagan faol, ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni olib bormoqda. Xususan, xalqaro kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilish orqali iqtisodiy-ijtimoiy loyihalarni qo‘shimcha moliyaviy resurslar bilan ta’minlash hamda mamlakat suveren kredit reytingini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

    Bu kabi sharoitda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Mamlakatning tashqi qarzi oshib bormoqda, bunga ehtiyoj nimada, nima uchun tashqi qarz jalb etildi, jalb etilgan mablag‘lardan qanday maqsadlarda foydalanilmoqda, kelajakda tashqi qarz bilan bog‘liq muammolar vujudga kelmaydimi?” – kabi yo‘sindagi ko‘plab savollar oqimi to‘xtamayapti. 

    Bu kabi savollarga iqtisodchilar, ekspertlar, mamlakat moliya-bank tizimida faoliyat yurituvchi soha vakillari ham javob berib kelmoqda, lekin amalga oshirilayotgan tashqi qarz borasidagi siyosatni o‘zining “qarichi” bilan tahlil qiluvchi ayrim “tanqidchilar” bunga qoniqish hosil qilmasdan hech qanday asoslarsiz bu holatga nisbatan noholis fikr bildirib, odamlar orasida islohotlarga bo‘lgan ishonchsizlik kayfiyatini uyg‘otishga urinishmoqda.
     So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalar (ichimlik suvi va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, uy-joylar qurish, ta’lim va sog‘liqni saqlash loyihalari) bilan birga infratuzilma va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, 2017-2023 yillarda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 16 mlrd. AQSH dollari o‘zlashtirildi, 103 ta loyiha ishga tushirildi. Natijada 5 millionga yaqin aholining kundalik hayoti yaxshilanishiga ta’sir qilgan 9 mingta ijtimoiy va infratuzilma inshootlari qurildi va ta’mirlandi. 38 ta yangi yirik sanoat quvvati ishga tushirilib, 6,5 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratildi. 

    Tabiiyki, bu kabi loyihalarni amalga oshirish yirik miqdordagi moliyaviy mablag‘larni talab etadi. Bu sharoitda yirik hajmdagi moliyaviy mablag‘larni davlat byudjetidan ajratilishi, byudjetga ortiqcha yuk bo‘lib ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash borasida davlatning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan xarajatlarning cheklanishiga sabab bo‘ladi. 

    Davlat byudjeti daromadlarini ko‘paytirish maqsadida soliq stavkalarining oshirilishi yoki yangi turdagi soliqlarning joriy etilishi esa istiqbolda iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarga, xususan biznes sub’yektlari faoliyati va aholi farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda “xufyona iqtisodiyot” ko‘lamini oshirishi mumkin. Bu kabi sharoitda qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb etishning jahon amaliyotida ko‘p sinalgan va eng samarali usullaridan biri xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari va xalqaro moliya bozorlaridan mablag‘ jalb etish hisoblanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishish yo‘lidagi belgilangan vazifalarni samarali bajarish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida xalqaro kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan maqsadli foydalanishga alohida ahamiyat berilmoqda.

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlardan mablag‘ jalb qilish oson masala emas, buning uchun mamlakatning xalqaro darajadagi nufuzi, jahon hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalari ko‘lami, suveren kredit reytingi darajasi, moliyaviy jihatdan barqarorligi hamda jalb etilgan mablag‘lar orqali amalga oshirilgan loyihalarning natijadorligi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi. O‘z navbatida jahondagi nufuzli reyting agentliklari tomonidan doimiy ravishda mamlakatning moliyaviy barqarorligi, iqtisodiy o‘sish darajasi, tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilgan loyihalarning natijalarini baholash asosida tegishli reyting darajasi tasdiqlanadi. Sodda qilib aytganda mamlakatning moliyaviy barqarorligi va uning to‘lov qobiliyatiga nisbatan ishonch bo‘lsagina xorijdan mablag‘ jalb qilishga imkon bo‘ladi, aks holda buning mutlaqo imkoni yo‘q.

    Ma’lumki, mamlakatimizda 2017 yilga qadar qarz masalalariga salbiy omil sifatida qaralgan va uni oshishiga yo‘l qo‘yilmagan. So‘nggi yillarda Davlatimiz rahbarining tashabbuskorligi asosida jahon mamlakatlari bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilib, faol, ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat olib borilmoqda. Buning natijasida mamlakatimizning nufuzi mintaqa va xalqaro miqyosda oshib, qator mintaqaviy va xalqaro tashkilotlardagi o‘rni va ovozi mustahkamlanib bormoqda. 

    So‘nggi yillarda mamlakatga xorijiy kapitalni jalb qilish uchun qulay investisiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish maqsadida valyuta bozori liberallashtirildi, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bo‘yicha barcha cheklovlar bekor qilindi, qulay fiskal tizim yaratildi. Bu holat jahon hamjamiyati tomonidan yirik xalqaro tadbirlarda doimo e’tirof etilib, yuqori darajada baholanib kelinmoqda. 
    2017 yildan keyin jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvni kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi va mamlakat moliya tizimidagi jadallik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar qarzga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. 2024 yil yakuniga ko‘ra, mamlakatimizning umumiy tashqi qarzi 63,9 mlrd. AQSH dollarini (shundan, davlat tashqi qarzi – 33,7 mlrd. AQSH doll., yoki YAIMga nisbatan 29,3 foiz; xususiy tashqi qarz – 30,2 mlrd. AQSH doll. yoki YAIMga nisbatan 26,3 foiz) yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 55,6 foizni tashkil etdi.

    Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda davlat qarzi va tashqi qarz bilan bog‘liq holatni muntazam nazorat qilish, uning xavfsiz chegarasini belgilash hamda bu boradagi xavf-xatarlarning oldini olish kabi masalalar doimiy e’tiborda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi tavsiyalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi hozirgi qarz ko‘rsatkichi “mo‘tadil” darajada deb e’lon qilingan. YAIMning 60 foiz chegarasigacha bo‘lgan qarzdorlik O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishiga xizmat qilishi jamg‘arma tomonidan ta’kidlangan. Shuningdek, mamlakatimizning “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra ham, davlat qarzi summasining yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oshmasligi belgilangan.

    Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) 2024 yil iyul oyidagi 4-modda (Article IV) doirasida e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston davlat qarzi va davlat tashqi qarzi bo‘yicha xatarlar past darajada va davlat qarziga xizmat ko‘rsatish salohiyati “yuqori” hisoblanadi. Shuningdek, hisobotda Davlat tashqi qarzi asosan xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli shartlardagi kreditlaridan iboratligi hisobiga qayta moliyalashtirish xatari pastligi qayd etilgan.

    Davlat tashqi qarzining maqsadli va samarali foydalanilishi barqaror iqtisodiy o‘sish, qo‘shimcha qiymat yaratadigan sohalar, xususan, ishlab chiqarish, infratuzilmani rivojlantirish, inson kapitali va innovatsiyalarni rivojlanishiga hissa qo‘shadi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilinayotgan tashqi qarz mablag‘larining asosiy qismi mamlakatimiz aholisining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalar bilan birga milliy iqtisodiyotda infratuzilma va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish loyihalariga yo‘naltirilmoqda. 

    2024 yil yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzining 45,3 foizi yoki 15,3 mlrd. AQSH dollari davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga, 17,0 foizi yoki 5,7 mlrd. AQSH dollari energetika sanoatiga, 8,7 foizi yoki 2,9 mlrd. AQSH dollari qishloq va suv xo‘jaligiga, 8,5 foizi yoki 2,9 mlrd. AQSH dollari transport va transport infratuzilmasiga, 8,5 foizi yoki 2,9 mlrd. AQSH dollari uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur loyihalar milliy iqtisodiyotda uzoq yillar davomida investisiyalarga bo‘lgan yuqori talab shakllangan holatda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, ularni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlashtirishga qaratilgan. 

    Davlat tashqi qarzi eng ko‘p jalb qilinayotgan davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi mablag‘larning katta qismi mamlakatimizda olib borilayotgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilayotganligi natijasida xalqaro moliya institutlari tomonidan imtiyozli shartlarda taqdim qilingan bo‘lib, mazkur qarz mablag‘lari asosan ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda. 
    Aholini toza ichimlik suvi, barqaror elektr energiyasi va arzon uy-joy bilan ta’minlash borasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan loyihalar xalqimizning asosiy ehtiyojlarini qondirish va birlamchi yashash sharoitini yaratish bilan birgalikda iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada 2024 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natija islohotlar samarasini, shu jumladan, davlat qarzini boshqarish borasida to‘g‘ri yo‘l tanlanganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

    Yuqoridagi tahlillardan xulosa shuki, hozirgi kunda dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining bir-biriga integratsiyalashuvi kuchayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligini ta’minlash davlat qarzi masalasini yuzaga keltiradi. Chunki yaqin istiqbolda milliy iqtisodiyotning tez sur’atlarda o‘sishini ta’minlash orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini oshirib borish kabi ustuvor vazifa belgilangan. Tabiiyki, bunday sharoitda ichki va tashqi qarz manbalariga yuqori ehtiyoj seziladi. Chunki milliy iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yuqori istiqbolli loyihalarni amalga oshirish qo‘shimcha moliyaviy resurslarni talab etadi.

    Muxtasar qilib aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oqilona tashqi qarz siyosati milliy iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiyalash orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, zarur ijtimoiy infratuzilmani yaratish va pirovardida esa xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda.

    Ataniyazov Jasurbek Xamidovich 
    iqtisodiyot fanlari doktori, professor

    17 aprel, 20:06   Izoh (0)   613
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik qizlar Yevropa Matematika Olimpiadasida ilk ishtirokdayoq 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

    17 aprel, 14:43

    Yangi Andijon – murakkab demografik masalaga samarali yechim

    16 aprel, 15:29

    O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonasida “O‘zbek milliy kiyimlari kuni” mavzusida brifing o‘tkazildi

    11 aprel, 15:43

    O‘zbekiston diplomatiyasida tarixiy voqelik: dunyo qonun ijodkorlari Toshkentda jamlanmoqda

    6 aprel, 12:19

    O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” imzolanadi 

    3 aprel, 10:47

    O‘zbekistonlik yosh kardiologning taqdimoti xalqaro anjumanda yuqori baholandi

    1 aprel, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.