• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot Moliya Biznes

    Pavel Kaptel: “O‘zbekistonda banklarni to‘liq xususiylashtirish qiyin bo‘ladi, ehtimol kechiktiriladi”

    “O‘zbekistonda davlat banklarini xususiylashtirish qiyin bo‘ladi va bu jarayon katta ehtimol bilan kechiktiriladi”, deydi Fitch Ratings’ning moliyaviy institutlar bo‘yicha direktori Pavel Kaptel 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyada. Bu haqida tadbirda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Kaptelning ta’kidlashicha, mamlakatda besh yil avval boshlangan bank islohotlari sakkizta yirik bankni xususiylashtirishga qaratilgan bo‘lsa-da, bu borada ishlar sekin ketmoqda.

    “2023—2024-yillarda boshlangan bir qator yirik banklarni xususiylashtirish bir necha bor kechiktirilgan. Prezidentning 2024-yil oktyabr oyida chiqargan farmoni bilan bu rejalar 2025-yil oxiriga ko‘chirildi,” dedi Kaptel.

    Investorlarning qiziqishiga qaramay, jarayon noaniqligicha qolmoqda. O‘zbekiston hukumati 2025-yil oxirigacha “SQB”, “Asakabank” va “Aloqabank”ni xususiylashtirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, Fitch bu muddat ichida uchta bankni sotish katta ambitsiya ekanini ta’kidlamoqda.

    “Hukumat va banklar hali ham muzokaralar olib bormoqda. Bizning asosiy taxminimiz, (ayrim) banklarni to‘liq xususiylashtirish qiyin bo‘ladi va ehtimol kechiktiriladi”, deya so’zladi Kaptel.

    Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri banklar ulushlarini o‘z ichiga olgan Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etishdir. Kaptel jamg‘armaning xalqaro firma tomonidan boshqarilishini oldinga tashlangan ijobiy qadam sifatida baholamoqda.

    “Bu operatsion samaradorlikni oshirish, boshqaruvni kuchaytirish va aktivlar sifatini oshirishga yordam berishi kerak”, deb qo‘shimcha qildi u.

    Dollarizatsiya, muammoli kreditlar va davlat qo‘llovi

    Kaptel O‘zbekiston bank sektoridagi bir qator asosiy xatarlarni, jumladan, dollarlashtirish darajasining yuqoriligini ta’kidladi. So‘nggi ma’lumotlar pasayish tendensiyasini ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonning dollarizatsiya darajasi mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda, bu esa aktivlar sifatiga xavf soladi.

    Yana bir muhim masala bank tizimidagi aktivlar sifatidir, ayniqsa, muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushiga to‘g‘ri keladigan banklar. Fitch prognozlariga ko‘ra, muammoli kreditlar 2025-yilda 10 foizga yetib, keyin asta-sekin pasayadi.

    So‘nggi besh yil ichida hukumat davlat banklariga qariyb 2 milliard dollar miqdorida kapital yordam ko‘rsatdi, bu 2024-yilda sektor umumiy aktivlarining qariyb 2 foizini tashkil etadi. Kaptelning ta’kidlashicha, bu qo‘llab-quvvatlash asosan davlat funksiyalarini bajaruvchi banklarga taqdim etilgan.

    Bank sektorining tashqi moliyalashtirishga o‘ta bog‘lanib qolgani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Xususan, davlat banklari o‘z mablag‘larining qariyb to‘rtdan bir qismida xalqaro moliya institutlariga qaram bo‘lib, bu qaramlik xususiy banklarga qaraganda ancha yuqori.

    “O‘zbekiston mintaqada tashqi moliyalashtirishga qattiq bog‘lanib qolgan yagona davlatdir”, dedi Kaptel. Kreditlar uzoq muddatli va qulay bo‘lsa-da, keyinchalik ular bir qator muammolar keltirib chiqaradi.

    Kaptel so‘zini yakunlar ekan, bank islohotlarining yutuqlari bo‘lsa-da, muammolar hali ham mavjudligini aytib o‘tdi.

    O‘zbekistondagi muammoli kreditlar

    2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlar 21,2 trillion so‘mni (1,6 milliard dollar) tashkil etib, yil davomida 4,5 trillion so‘mga (346,6 million dollar) yoki 27,5 foizga oshgan.

    Davlat banklaridagi muammoli kreditlar hajmi 14,34 trillion so‘mga (1,1 milliard dollar) yetdi, biroq natijalar turli muassasalarda turlicha. Xususan, “Xalq” banki o‘zining muammoli kreditlarini 601 milliard so‘mga (46,3 million dollar) kamaytirib, yomon kreditlar ulushini 7,6 foizdan 4,2 foizga qisqartirdi. “Mikrokreditbank” va “Biznesni rivojlantirish banki” ham muammoli kredit darajasining biroz pasayganini ma’lum qildi.

    Boshqa tomondan, xususiy va boshqa banklardagi muammoli kreditlar 3,49 trillion so‘mga (268,8 million dollar) oshib, yil oxiriga kelib jami 6,84 trillion so‘mga (526,8 million dollar) yetdi.

    18 aprel, 17:14   Izoh (0)   1666
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Domdagi tovuqxonalar, sanog‘i yo‘q kaptar-u to‘tilar, Toshkentning yangi “eski” shahri Qoraqamish

    18 aprel, 17:05

    Soliq-bojxona siyosati va maʼmurchiligini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosli takliflar ishlab chiqiladi

    18 aprel, 16:58

    O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi

    18 aprel, 16:37

    Prezident Sanepidqo‘m faoliyati, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tanqid qildi

    18 aprel, 16:31

    “Biz mahsulotlarning bozorga kirishini yengillashtirib, uni realizatsiyasidagi nazoratni kuchaytiramiz” — prezident

    18 aprel, 16:18

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana tushdi

    18 aprel, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Ukrainaga hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi

    Dunyo | 11 may, 12:55

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 11 may, 12:30

    Tramp Rossiya va Ukraina uchun “buyuk hafta” boshlanayotganini aytdi

    Dunyo | 11 may, 12:05

    Afg‘onistonda shaxmat rasman taqiqlandi

    Dunyo | 11 may, 11:41

    Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari 7 kishiga yetdi

    O‘zbekiston | 11 may, 11:28

    Barchaga sevimli turk seriallarida yangragan eng mashhur 8 ta qo‘shiq

    Musiqa | 11 may, 11:00

    “Real” sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

    Sport | 11 may, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.