• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Suv narxi nega oshyapti?

    Daryo muxbirining savollariga “O‘zsuvtaʼminot” axborot xizmati rahbari Akmal Murodov javob berdi.

    Bundan bir necha kun oldin elektr energiyasiga tariflar oshirilishi mavzusi barcha OAVning diqqat markazida bo‘ldi. Va oydinlik kiritildiki, agar mijoz oyiga ming kilovattgacha elektr sarflasa, eski narxlarda to‘layveradi, qachonki ming kilovattdan, 5 mingdan, 10 mingdan oshib ketsa, borgan sari narx ham ko‘tariladi. Mana endi suv masalasi o‘rtaga chiqyapti. Aytingchi, bugungi kunda biz, isteʼmolchilar suv uchun qancha to‘layapmizu bizga yetkazib berilayotgan suvning tannarxi qanchaga tushyapti?

    Ichimlik suvining tannarxi hamma hududlarimizda har xil. Sababi, hududlarimizning geografik va geologik joylashuvi, suv zaxiralarining mavjudligi, yetkazib berish masofasi, unga sarflanayotgan yoqilg‘i sarf-xarajatlari, xodimlarning oylik maoshi, qurilgan inshootlar, xalqaro moliya tashkilotlaridan olinadigan kredit mablag‘lari va shu kabi sarf-xarajatlarimiz tariflar ichiga kiritiladi. Ayni kunlarda eng arzon tarifimiz Toshkent shahrida – ming litr suv uchun aholi 400 so‘m to‘laydi. Nafaqat Markaziy Osiyoda, balki jahonda eng arzon narx bu.

    Eng qimmat tarifimiz Navoiy viloyatida – ming litr suv uchun viloyat aholisi 3000 so‘m to‘laydi. Sababi, u yerda suv zaxiralari kam, 20 foizni tashkil qiladi. Qolgan 80 foizini aholiga Samarqand viloyatidan yetkazib beramiz. Bu qariyb 200 kilometr degani, shuncha masofaga quvurlar yotqizilgan, energiya xarajatlari shuni taqozo etadi.

    Ichimlik suvining tannarxi haqida ham maʼlumot bersak. Biz 400 so‘mdan to‘layapmiz, lekin yetkazib berish sarf-xarajatlari qanchaga tushyapti?

    Toshkent shahri aholisi uchun 1000 litr suv xarajati 620 so‘mdan oshyapti. Lekin biz 400 so‘mdan sotyapmiz. Ming litr suv uchun 220 so‘m farq qilyapti, boshqa hududlarimizda ham taxminan shunday. Tariflar oxirgi marta 2020-yilda o‘zgargan. Uch yil davomida narxlar oshdi, yoqilg‘i narxi, suvni tozalash uchun ishlatiladigan natriy xlor, kalsiy xlor, achchiqtosh kabilarning narxi oshdi, biz ularni xorijdan olib kelamiz. Maoshlar ham ko‘tarilayaptiyu lekin suvga to‘lovlar oshmayapti. Bundan tashqari, Xalqaro moliya institutlari tomonidan O‘zbekistonning ichimlik suvi siyosatini yaxshilashga qaratilgan mablag‘lar ajratilyapti. Bu mablag‘larni qaytarish kerak, ular suv siyosatimizning qanchalik optimalligi va konstruktivligiga qarab mablag‘ ajratadi va o‘sha mablag‘lar sarfini tahlil qilib boradi. Bergan mablag‘imizni maqsadli ishlatyaptimi, suv inshooti qurayaptimi, aholiga qulaylik yaratayaptimi degan savollarni qo‘yadi.

    Elektr masalasida ham vaziyat shunga o‘xshash edi, yaʼni soha o‘z zarariga ishlayotgani sababli investorlar mablag‘ kiritishni xohlamaydi. Endi suv uchun to‘lovlarda yangi tariflar joriy etilayapti, bu tariflarni muhokamadan o‘tkazish jarayoni yakuniga yetdimi?

    Bugungi kunda Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Andijon viloyatlarida tariflar o‘zgardi. Mexanizm shundayki, mahalliy xalq deputatlari kengashi buni xalq muhokamasiga qo‘yadi, aholi tasdiqlagach, qaror chiqariladi. Toshkent shahrida ming litr suvga 1400 so‘m tarif belgilansin deb taklif beryapmiz, hali bu tasdiqlangani yo‘q. Ming litr uchun 1400 so‘m – hali ham nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyodagi eng arzon narxlardan biri hisoblanadi.

    O‘zbekistonda suv zaxiralarining qariyb 60-70 foizi qo‘shni davlatlardagi muzliklarning erishi va yog‘ingarchilik oqibatida hosil bo‘ladi, qolgani esa o‘zimizdagi yog‘ingarchilik hisobiga shakllanadi. Lekin o‘sha suvning boshida turgan qo‘shni davlatlarda ham ichimlik suvi bizga nisbatan qimmatroq. Masalan, Qozog‘istonda 2 ming so‘mdan 8 minggacha, Tojikistonda 2 mingdan boshlanadi. Bizda esa o‘rtacha narx ming litr suv uchun 1384 so‘m.

    Do‘konda shu pulga bir litr ham suv xarid qilolmaysiz. Vaholanki, so‘nggi bir necha kunda to‘lov undirish uchun borgan o‘nlab xodimlarimiz kaltaklandi. Qarzdorlarni ogohlantiramiz, ogohlantirish xati beriladi, shundan keyin 5 kun o‘tgach, suvni o‘chirishga haqqimiz bor. Aslida, to‘lov oldindan bo‘lishi kerak. Lekin xodimlarimiz borsa, zo‘ravonlikka duch kelayapti.

    Kuni kecha Namangandagi bir xususiy bog‘chada 5 kishi 2 nafar xodimimizni urib, og‘ir jarohat yetkazgan. Toshkent shahrida ham shunday holat yuz berdi.

    Bu og‘riqli mavzu. Bilishimcha, Toshkent viloyatida ichimlik suvidan 140 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud. Toshkent shahridachi?

    Toshkent shahridagi qarzdorlik 250 mlrd so‘m. Respublika bo‘yicha qarzdorlik 1 trillion 360 milliard so‘mdan oshdi. Bu summa yillar davomida shakllanib kelgan. Suv – tekin degan iborani o‘zimizcha talqin qilamiz. Aslida, suv tekin emas, buning ortida 23 mingdan ortiq ishchi-xodim xizmat qilayapti. Bugungi kunda bir yillik suv sarfimizni yuz foiz desak, O‘zbekistonda 87 foiz suvni qishloq xo‘jaligiga ishlatamiz, 9 foizini baliqchilik va sanoatga, atigi 4 foizini esa ichimlik suvi tashkil etadi. Hamma gap mana shu 4 foizni asrab-avaylash va uning haqini o‘z vaqtida to‘lashda.

    Suv haqini surunkali to‘lamaydiganlarni zamonaviy texnologiyalar yoramida aniqlab, o‘chirishning imkoni yo‘qmi?

    Bu nozik masala. Suv birlamchi ehtiyoj ekanini inobatga olish kerak. Chunki gaz va elektr bo‘lmasa ham kun ko‘rish mumkin, lekin suv o‘chirib qo‘yilsa, baland qavatli uylarda kanalizatsiyaga to‘g‘ri kelmaydi, bemorlar, bolalar bor. Lekin pichoq borib suyakka taqalgach, o‘chirishga majbur bo‘linadi. Masalan, Toshkent shahridagi reydda 25 million so‘m qarzi bo‘lgan mijozning uyiga borilgan. O‘ziga to‘q, tadbirkor odam. Uning otasi bunday holatdan bexabar ekan, gap nimada ekanini tushungach, o‘g‘lini juda qattiq koyib, bugun to‘lab qo‘y dedi, o‘g‘li o‘sha kuniyoq pulni to‘lab qo‘ydi. Vazirlar Mahkamasining qarorida ham qarzdor ogohlantirilgandan keyin besh kunda o‘chirish mumkinligi aytib qo‘yilgan. Jo‘mragini plombalab kelyapmiz, bordiyu o‘zboshimchalik bilan qayta ochib olsa, jinoiy javobgarlikka tortilyapti. Joriy yil may oyidan boshlab fuqarolar elektrga, gazga va ichimlik suviga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulangan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi belgilandi.

    Toshkent shahri va 4 ta viloyatda o‘zgarish bo‘lyapti dedingiz, yangi tariflar bilan yana bir marta tanishtirib o‘tsangiz.

    Qashqadaryo qiloyati aholisi 1 kubmetr suv uchun 1 000 so‘mga yaqin to‘lar edi, endi 2 ming so‘m to‘laydi. Surxondaryoliklar 2 140 so‘m to‘laydi, Toshkent viloyati aholisi 1 700 so‘m to‘laydi. Andijonda 750 so‘m edi, endi 1 500 so‘m to‘layapti. Toshketntda 1 400 so‘mga taklif kiritildi, endi muhokamaga qo‘yilyapti. Bu narxlarni xarajatlardan kelib chiqib belgiladik, foyda ko‘rish uchun emas.

    Ko‘pgina hududlarga ichimlik suvining o‘zi yetib bormagan. Narx oshishiga qarshi chiqadiganlar haqli eʼtiroz bildiradida, yaʼni oldin suv bilan taʼminlab qo‘ying, keyin narx haqida gapirasiz, deb. Shunday eʼtirozlarga qanday javob berasiz?

    To‘g‘ri, bugungi kunda 25,6 foiz aholida vodoprovod suvi yo‘q. 74,4 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Agar o‘sha aytilgan 1,4 trln so‘m qarzdorlik vaqtida to‘langanda edi va o‘sha mablag‘ bizning ixtiyorimizda bo‘lganda, aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi hozirgidek 74,4 foiz emas, taxminan 90 foiz bo‘lar edi. 69-70 foiz ishimiz eski quvurlarni yangilash bilan o‘tyapti. Hozirgi mavjud quvurlar o‘tgan asrning 60-70 yillarida o‘rnatilgan, katta qismi eskirgan, ularni yangilash kerak.

    Dolzarb savollardan biri – ko‘p qavatli uylarda aholi yon-atrofdagi daraxt va gullarni qanday sug‘orishi kerak, buning uchun javobgar bo‘lib qolmaydimi?

    Vazirlar Mahkamasining 194-sonli qarorida yozib qo‘yilganidek, kechki soat 12 dan tonggi 5 gacha ichimlik suvi bilan sug‘orish mumkin. Faqat tamg‘alangan suv hisoblagichi bo‘lishi kerak va yon-atrofda ariq suvi bo‘lmasligi kerak, ariq suvi bo‘lsa, ichimlik suvidan sug‘orish mumkin emas. Yaʼni, qo‘shnilarning suv bosimiga xalaqit bermagan holda, sug‘orish mumkin...

    Qo‘shimcha qilmoqchimanki, BMT tahlillariga qaraganda, isteʼmol madaniyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasak, 2050-yilga borib 33 ta suv tanqis mamlakatlar ro‘yxatiga tushib qolishimiz mumkin.

    Demak, suv isteʼmoliga ham, to‘lovlar masalasiga ham vijdonan yondashish kerak deb hisoblayman.

    12.10.2023, 11:58   Izoh (0)   7874
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda chegaraoldi yaylovlarda mollarni faqat kunduzi o‘tlatishga ruxsat beriladi

    12.10.2023, 11:48

    “O‘zgidromet” 13-oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    12.10.2023, 11:41

    Xotinini besh soat kaltaklab, o‘ldirishga uringan toshkentlik erkak voqeasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

    12.10.2023, 11:16

    O‘zbekistonning chekka va tog‘li hududlar uchun “Mirzo Ulug‘bek” onlayn maktabi tashkil etildi

    12.10.2023, 11:12

    Shavkat Mirziyoyev 13-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Bishkekka boradi

    12.10.2023, 09:48

    Toshkentda telefonida video olib ketayotgan 18 yoshli Equinox haydovchisi YTHga uchradi (video)

    12.10.2023, 09:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anjelina Jolining muxlislari uning qo‘riqchisi sabab aktrisadan xavotirda

    Kino | 25 may, 10:51

    Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 25 may, 10:29

    Luka Modrich “Real” bilan rasman xayrlashdi: “Yakunlangani uchun yig‘lama, sodir bo‘lganidan quvon”

    Sport | 25 may, 10:19

    Pavel Durov sevgilisiga Gollivuddagi rolni 400 ming dollarga sovg‘a qildi

    Shou-biznes | 25 may, 09:41

    O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 may, 09:09

    Garnacho o‘z xizmatlarini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 25 may, 08:12

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.