Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Sochi olib tashlandi. Bu haqda “Daryo”ga kaltaklangan ayolning tanishlaridan biri xabar berdi.
Guliston shahrining “Bo‘ston” mahallasidagi 4-mavzeda yashovchi Nilufar ismli ayol o‘zi ishlaydigan choyxonadan eri tomonidan zo‘ravonlarcha olib ketilgan.
O‘sha kuni eri uni urib, kaltaklab, sudrab olib ketdi. Hammaning ko‘z o‘ngida kaltaklangan ayol kecha — 20-avgust kuni tanishining uyiga qochib borgan va undan yashirinish uchun joy so‘ragan. Ayolning yuzi ko‘karib, ayovsiz kaltaklangan. Sochlari kalga olingan, deydi ismi sir qolishini so‘ragan manba.
Manbaning ma’lumot berishicha, ayolda erining zo‘ravonligidan himoyalanuvchi order bor.
Bu ayol anchadan beri kaltaklanib, “samosud” qilinadi. Qo‘lida himoya orderi bo‘lsa-da, foydasi yo‘q. Bu ayolga hech kim yordam berolmayapti. Eri bir kun urib, o‘ldirib qo‘ymasa bo‘ldi edi, deydi suhbatdosh.
Izoh (0)