Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan 103-sonli yordamchi maktab-internat tarbiyalanuvchisi kaltaklanganligi haqida videoyozuv tarqaldi. Videoyozuvda tasvirlangan holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Videoda bolaning badanidagi ko‘kargan, shuningdek, tishlangan izlarni ko‘rish mumkin. Ta’kidlanishicha, maktab-internat tarbiyalanuvchisini kechki smena tarbiyachilar urgan.
“Natijasi haqida xabar qilinadi”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Izoh (0)