Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, “Al-Ittihod” “Barselona” darvozaboni transferiga qiziqish bildirmoqda. Jidda klubi yozda futbolchini sotib olishga harakat qiladi.
“Al-Ittihod” sport direktori Ramon Planes Ter Shtegenni “Barselona”da ishlagan vaqtidan beri biladi va uni yangi klubining asosiy darvozaboni sifatida ko‘rmoqda.
Saudiya Arabistoni klubi kelishuvni yakunlash qiyin bo‘lishini biladi, ammo ular baribir futbolchini arab klubiga o‘tishga ko‘ndirishga urinib ko‘radi.
Nemis darvozabonining “Barsa” bilan shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
Izoh (0)