Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Olmazor va Yashnobod tumanlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

18-apreldan 22-aprelgacha 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida taʼmirlash ishlari olib borilishi sabab L-DOK-1 va L-DOK-2 tarmoqlari bir vaqtning o‘zida o‘chiriladi.
Ushbu uzilish davrida IM-4 podstansiyasi elektr energiyasi bilan taʼminlanmaydi, bu esa unga ulangan mahalliy qozonxonalar faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishiga olib keladi. Shu sababli 18–22-aprel kunlari ayrim ko‘chalarda issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bular:
Amir Temur, Mustaqillik prospektlari, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Y. G‘ulyamov, Shahrisabz, Shastri, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Uch qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rixsili, Yangi Yunusobod, Yunus ota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-tor, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivli, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarram Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy, Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Beltepa, Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar va boshqa ko‘chalar.
Shuningdek, quyidagi mavzelarida ham cheklovlar bo‘lishi mumkin:
Beltepa, Ibn Sino-1,2, Jarariq, Qamarniso, Beshqo‘rg‘on (1–4), Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, bundan tashqari, O‘zMU, TDTU hududlari, Yunusobod mavzusi (1–19, S-1,2,4,5,6,12,15,17,18-kvartallar), Sebzor, Taxtapul, Qoraqamish 1/1-, 1/2-, 1/3-, 1/4-, 2/1-, 2/3-, 2/4-, 2/5- mavzelari, Hamid Olimjon maydoni, Maxtumquli ko‘chasi va boshqalar.
Toshkent shahrida aprel oyida ko‘plab hududlarda issiq suv vaqtinchalik o‘chirilishi haqida xabar berilgandi.
Mart oyida Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari va qisman Yunusobod tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan edi.
Izoh (0)