• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk GTES qurilishi amalga oshiriladi

    Dunyo miqyosida energetika yo‘nalishida yildan-yilga “yashil” energiya manbalariga alohida urg‘u berilmoqda.

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol, gidroenergiya) ni rivojlantirish, ushbu yo‘nalishdagi quvvatlar hajmini istiqbolli loyihalar orqali oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.

    Bu borada, moslashuvchan energo taʼminoti tizimini shakllantirish hamda rivojlantirish ustuvor ahamiyatga ega.

    Aytish joizki, yangi bosqichda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan yangi GESlar loyihalari bilan bir qatorda, yurtimizda mutlaqo yangi yo‘nalishda – gidroto‘plovchi elektr stansiyalar (GTES) ni barpo etish rejalashtirilgan.

    Joriy haftada mamlakat energetika sohasi rivoji uchun muhim bo‘lgan loyihalarni xalqaro standartlar va xavfsizlik mezonlarini qo‘llagan holda amalga oshirish maqsadida, Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 252-son Qaror hamda 2024-yil dekabr oyida “Ugam kichik GESlar kaskadi” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish uchun amalga oshirilgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq, “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligidagi delegatsiya jahonda GTESlar qurish bo‘yicha yuqori tajribaga ega bo‘gan Xitoyning bir qator yirik nufuzli kompaniyalariga tashrif buyurdi.

    Ushbu tashriflar davomida davlatimizda rostlovchi quvvatlar barpo etish yuzasidan “China Southern Grid” va “Huaneng” kompaniyalarining birinchi rahbarlari bilan tor doirada muzokaralar olib borildi va istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

    Xitoy kompaniyalari bilan yurtimizda “Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Pskem daryosida Yuqori Pskem GTES qurilishi” va “Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Xo‘jakent GTES qurilishi” investitsiya loyihalarini hamkorlikda rivojlantirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

    Tashrif davomida mazkur Xitoy kompaniyalarining moslanuvchan gidroenergiya quvvatlarini ekspluatatsiya qilish tizimi va jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

    Alohida taʼkidlash joizki, mamlakatimizda qurilishi rejalashtirilgan GTES loyihalari Markaziy Osiyodagi ilk tajriba hisoblanadi. Bu ham mamlakatimizning ushbu sohadagi o‘ziga xos yutuqlaridan biridir.

    Ushbu tajriba almashinuvi davomida “O‘zbekgidroenergo” AJ binosida tashkillashtirilgan zamonaviy “Vaziyatlar markazi” bo’yicha fikr almashildi. Xususan, ushbu markaz faoliyati “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi suv omborlari va GESlarni xavfsiz faoliyat yuritishini nazorat qilishga qaratilganligi ma’lum qilindi. Bundan kelib chiqib, xitoylik mutaxassislar mamlakatimizda yaratilgan energetika tizimini e’tirof etgan holda, yaqin kunlarda “Vaziyatlar markazi”ni ko‘rish uchun yurtimizga tashrif buyurish istagini bildirdi.

    Maʼlumot uchun: Gidroto‘plovchi elektr stansiyasi (GTES) (nasosli akkumulyatsiyalovchi elektr stansiya) – ishlash tarzi boshqa elektr stansiyalardan olinadigan elektr energiyasini suvning potensial energiyasiga aylantirib (akkumulyatsiyalab), keyin zarur bo‘lganda uni qayta elektr energiyaga aylantirib, energiya tizimi (energotizim)ga beradigan gidroelektr stansiyadir.

    GTESning gidrotexnika inshootlari, asosan, baland-past joylashgan ikkita suv hovuzidan va biriktirish quvurlaridan iborat. GTES binosidagi gidroagregatlar uch yoki ikki mashinali bo‘lishi mumkin. Birinchi holda bitta val ga elektr mashina (dvigatel-generator), gidroturbina va nasos, ikkinchi holda esa elektr mashina va gidromashina o‘rnatiladi.

    Gidromashina aylanish yo‘nalishiga qarab ham nasos, ham turbina sifatida ishlaydi. Yangi qurilayotgan GTESlarga iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘lgan ikki mashinali agregatlar o‘rnatiladi.

    Elektr tarmoqlarida ortiqcha elektr energiya bor paytlarda (masalan kechasi) shu ortiqcha energiya GTES uchun suvni pastki hovuzdan yuqoriga, yaʼni akkumulyatsiyalovchi hovuzga ko‘tarishga sarflanadi.

    Elektr tarmoqlarda ko‘proq energiya talab qilinganda, yuqori hovuzdagi suv quvurlardan GTESning turbina rejimida ishlaydigan gidroagregatlariga yuboriladi. GAESda olingan tok elektr tarmoqlarga qaytarib beriladi. Suv esa, pastki hovuzga yig‘iladi.

    Energetika tizimida yuzaga kelgan ortiqcha energiya resurslari aynan GTES obyektlarini nasos rejimida ishlatish orqali suvni pastki hovuzdan yuqoriga, akkumulyatsiyalovchi hovuzga ko‘tarish orqali samarali tarzda sarflanadi. Energetika tizimida energiyaga talab ortib ketgan kunning tig‘iz (pik) davrida (kunduzi 07:30 dan 10:00 gacha, kechasi 17:00 dan 21:00 gacha) yuqori havzadagi suv GTES generatsiya rejimida ishlashi uchun turbinalarga yuboriladi. GTESdan olingan elektr energiyasi tarmoqlarga shu tariqa optimal tarzda samarali qaytarib beriladi. Suv esa qaytadan pastki hovuzga yig‘iladi.

    Mazkur sa‘y-harakatlar natijasida butun mamlakat aholisi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy soha obyektlari sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta‘minlanishiga zamin yaratadi.

    GTESlarning ishga tushirilishi natijasida iste‘molning eng yuqori yuklama (tig‘iz) paytida, ayniqsa, sovuq va issiq mavsumlarda sodir bo‘ladigan elektr energiyasidagi uzilishlarning oldini olishga muhim hissa qo‘shadi. Bugungi kunda o‘sib borayotgan mamlakatimiz aholisini hisobga olgan holda, energiya iste‘molining tobora ortib borishida yuzaga kelayotgan elektr energiyasi muammolariga ijobiy yechim bo‘ladi.

    Shuni ham ta‘kidlash joizki, mazkur loyihalar qurilishi hamda ekspluatatsiya davrida qariyb 1500 ta aholi doimiy va mavsumiy ish bilan ta‘minlanadi, mavjud gidroenergetik salohiyat hajmi yanada ortadi hamda ko‘zda tutilgan yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali toza va arzon elektr energiya manbaini ishlab chiqarish hajmi keskin oshishiga erishiladi.

    Reklama huquqi asosida.

    11 yanvar, 21:00   Izoh (0)   8146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekgidroenergo

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zmilliybank tomonidan dunyodagi eng yirik banklar ishtirokida Investor Day xalqaro konferensiyasi tashkil etildi

    07.07.2023, 21:00

    O‘zbekistonda ilk bor davlat-xususiy sherikchilik asosida GESlar quriladi 

    21.07.2023, 08:36

    “O‘zbekgidroenergo” AJ mustaqil kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi

    10.08.2023, 21:00

    O‘zbekistonda beshta yangi GES qurilishiga xususiy kompaniyalar jalb etiladi

    20.08.2023, 12:10

    O‘zbekistonda soliqdan katta miqdorda qarzi bor o‘nta yirik korxona maʼlum qilindi

    22.08.2023, 11:57

    Oqqovoq GES-1 (GES-10) yangi quvvatlarda ishga tushirildi

    29.08.2023, 21:00

    100 yoshga teng Bo‘zsuv GES-1 yangi quvvatlarda ishga tushirildi

    30.08.2023, 19:30

    Farhod GES – yangi quvvatlardagi barqaror elektr energiya sari!

    05.10.2023, 15:06

    “O‘zbekgidroenergo” AJ – China Southern Power Grid International: 1 mlrd dollarga teng kelishuv imzolandi

    18.10.2023, 12:00

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining granti hisobiga shamol elektr stansiyasini quradi

    19.10.2023, 16:30

    Xonobod mikro GES foydalanishga topshirildi

    25.12.2023, 18:00

    O‘zbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari rasman topshirildi

    25.02.2024, 21:31

    O‘zbekiston 3 oy ichida o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan xorijiy investitsiyalar qiymati ma’lum. Natija qanday bo‘ladi? 

    01.03.2024, 19:21

    O‘zbekistonda 4 ta gidroakkumulyatorli elektr stansiya quriladi

    13.03.2024, 14:16

    Namanganda uchta elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

    25.03.2024, 19:19

    Chorvoq suv ombori qurib qolgani haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berildi (video)

    05.04.2024, 16:44

    “Daryo” dayjesti: 5-aprelning eng muhim xabarlari

    05.04.2024, 22:15

    O‘zbekistonda 1-maydan “tabaqalashtirilgan tariflar” bo‘yicha elektr energiyasi va gaz narxi o‘zgaradi

    16.04.2024, 16:04

    O‘zbekistondagi yettita yirik kompaniyadagi davlat ulushi xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladi

    28.04.2024, 17:30

    O‘zbekiston—Turkiya biznes forumida gidroenergoga aloqador 3 ta loyiha muhokama qilindi

    07.06.2024, 20:50

    “Hisorak” suv omborida yuzaga kelgan holat bo‘yicha maʼlumot berildi

    10.06.2024, 23:35

    “Aholi o‘zi yoki mahalla uchun elektr ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, muammo yo‘q” — “O‘zbekgidroenergo” AJ mas’uli

    02.07.2024, 17:58

    O‘zbekiston energetika bozorida monopoliya bekor qilinadi

    09.07.2024, 10:03

    “O‘zbekgidroenergo” to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb qilish uchun Xitoy banki va AQSH agentligi bilan muzokara olib bormoqda 

    29.07.2024, 10:02

    “Xalqchil IPO” dasturi doirasida O‘zbekistondagi yirik kompaniyalarning aksiyalari sotuvga chiqariladi

    24.08.2024, 09:40

    Surxondaryoda salkam 5 mingta xonadonni elektr toki bilan ta’minlovchi kichik GES foydalanishga topshirildi

    30.08.2024, 18:51

    Sariosiyo tumanida yangidan barpo etilgan Zarchob kichik GESi ochildi

    30.08.2024, 20:48

    O‘zbekistonda 2025-yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘ladi 

    04.11.2024, 20:23

    “O‘zbekgidroenergo” AJ – mintaqaning ESG yetakchilari cho‘qqisida

    24.12.2024, 12:00

    Xitoy dunyodagi eng yirik GAESni ishga tushirdi  

    4 yanvar, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.