• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Britaniya sudi Dubay hukmdori qochib ketgan xotiniga 554 mln funt mablag‘ to‘lashi bo‘yicha qaror chiqardi

    London sudi Dubay amiri, BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri Muhammad al-Maktumga sobiq rafiqasi Xayya bint al-Husayn uchun 554 million funt sterling (734 million dollar) to‘lash majburiyatini yukladi, deb xabar beradi Meduza.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Bu Britaniya sudi tomonidan hozirga qadar ajrashuv ishi bo‘yicha to‘lash belgilangan eng yirik mablag‘ bo‘lishi mumkin. Bunga qadar rekord 450 million funt etdi — 2017-yilda rossiyalik milliarder Farxad Ahmedovning sobiq rafiqasi Tatyana Ahmedovaga to‘lanishi belgilangan.

    Malika Xayya rekord darajadagi yarim milliard funtni qo‘lga kiritdi. Biroq u bir yarim barobar ko‘p so‘ragandi.

    Xayya bint al-Husayn — Iordaniya qiroli Abdulla II ning yagona singlisi. 2004-yilda u Muhammad al-Maktumning oltinchi rafiqasiga aylangan. Ularning Jalila ismli qizi va Zayd ismli o‘g‘li bor. Hozirda qizning yoshi 13 da, bola esa 9 yoshda. Ularning onasi 47 yoshda, otasi — 72 da.

    2019-yilda malika Xayya qizi va o‘g‘li bilan birga Buyuk Britaniyaga qochib ketgandi. Shayx Muhammad farzandlari ustidan vasiylikni qo‘lga kiritish va ularni Dubayga qaytarish bo‘yicha sudga ariza bergan. Malika Xayya bolalari o‘zi bilan qolishini, shayx esa ularning yashashi uchun ketadigan xarajatlarni to‘lashini istagan.

    Malikaning yuristlar jamoasini baronessa Fiona Sheklton — Buyuk Britaniyada oilaviy huquq bo‘yicha eng mashhur advokatlardan biri boshqargan. U oldinlari shahzoda Charlz (malika Diana bilan ajrashuvi vaqtida), musiqachi Pol Makkartni va milliarder Vladimir Potanning manfaatlarini himoya qilgan.

    Malika o‘zining yashashi uchun shayxdan pul so‘ramagan, biroq o‘zining umrbod qo‘riqlanishi va Dubayda qoldirib ketgan qimmatbaho kiyim-kechaklari va taqinchoqlarini kompensatsiya qilishni talab qilgan. Shuningdek, u farzandlarining xarajatlari uchun ketadigan mablag‘larni ham qo‘shib, jami 1,4 milliard funt so‘ragan.

    Sud jarayonlari vaqtida malika o‘z qo‘riqchisi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani aniqlangan. Buni yashirish uchun u qo‘riqchiga millionlab dollar bergan

    Ajrim jarayonida Dubay amiri oilasining shaxsiy hayoti va xarajatlariga oid batafsil ma’lumotlar oshkor bo‘lgan. Xususan, sudya Filipp Mur o‘z qarori bilan malika Xayya qochib ketishidan oldin britaniyalik qo‘riqchi Rassel Flauers bilan yaqin munosabatda bo‘lgani to‘g‘risidagi mish-mishlarni tasdiqlagan.

    Shuningdek, sudya ushbu ishqiy munosabatlari sabab malika o‘z qo‘riqchilari tomonidan (ular orasida Flauersning o‘zi ham bor-yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan) shantaj qilib kelingan va ularga 7 million funtga yaqin pul to‘lashga majbur bo‘lgan. Pullarni u qisman farzandlaridan birining jamg‘armasi hisobidan, qolganini qimmatbaho taqinchoqlarini sotish orqali qo‘lga kiritgan.

    Biroq shayx ayolning bu kirdikorlaridan xabar topgan va u bilan ajrashgan. Xayyaning fikricha, u ayolning xiyonatiga sha’ma qiluvchi bir necha she’rlarni yozgan. Malika o‘z karavotidan bir necha bor qurol topib olgan, unga qamoq bilan tahdid qilishgan. Jonidan xavotirga tushgan Xayya farzandlari bilan Buyuk Britaniyaga uchib ketgan.

    Shu bilan birga, oldinroq Muhammadning Xayyaga nisbatan bu qadar dushmanligiga nafaqat qo‘riqchi bilan munosabatlari, balki malika shayxning boshqa xotinidan bo‘lgan farzandlari — Shamsi va Latifaning taqdiriga qiziqqani ham sabab bo‘lgani taxmin qilingandi. Ikkalasi ham otasidan qochib ketishga uringan, biroq ular kuch bilan Dubayga qaytarilgan (qizlarning ikkisi ham shundan so‘ng ruhiy davolanishga yotgan).

    Malika Buyuk Britaniyada ham o‘zining xavfsizligi uchun xavotirlanishda davom etgan. Sudya Mur shayx sobiq rafiqasini qo‘rqitish va uni kuzatish bo‘yicha butun boshli kampaniyani tashkillashtirgan degan xulosaga kelgan. Xususan, uning odamlari Xayyaning uyi yaqinidagi uyni xarid qilishga uringan, shuningdek, faqatgina hukumat foydalana oladigan Pegasus dasturi orqali malika va uning yordamchilarining telefonini buzgan.

    Shayx Muhammad ayoli va farzandlarining o‘zidan himoyasi uchun umrining oxirigacha pul to‘lashi kerak bo‘ladi. Yoki yarashib olgunlariga qadar

    Sudya Mur shayx Muhammadni malika Xayya va uning farzandlari uchun asosiy tahdid deb topgan va uni — Dubay amirini tahdid haqiqatda amalga oshmasligi uchun pul to‘lashga majbur qilgan.

    Shayx malikaning umrbod qo‘riqlanishi uchun uch oy ichida 251 million funt to‘lashi lozim. Shuningdek, u bolalarining yashashi, ularning o‘qishi va qo‘riqchilariga 290 million funt to‘lashi kerak. Ushbu mablag‘ yillik aviaparvozlarga ketuvchi 1,8 million funtni, tarbiya uchun — 300 ming funt va uy hayvonlari, jumladan ikkita poni uchun 275 ming funtni o‘z ichiga oladi.

    Bundan tashqari, malikaga Dubayda qoldirib ketilgan hashamatlari uchun kompensatsiya to‘lanadi: 13,6 million funt qimmatbaho taqinchoqlariga va 1 million funt kiyim-kechaklariga. So‘nggi mablag‘ni sudya “nisbatan kamtarona” deb atagan. Chunki malika kiyim-kechaklar uchun 63 million funt so‘ragan.

    Sudyaning ta’kidlashicha, hisob-kitoblar vaqtida Dubay amiri oilasining yashash tarzi inobatga olingan. Jumladan, ajrimga qadar Xayya har yili shaxsiy xarajatlari uchun 9 million funt va koshonasini saqlab turishga 83 million funt olib turgan. Buyuk Britaniyada qariyb ikki yilga yaqin yashagan vaqtida 35 million funtdan ortiq mablag‘ sarflagan. Uning moliyaviy ahvoli yomonlashgan va u kartinalarini sotishga majbur bo‘lishi mumkin.

    Yakunda sud qaroriga ko‘ra, qancha mablag‘ to‘lanishi hozircha noma’lum. Bu shayx Muhammadning farzandlari katta bo‘lgach qanday hayot tarzida yashashiga va ular otasi bilan yarashib olish-olmasligiga bog‘liq.

    Pul to‘lanishi to‘g‘risidagi qarorni chiqartirishga erishish va uni haqiqatda qo‘lga kiritish — turli narsalar. Buyuk Britaniyadagi bundan oldingi ajrim buni isbotlagan

    Shayx Muahmmad ajrim jarayonida shaxsan ishtirok etmagan, u yakunlanishi bilan qisqa izoh bilan cheklanib, farzandlarining farovon yashashi haqida doim qayg‘urganini bildirgan.

    Britaniyadagi Winckworth Sherwood yuridik firmasi sherigi Sara Igremning The Daily Mail tabloidiga ma’lum qilishicha, malika Xayya va shayx Muhammad bo‘yicha qabul qilingan qaror nima uchun London dunyoning badavlat juftliklar uchun ajrim borasida jozibadorligicha qolayotganini ko‘rsatadi. “Ammo bu malika Xayya uchun birinchi jarayon. Endi u aqlbovar qilmas vazifani — ushbu yirik mablag‘ni haqiqatda qo‘lga kiritishi kerak”, — deydi Ingrem. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya sudlarida bunday ishlar bo‘yicha qarorlarni ijro etish vositalari yo‘q va bu ularning zaif tomoni.

    Ingrem o‘z so‘zlariga isbot tariqasida Tatyana va Farxad Ahmedovlarning ajrashish tarixini keltirgan. Milliarderning sobiq rafiqasi London sudi belgilagan 453 million funt sterlingni qo‘lga kirita olmagan. Sud qaroridan to‘rt yil o‘tgacha, Tatyana sobiq turmush o‘rto‘g‘i bilan tinchlik kelishuvini imzolagan va 150 million funt qo‘lga kiritgan. Ushbu mablag‘ning qariyb yarimini u advokatlar xizmati uchun to‘lashga majbur bo‘lgan.

    Mavzuga doir: 

    • Melinda va Bill Geyts rasman ajrashdi: mol-mulk qanday taqsimlandi?
    • Jeff Bezos ajrashdi. Uning rafiqasi Amazon’ning 36 mlrd dollariga ega bo‘ldi

    24.12.2021, 08:32   Izoh (0)   21736
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    CNN: Saudiya Arabistoni Xitoyning yordami bilan ballistik raketalarni ishlab chiqarmoqda

    23.12.2021, 22:41

    Germaniyada “omikron” shtammidan birinchi o‘lim qayd etildi

    23.12.2021, 21:39

    AQSh harbiy dengiz kuchlari Erondan noqonuniy olib kelinayotgan qurollarni qo‘lga oldi

    23.12.2021, 20:12

    “Rossiyani mag‘lub etib bo‘lmaydi, uni faqat ichkaridan yo‘q qilish mumkin” — Putin

    23.12.2021, 18:41

    Lukashenko: “Yaqin ikki kun ichida Belarus yangi konstitutsiyasining loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi”

    23.12.2021, 17:09

    TikTok 2021-yilda Google’ni ortda qoldirib, eng ommabop platformaga aylandi

    23.12.2021, 15:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.