• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Toshkentning “Sputnik” massivini yangilash ishlari boshlandi

    Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan 409 ta ikki qavatli yog‘och uylardan iborat “Yo‘ldosh” (ilgari “Sputnik” massivi deb nomlangan) mavzesini yangilash ishlari boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi huzuridagi Tashkent Invest kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: AsiaTerra

    Ma’lum qilinishicha, ushbu uylar aholisi uchun “Gulshanobod” mahallasida “Yangi mahalla” turar-joy majmuasi barpo etiladi. Loyiha GC-Group Industries MChJ tomonidan 2024—2027-yillar davomida 24 gektar maydonni qamrab olgan hududda amalga oshiriladi.

    Majmua hududida 13 392 ta xonadonga mo‘ljallangan 93 ta 16 qavatli zamonaviy uy quriladi. Infratuzilmaga 1600 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab, 600 o‘rinli bolalar bog‘chasi va sun’iy ko‘l kiradi. Uylarning birinchi qavatlari yashash uchun mo‘ljallanmagan bo‘lib, maishiy xizmat ko‘rsatish zonalari hamda yerusti va yerosti avtoturargohlar joylashtiriladi.

    Qayd etilishicha, hozirda shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

    “Yo‘ldosh” mavzesi haqida

    “Yo‘ldosh” mavzesi  hududida aholi 1966-yilning yozida yashay boshlagan. Shaharliklar uchun uy-joy masalasining vaqtinchalik yechimi sifatida to‘rt yuzdan ortiq ikki qavatli yog‘och uylar qurilgan.

    Tashkent Invest kompaniyasi xabarida qayd etilishicha, hozirgi paytda bunday uy-joylar ma’nan eskirgan va xonadonlarning kichik maydoni (har bir kishiga 16 kvadrat metrdan kam) hamda oddiy maishiy sharoitlarning yo‘qligi sababli sifatli uy-joyga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga javob bermaydi.

    Aksariyat uylarning yog‘och qurilish konstruksiyalari va muhandislik tarmoqlari yuqori darajada jismoniy eskirgan, shuningdek, energiya tejamkor emas va yong‘in xavfi yuqori.

    “Bunday uylarda yashash shaharliklar uchun noqulay va hatto xavflidir”, deyiladi kompaniya xabarida

    “Yo‘ldosh” mavzesini renovatsiya qilish dasturi

    Foto: AsiaTerra

    Ushbu muammoning yechimi sifatida mazkur hududni renovatsiya qilish dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagi bosqichlardan iborat:

    1) “Yo‘ldosh” mavzesi  hududi ko‘p yillardan buyon ekologik tizimga salmoqli hissa qo‘shayotgan chinor (platan), lipa, eman va boshqa turdagi daraxtlardan iborat yashil o‘simliklar bilan qalin qoplanganligi sababli renovatsiyani boshqa joyda amalga oshirishga qaror qilindi. Ushbu yechim kislorod ishlab chiqarish va ekologik muvozanatni saqlashga yordam beradigan noyob tabiiy sharoitlarni saqlab qolish imkonini beradi. Massiv aholisini ko‘chirish uchun shu tumandagi yaqin hududlar ajratildi, bu ularga odatiy infratuzilma va mahalla bilan aloqani saqlab qolish imkonini beradi.

    2) Ushbu masalani hal qilish uchun bir nechta joy o‘rganilib, “Gulshonobod” mahallasi hududining barcha mezonlarga javob beradigan va “Yo‘ldosh” mavzesi dan 1500 metrdan ortiq bo‘lmagan masofada joylashgan yer uchastkasi tanlandi.

    3) Tashkent Invest AJ quruvchi kompaniya bilan birgalikda zamonaviy shaharda zamonaviy tuman loyihasi va konsepsiyasini ishlab chiqmoqda, unda zamon talablariga javob beradigan ijtimoiy, transport va kommunal infratuzilma nazarda tutiladi. Xonadonlarning dastlabki va oxirgi pardozlashiga alohida e’tibor qaratiladi.

    4) Ushbu loyiha qurilish kompaniyasi bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi asosida amalga oshiriladi, unda kvartiralarni davlat uy-joy fondiga berish shartlari aks ettirilgan.

    5) 2018-yil 12-apreldagi O‘RQ-474-son qonuni va 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-son qonuniga muvofiq “Yo‘ldosh” mavzesi  aholisini ko‘chirish amalga oshirilganda, shuningdek, jamoatchilik muhokamasi natijalariga ko‘ra, aholiga zamonaviy talablarga javob beradigan teng qiymatli kvartiralar (masalan, eski uydagi 1 xonali uy o‘rniga yangi uydagi 1 xonali uy) beriladi.

    Muhtoj aholiga yangi uyga ko‘chib o‘tishda yordam ko‘rsatiladi.

    Bundan tashqari, aholi o‘z uy-joyini kengaytirish, qo‘shimcha haq evaziga qo‘shimcha xonalar sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

    “Yo‘ldosh” mavsezidagi daraxtlar
    Foto: Murodbek Yusupov

    6) “Yo‘ldosh” mavzesi  hududida mavjud daraxtlarni saqlab qolish va davolash hamda yangi daraxt va butalarni o‘tqazish orqali zamonaviy dendropark tashkil etish rejalashtirilgan.

    Toshkentning Yangihayot tumanida joylashgan 400 dan ziyod ikki qavatli yog‘och uylar buzilib ularda yashovchi 4 mingdan ziyod xonadon tuman markazida quriladigan yangi uylarga ko‘chirilishi haqida 2021-yilning fevralida tuman hokimi Hayot Inog‘omov aytgandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning fevralida Sergeli va Yangihayot tumani faollari bilan yig‘ilishda eski yog‘och uylarning buzilishiga to‘xtalib o‘tgandi.

    “Yo‘ldosh” (“Sputnik”) mavzesidagi eskirgan 2 qavatli 409 ta yog‘och uy buzilib, ularning egalarini zamonaviy ko‘p qavatli turar joylarga ko‘chirish dasturi boshlanadi. Bunda ular uchun kelgusi besh yilda “Yangi Darxon” mahallasidagi 14 gektar hududda yangi ko‘p kvartirali uylar quriladi” degan edi prezident.

    Shavkat Mirziyoyev bu uydan ko‘chishni istamaganlar ko‘chirilmasligini ta’kidlagandi.

    “Agar birorta odam bu ota-bobomdan qolgan uyim, bu uy muzey men uchun, ko‘chmayman desa ko‘chirmaymiz. Lekin bu uylar avariyaviy holatda. O‘rniga yangi va sifatli uy qurilsa, to‘g‘ri tushuntirilsa odamlar o‘zi istaydi ko‘chishni. Mahalla raislari ham insonlarga buni to‘g‘ri tushuntirishi kerak”, degan edi davlat rahbari.

    2024-yilning fevralida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtda 500 gektardan ortiq hudud renovatsiyaga tushganini aytgandi.

    “Ko‘p yillar ilgari ikki qavatli binolar, Sergeli tumanida vaqtinchalik uylar qurilgan. Ular talabga javob bermaydi va xavfsizlik nuqtayi nazaridan risklari katta”, degan edi hokim “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

    Davlat biznesga sharoit yaratib bergani uchun xususiy sektor ularni kelgusida bemalol ko‘chirishini, u yerlarga chiroyli qurilish obyektlarini barpo etilishini bildirgandi. 

    Tashkent Invest kompaniyasi matbuot xizmatining bildirishicha, shaharsozlik normalarini bajarish uchun 2025-yilning 1-choragida ochiq jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

    27.11.2024, 19:15   Izoh (0)   7859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar hokimligi Sergelida buzilayotgan yog‘ochli uylar bo‘yicha izoh berdi (video)

    23.05.2019, 19:52

    Yangihayot tumanidagi 400 dan ortiq ikki qavatli yog‘och uylar buziladi

    25.02.2021, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev “Sputnik” mavzesidagi eskirgan 2 qavatli 409 ta yog‘och uy buzilib, ularning egalari yangi uy-joyga ko‘chirilishini ma’lum qildi

    18.02.2022, 17:45

    Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta ko‘p qavatli uy buzilishi mumkin

    07.04.2023, 08:37

    Toshkentdagi bir qancha uy va do‘konlar “renovatsiya”ga tushishi mumkin

    19.11.2023, 16:32

    “Toshkentda 500 gektardan ortiq hudud renovatsiyaga tushgan” — Shavkat Umurzoqov

    28.02.2024, 12:18

    Toshkentda renovatsiya dasturi loyihasi uy-joy mulkdorlari roziligiga asoslanishi shart — “Milliy tiklanish”

    28.02.2024, 15:57

    Renovatsiya ishlari faqat aholining roziligi bilan amalga oshiriladi — Toshkent shahar hokimligi

    06.08.2024, 09:50

    Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar bulvari tashkil etilishi kutilmoqda

    17.10.2024, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Erling Holand “Real” va “Barselona” o‘rtasida tanlov qildi — manba

    Sport | 12 may, 14:15

    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

    Reklama | 12 may, 13:30

    Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya tahdidi sabab minalarni taqiqlovchi shartnomadan chiqadi

    Dunyo | 12 may, 14:10

    Internetdagi erkinlik va masʼuliyat: huquqlar va majburiyatlarni aniq belgilash vaqti keldi

    O‘zbekiston | 12 may, 14:09

    Zelenskiy Putin 30 kunlik sulhdan voz kechsa ham, Istanbulga boradi — Axios

    Dunyo | 12 may, 13:53

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 12 may, 13:44

    Instagram: Muxlislari ustidan pul sochgan Jahongir Otajonov, farzand kutayotgan Feruza Yusupova, Munisa Rizayevaning eri nima ish qiladi?

    Shou-biznes | 12 may, 13:43

    “Manchester Yunayted” yarim asrlik antirekordni qayd etdi

    Sport | 12 may, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.