• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Sergeli aholisiga yo‘l kerak. Yangihayot hokimligi ular foydalanib turgan yagona yo‘lni ham buzib tashladi (video)

    Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Junariq” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi 1500 dan ortiq xonadon vakillariga ishga borib-kelish, shuningdek, shahar markaziga chiqish uchun yo‘l kerak. Bori ham Yangihayot hokimligi tomonidan kovlab, buzib tashlandi. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan aholi vakillari gapirib berdi.

    Mana shu uylarda yashaymiz. Yagona yo‘limizni ham qazib tashlashdi. Mashina bilan uyga o‘tolmayapmiz. O‘zi bitta shu ko‘cha bor edi. Bu uylarda mingdan ortiq xonadon bor. Yo‘lni qazib qo‘yishgani uchun mashinamizni besh yuz metr yoki bir kilometr uzoqqa tashlab, yomg‘irli kunlarda ham piyoda uyga kirishga majburmiz. Metroning tagida yo‘l bor, faqat loy, yurib bo‘lmaydi. Asfalt qilib berishsa, kirib-chiqishda muammo bo‘lmasdi. Bu yerda yo‘l muammosi shu uylar qurilganidan beri bor. Ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi har doim bir tomonlama yo‘ldan, tirbandlikda yurishga majbur. Mashinalarning bu holatda yurishi yo‘l yuzida yashovchi odamlarga ham noqulaylik tug‘dirmoqda. Ikkinchi yo‘l ham bor, ammo u yerga shlagbaum o‘rnatib yopib qo‘yishgan, deydi Hasan Xo‘janazarov.
    Hasan Xo‘janazarov
    Foto: “Daryo”

    Ko‘p qavatli uylarda yashovchi Sirojiddin Hamroyevning aytishicha, yo‘l muammosini hal qilishini aytgan hokimlik aholiga olti oydan beri vaʼda beradi. Ammo natija yo‘q.

    Foto: “Daryo”
    Shu uylarni qurib sotgan qurilish tashkiloti BM Group yo‘l ham qurib beramiz degandi. Lekin qurib bermadi, uyni qurdi va ketdi. Bolalarimiz maktab yoki bog‘chaga loy kechib boryapti. Yo‘l yo‘qligi, bori ham mana shunaqa qilib yopib qo‘yilgani uchun uyimizga kirolmaymiz. Muammo yuzasidan mahallaga chiqsak hokimiyatga boramiz deydi, hokimiyatga boramiz desak, mana bu tomoni Sergeli bo‘lsa, bu tomoni Yangihayot. O‘rtada yo‘l yo‘q, odamlar sarson, deydi Sirojiddin Hamroyev.
    Sirojiddin Hamroyev
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Aholi vakillaridan yana biri Humoyun Ergashevning “Daryo”ga bildirishicha, 22-yanvar kuni hududga Sergeli hamda Yangihayot tumani hokimlari va masʼullar kelib, aholining yo‘l muammosiga yechim izlagan.

    Humoyun Ergashev
    Foto: “Daryo”
    Shu yerdan metroning ikkinchi bekatigacha yo‘l ochilishi kerak edi. Yo‘lda avariya holatidagi loy ko‘prik bor. Bizlar deputatimiz bilan mahalla Kengashlariga murojaat qilgandik. Kecha Sergeli hamda Yangihayot tumani hokimlari kelibdi. Ular shu yerdan yo‘l ochilishiga, yo‘lning taʼmirlanishiga ruxsat berib ketishibdi, deydi u.
    Foto: “Daryo”

    Humoyun Ergashev, shuningdek, ko‘p qavatli uylarda yashovchi odamlarning taʼkidlashicha, xususiy klinika yonidagi shlagbaum ham yopib qo‘yilgan bo‘lib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining kirib-chiqishi muammoga aylangan.

    Foto: “Daryo”
    Yangihayot hokimligi masʼullari yo‘lni kavlab qo‘yishganiga rasmiy izoh bersa kerak. Nega kovlashganidan aynan mening xabarim yo‘q. Lekin kavlashibdi. Buning sababini o‘zlari aytishar. Bu ko‘chadan chiqib ketadigan yo‘lda esa ikkita shlagbaum qo‘yilgan. Birinchisi ochilgan, ikkinchisi yopiq turibdi. Yopiq qo‘yilishining sababini men aniq bilmayman. Aytishlariga qaraganda u yoqdagi ko‘prik ham avtomobil o‘tib-qaytishi uchun nosoz holatda ekan. Qandaydir texnik nosozlik sababli yopishgan ekan. Bizlar mas’ullardan izoh kutyapmiz. Asosiy yo‘limiz tez kunlarda bitib qolsa, xalqimizga ancha yaxshi bo‘lardi, deydi Humoyun Ergashev.

    Yana bir suhbatdosh esa ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining yo‘li kavlab, yopib qo‘yilgani uchun odamlar mashinada xususiy klinika tomondan, shlagbaumdan pul berib o‘tishga majbur bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Odamlarga zulum bo‘lmasligi kerak-da. Yo‘lni yopishgach, mashinamizni uyimizdan uzoqqa qo‘yishga majbur bo‘lyapmiz. Kechasi ballonini yechib ketishsa, kimga zarar, bizga zarar. O‘tgan kuni tanishim xususiy klinika tomondagi shlagbaumdan pul berib o‘tibdi. Pul bersa o‘tkazib yuboryapti, bo‘lmasa shlagbaumni yopib qo‘yishgan, deydi u.
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilarning aytishicha, ikki hokimlik o‘rtasidagi kelishmovchilik aholiga muammo tug‘dirmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Kecha bu yerga ikkita tuman — Sergeli va Yangihayot tumanlari hokimliklaridan xodimlar kelishdi. Ular o‘zaro janjallashishdi. Aytishlaricha metroning aynan shu qismi ikki tuman hududini ajratuvchi chegara ekan. Post emish. Bu yangi uylarda yashovchilar o‘zlarining yo‘lini topib, yurishlari kerak ekan. Bunaqa “ishkal” oldin ham bo‘lgan. Oldin beton to‘siq qo‘yishgan, keyin uni odamlarning shikoyatidan so‘ng, olib tashlashgan. Bu ko‘p qavatli uyda yashovchilar uchun aslida uchta yo‘l bor. Bitta yo‘limiz mana Yangihayot hokimligi tomonidan yopib qo‘yilgani bo‘lsa, yana biri “ShohMed” xususiy klinikasi oldidagi yo‘l. U yo‘l ham shlagbaum bilan yopilgan. Uchinchi yo‘l esa o‘sha siz ko‘rgan, maktab bolalari qo‘rqib o‘tib-qaytuvchi omonat ko‘prik ustidagi yo‘l. U yo‘ldan mashinada yurish qiyin. Judayam qo‘rqinchli yo‘l u, deydi murojaatchi Lochin Ergashev.
    Foto: “Daryo”

    Fuqaro Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovga murojaat qilib, ikki tuman — Sergeli va Yangihayot hokimliklari masʼullarining yer bilan bog‘liq kelishmovchiligi sabab odamlar aziyat chekayotganini aytib, fuqarolari holidan xabar olishini, muammoni yechishda ko‘mak berishini so‘radi.

    Foto: “Daryo”
    Mayli, mana shu ikkita kichkina hokimiyat hech narsani hal qila olmas ekan. Biz xuddi bu yerda begonadek bo‘lib, qolyapmiz. Bu yerda mingdan ortiq xonadon shunchaki o‘z uyiga kirib chiqolmay o‘tiradimi? Bularning tirikchiligi nima bo‘ladi? Uyini remont qilishi kerak. Qaysi biri mashinada o‘tadi? Bola-chaqasi bor, nogironi bor, qariyasi bor, mashinada o‘tishga muhtoj bo‘lgan fuqarolari bor. Bu shunchaki odamlarning ustidan kulishmi? Ikkita hokimlik masʼuliyatni bir-biriga ag‘darmoqda. Unday bo‘lsa teparoqdan shahar hokimi kelsin. Shavkat aka Umrzoqovmi? O‘sha kishi kelsin. Vaziyatga baho bersin. Ko‘rsangiz bu yerni Toshkent shahri deb o‘ylamaysiz. O‘zbekiston poytaxtining ahvoli shumi?, deydi Lochin Ergashev.
    Lochin Ergashev
    Foto: “Daryo”

    Lochin Ergashevning aytishicha, u xususiy klinika egasining yo‘lni yopib olgani bilan bog‘liq muammo haqida Prezident portaliga shikoyat qilgan. Ammo yechim topilmagan.

    Bu muammo haqida shaxsan ikki marta portalga yozganman. Ichki ishlarga birinchi qo‘ng‘iroq qilganimda, mahalla “uchastkavoyi” ilojimiz yo‘q degan. Portalga yozildi qayta-qayta. Hamma narsa portalda hal bo‘lgan, lekin bu yoqdagi hal bo‘lmayapti, chunki “ShohMed” masalasi bo‘lgani uchun. Kelgan mas’ul xodimlar “aka, mana bunaqa deb quloqqa shivirlab, bu yerda mana shunaqa odam yashaydi”, deb ketishadi, deydi u.
    Foto: “Daryo”

    Yangihayot hokimligi aholi eʼtirozi va odamlarning yo‘lni hokimlikka tegishli texnikalar buzgani haqidagi ayblovlariga javob berar ekan qazish ishlari hududda kommunikatsiya tarmoqlaridagi taʼmirlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liqligini tushuntirdi.

    Foto: yangihayottumani.uz
    Uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassisi Abdulatif Vahobovning maʼlum qilishicha, mazkur hududda kommunikatsiya tarmoqlarida taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sababli yo‘ldan foydalanish vaqtinchalik cheklangan, deydi hokimlik axborot xizmati rahbari.
    23 yanvar, 19:45   Izoh (0)   8958
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Antoniu Koshtani Yevropa kengashi rahbari lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

    23 yanvar, 19:34

    Saida Mirziyoyeva UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT va Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    23 yanvar, 19:28

    Sergelidagi omonat ko‘prik aholi noroziligiga sabab bo‘lgach, hokimlik muammoni hal qilishga kirishdi (video)

    23 yanvar, 18:15

    O‘zbekistonda 2025-yili renovatsiya asosida 20 ming xonadon quriladi

    23 yanvar, 17:11

    “O‘zgidromet” 24-yanvarda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    23 yanvar, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.