• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Kimdir rozi, kimdir esa yo‘q: Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy buziladi, eski uylar o‘rnida 72 gektar maydonga ega bog‘ yaratilishi aytilmoqda (video)

    Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining sobiq Sergeli, ayni kundagi Yangihayot tumanida joylashgan “Yo‘ldosh” massividagi yog‘och uylar buzilishi, o‘rnida ko‘p qavatli uylar qad rostlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

    “Daryo” jurnalisti vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida sobiq “Sputnik” massivida bo‘lib, aholi vakillari va mas’ullarga mikrofon tutdi.

    Yog‘och uylarda yashovchi aholining maʼlumot berishicha, mavjud 409 ta uy Toshkentda sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng, 1967—1968-yillarda qurilgan bo‘lib, vaqtincha 5 yoki 10 yil muddat yashash uchun qurilgan. Ayni kunga kelib uylar yashash uchun yaroqsiz holga kelgan.

    Foto: “Daryo”
    Qachon ko‘chirishadi deya bu yangilikni o‘n yildan beri kutyapmiz. Aslida yakkasaroylikman. 2016-yil shu uylardan sotib olgandim. O‘sha paytda ham shu gap bor edi. Men savodli odamman, toshkentlikman. Sivilizatsiya markazida yashaganman. Uyim yevroremont. Lekin atrof sasib yotibdi. Yashab bo‘lmaydigan darajadagi uylar bo‘lib qoldi. Tushunyapsizmi “santexnika”, “kanalizatsiya” — hammasi yomon. Biz daraxtlarni kesib tashlang demayapmiz. Lekin shu daraxtlar uchun shuncha odam xaroba joyda yashashimiz kerak emas-ku. To‘qson foiz aholi yaxshi yashash uchun yangilik kutmoqda, deydi yog‘och uylardan birida yashovchi Jahongir G‘iyosov.
    Jahongir G‘iyosov.
    Foto: “Daryo”

    Yog‘och uylarda sakkiz yildan beri yashab kelayotgan, ammo shaxsini ochiqlashni istamagan fuqaroning aytishicha, ular yangi uylar transportlar qatnovi qulay bo‘lgan hududda joylashishidan umidvor.

    Foto: “Daryo”
    Yaxshi sharoit qilib berishsa, ko‘chishga rozi bo‘lamiz, albatta. Ammo yangi uylar ham yashayotgan joyimizga o‘xshab sharoitlari yaxshi, shahar markazida bo‘lsa deymiz. Hozircha uylar qayerdan beriladi, qay tartibda beriladi bu haqda bizga hech kim hech narsa demadi. Faqat qo‘ni-qo‘shnilardan ko‘chirilar ekanmiz deb eshitdik, deydi u.

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lganlarning aytishicha, yog‘och uylarda yashovchilar uyining eskiligi, xarobaligi va yashash sharoitining og‘irligi sabab mehmon kutishga qiynaladi. Qiz uzatib, to‘y qilish ham muammo ekanini aytishmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Sharoit сhindanam yomon. Sovet Ittifoqi bu uylarni o‘n yilga deb qurgandi. Shu uylarda yashovchi 90 foiz aholi yangi uy berilishini kutmoqda. Tan olish kerak bu uylarda to‘y ham qilib bo‘lmaydi. Podyezdning ahvolini ko‘rib, sovchi ham kelmaydi. Qizimni uzataman deb, boshqa joyga ko‘chib to‘y qilganlar ham bor. Masalan oddiy kir yuvadigan mashina olib, uyni ishlatolmaymiz. Trubalar eski, yorilib ketgan. Tomlardan chakka o‘tadi, deydi aholi vakillaridan biri.
    Foto: “Daryo”

    Suhbatdoshlarning ayrimlari ular yashayotgan hudud daraxtzor bo‘lgani uchun salqin va havosi toza ekanini aytib, ko‘chish niyati yo‘qligini taʼkidlamoqda.

    Foto: “Daryo”
    Bizga mana shu yog‘och uylar yoqadi. Qulayliklari bor. Biz bu yerga moslashib ketganmiz. Hamma narsa qulay. Masalan yozda eng salqin joy. Odamlar ko‘chada yurishga qiynalmaydi. Yangi domlarga ko‘chishni kimdir yaxshi, kimdir esa yomon deydi. Mening shu yerda qolgim kelyapti. Agar pul masalasini hal qilsa, men qolmoqchiman. Mana shu yog‘och uylarni chiroyli qilib, tashqarisini ko‘kalamzorlashtirishsa, yaxshi bo‘lardi, deydi suhbatdosh.
    Foto: “Daryo”

    O‘zini Furqat Abdurahimov deb tanishtirgan fuqaroning aytishicha, yog‘och uylarning 90 foizi “avariya” holatida.

    Furqat Abdurahimov.
    Foto: “Daryo”
    Bu uylar buzilsa, bizga yangi uylar berishsa yaxshi bo‘lardi. Boisi bu yerdagi “dom”larning hammasi avariya holatida. Deyarli to‘qson to‘qqiz foizida yashab bo‘lmaydi. Tarakan, klapa bosib ketgan, deydi u.
    Zulxumor Abdullayeva.
    Foto: “Daryo”

    Navbatdagi suhbatdosh Zulxumor Abdullayevaning aytishicha, uylarning yog‘ochi chiriy boshlagani sabab, yuqori qavatda yashovchilar cho‘milayotgan paytda yog‘ochlar yorilib, pastga tushib ketish holatlari ham bo‘lgan.

    Bu uylarda yashayotganimizga o‘n yildan oshdi. Uylarning qurilganiga esa 58 yil bo‘ldi. Majburiyat va taqdir taqozosi bilan kelib qolganmiz. Yashashning iloji yo‘q, hozir uylarimiz qiyshayib ketgan, cho‘kmoqda. Kalamushlar chiqadi. Yashab bo‘lmaydigan darajaga yetib qolgan. Menga qolsa, bir kun ham yashamasdim. Xo‘jayinimiz o‘tib ketgan, o‘g‘lim yo‘q. Hozir ikkita nevaram bilan turaman. Uylar kichkina, to‘g‘ri, yashaganmiz, Lekin endi yashab bo‘lmaydigan darajaga yetib qolgan. Shuning uchun yangi “dom”lardan uy berishsa deymiz,  deydi Zulxumor opa.
    Foto: “Daryo”

    Yog‘och uylarda yashovchi ahvoli vakillaridan yana biri 74 yoshli Nazira Tojiboyevaning maʼlumot berishicha, Sergeli nomining kelib chiqishi koreys millatiga mansub odam Sergey Li nomi bilan bog‘liq.

    Bu uylar Toshkentdagi yer silkinishidan keyin, 1966-yillardan so‘ng tezlikda qurilgan uylar hisoblanadi. Boshida cho‘l bo‘lib yotgan joy edi. Sergeli nomining kelib chiqishi ham Sergey Li degan koreys millatiga mansub odamning nomi bilan bog‘liq. Bu joylar cho‘l bo‘lgan. O‘sha paytda tezlashtirilgan holda taxtadan qurishgan. Zilzila sabab uyidan ajralganlar ko‘chib kela boshlagan. Ko‘pgina odamlarga bundan keyin yana yaxshi uylar berilgan. Lekin bu uylar ham buzilmay, foydalanish uchun olib qolingan. Bu uylar qisqa muddat yashab turish uchun qurilgan. Dastlab besh-o‘n yilning o‘zida buziladi, deb o‘ylashgan. Lekin odamlar shu paytgacha yashab kelyapti. Uyning taxtalari juda eski va tushib ketmoqda. Menga ham uy berishsa, ko‘chib o‘tardim, deydi 77 yoshli suhbatdosh.
    Nazira Tojiboyeva.
    Foto: “Daryo”

    Poytaxt hokimligi huzuridagi Toshkent Invest kompaniyasining maʼlumot berishicha, yog‘och uylarda yashayotgan aholi “Yo‘ldosh” massividan 1,5 km uzoqlikdagi “Gulshonobod” mahallasiga ko‘chiriladi.

    Foto: “Daryo”

    Kamera qarshisida gapirishni istamagan Yangihayot tuman hokimi o‘rinbosariga ko‘ra, 409 ta xonadon egalari yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tgach, eski uylar buziladi. Ammo ularning o‘rnida hech qanday yangi uylar qurilishi rejalashtirilmagan. 72 gektardan iborat maydondagi daraxtlar saqlab qolinib, eski uylar o‘rnida bog‘ bo‘lishi aytilmoqda.

    27.11.2024, 20:19   Izoh (0)   11800
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Sergeli#Yangihayot#yog‘och uylar#hokimiyat#aholi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev “Sputnik” mavzesidagi eskirgan 2 qavatli 409 ta yog‘och uy buzilib, ularning egalari yangi uy-joyga ko‘chirilishini ma’lum qildi

    18.02.2022, 17:45

    Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Toshkent indeks” savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasini borib ko‘rdi

    18.02.2022, 21:19

    Toshkent viloyatida sutkasiga 1 mln kubometr oqova suv tozalash quvvatiga ega inshoot quriladi

    13.08.2024, 17:24

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi 

    24.08.2024, 19:20

    Yangihayot prokuraturasi binosi qurilishi uchun 190 mln so‘m metall sotib olib, pulini bermagan quruvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

    27.08.2024, 10:30

    Mustaqillik bayrami munosabati bilan poytaxtdagi qaysi istirohat bog‘larida bayram tadbirlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi

    30.08.2024, 22:30

    Toshkentning to‘rtta tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi 

    17.09.2024, 10:10

    Vazir Hilola Umarova maktab oshxonalari auksionda sotilmasligini aytgandi. Sergeli, Yangihayot va Bektemirda vazir topshirig‘iga zid ishlar qilinmoqda

    21.09.2024, 21:40

    O‘zbekistonda uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi

    23.09.2024, 19:01

    “Maktab oshxonalarini auksion orqali ijaraga berish to‘xtatilgan”. Vazir topshirig‘iga zid ishlar qilinayotgani haqidagi maqolaga munosabat bildirildi

    24.09.2024, 10:20

    Toshkentda tilanchilik uchun o‘zining 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak qamaldi 

    27.09.2024, 15:16

    Mudir vazirga qarshi: Olmazor MMTB mudiri direktorlarga maktab oshxonasini auksionda sotish haqida topshiriq berdi

    18.10.2024, 12:38

    Toshkentda Lacetti va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    11.11.2024, 23:20

    MG Motor O‘zbekistonda ZS modelining sotuvini boshlayotganini e’lon qildi

    13.11.2024, 12:05

    Andijonda fuqaroni ishga kiritishni vaʼda qilgan tibbiyot birlashmasi rahbari va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi

    12.11.2024, 18:36

    O‘zbekistonda ikki oylik pasayishdan so‘ng uy-joy bozori savdolarida o‘sish kuzatildi 

    13.11.2024, 21:15

    Toshkentda tashkil etiladigan pulli to‘xtash joylarining yagona boshqaruvchisi bo‘lishi kutilmoqda

    14.11.2024, 08:35

    Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar pora olgan xodim ushlandi

    14.11.2024, 21:00

    Toshkentda Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi

    16.11.2024, 13:50

    Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi: jarohatlanganlar bor

    18.11.2024, 10:10

    Toshkentda qalbaki 9 ming dollarni 5 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi  

    20.11.2024, 20:20

    Toshkentda uy-joylarning investitsion daromadliligi pasaymoqda

    22.11.2024, 10:15

    “Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    23.11.2024, 13:44

    Uch yoshli bola qotilligida gumonlangan shaxs o‘sha kuni 1400 dona psixotrop tabletka sotib olishi kerak bo‘lgan: sudda guvohlar tinglandi

    25.11.2024, 23:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Hayitda xayr-saxovat va g‘amxo‘rlik –  Click bilan yanada qulay!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ozon’dagi yangi sotuvchilarning xatolari: xaridorlarni cho‘chitadigan 5 ta asosiy narsa


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Samsung yangi Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G smartfonlarini taqdim etgan holda AI (sun’iy intellekt) sohasida oldinga harakatlanmoqda


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MKBANK The Bank of New York Mellonda AQSH dollarida korrespondentlik hisob raqamini ochdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30

    “Roma” YCHL uchun tayyorgarlik boshladi. Klub yozda kimlarni xarid qilmoqchi?

    Sport | 11 may, 15:29

    O‘zbekistonda OTB ishtirokida 3,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 11 may, 15:00

    Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

    Dunyo | 11 may, 14:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.