• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent va Yangiyo‘l o‘rtasida sarson fuqaro. Mas’ullar aybni bir-biriga to‘nkamoqda

    O‘zbekistonda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati oxirgi yillarda ancha o‘sganini ta’kidlash kerak. Avvalgi ko‘plab qog‘ozbozliklar yo‘qotilib, xizmat ko‘rsatish tezligi ancha oshdi. Ko‘plab qulayliklar yaratildi va yaratilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarning sarson va sargardonchiligiga sabab bo‘ladigan ayrim chalkashliklar hamon uchrab turganini ham bor gap.

    “Daryo” tahririyatiga 72 yoshli onaxon murojaat qilib, ana shunday chalkashliklardan aziyat chekayotganini ma’lum qildi.

    Illyustrativ foto

    Onaxonning aytishlaricha, ularga MIB tomonidan Yangiyo‘l tumani sudi qarori topshirilgan. Qarorda Yangiyo‘l tumani “Tuyabo‘g‘iz” mahallasidagi xonadonlardan birining soliqlari o‘z vaqtida to‘lanmagani uchun 1 million so‘mdan oshiq qarzdorlik yuzaga kelgani, mazkur qarzdorlikni hamda o‘z vaqtida to‘lanmagani uchun jarimani va sud bojini to‘lash ko‘rsatilgan. 

    Onaxonning ta’kidlashicha, uzoq yillardan beri Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumanida istiqomat qiladilar. Yangiyo‘lda hech qachon yashamaganlar. Faqat 2020-yilda Yangiyo‘l tumanidagi “Tuyabo‘g‘iz” mahallasida joylashgan o‘zlariga tegishli bo‘lgan yerni sotganliklarini ma’lum qildilar. Ammo yerga egalik huquqi bo‘lgani bilan propiska hamisha Toshkent shahrida bo‘lganini ta’kidladilar.

    “Daryo” vakili vaziyatga oydinlik kiritish uchun onaxon bilan Yangiyo‘l tumani soliq idorasiga bordi. Soliq idorasi mas’uli bazadan tekshirib, haqiqatan ko‘rsatilgan manzildagi uy-joy boshqa fuqaroga tegishli ekani, ammo bazadagi pasport ma’lumotlari onaxonniki ekanini ma’lum qildi. Bu xato qanday yuzaga kelgani bo‘yicha savolga javob bera turib, “aybdorni izlash emas, masalani hal qilish kerak”ligini muloyimlik bilan tushuntirdi. Masalani hal qilish uchun esa Kadastr bo‘limiga yubordi.

    Kadastr bo‘limidagi mas’ul esa muammoni eshitgach, “hozir tekshirib beraman” deb ichkariga kirib ketdi. Keyin esa chiqib: “Biz tomondan hech qanday muammo yo‘q. Mazkur uy-joy 2020-yilda qilingan oldi-sotdi shartnomasidagi fuqaroga tegishli ekani qayd etilgan”, deb aytdi. “Unda qanday qilib Yangiyo‘lda yashamaydigan onaxon nomiga soliqdan qarzdorlik borgan?” degan savolga propiskani tekshirish kerakligini aytib, “pasport stoli”ga yubordi. 

    “Pasport stoli”dagi mas’ul esa muammoni eshitib, hozir tekshirib beramiz, deb bazaga ma’lumotlarni kiritdi. “Sizning propiskangiz Yangiyo‘l tumani Tuyabo‘g‘iz mahallasida ekan”, dedi keyin.

    “Qanaqasiga, axir bu manzilda umuman yashamaganman-ku, bir umr Toshkentda istiqomat qilganman”, degan e’tirozga “balki chalkashlik yuzaga kelgandir”, deb javob berdi.

    “Endi siz Yakkasaroy tumani pasport stoliga borib, propiskangizni o‘zingiz yashaydigan joyga qo‘yishingiz kerak. Shunda avtomatik ravishda Yangiyo‘ldan propiskadan o‘chasiz”, dedi.

    “Shunda soliq bo‘yicha noto‘g‘ri qarzdorlik boshqa kelmaydimi?” deb so‘radik mas’uldan. “Sud qarorini bekor qilish uchun Yangiyo‘l tumani sudiga borib, apellyatsiya berishingiz kerak. Buning uchun o‘zingiz yashaydigan mahalla idorasiga borasiz. Mahalla raisi o‘sha yerda uzoq yillardan beri yashayotganingiz haqida akt tuzib beradi. O‘sha aktni olib, sudga ko‘rsatasiz”, degan javobni eshitdik. 

    Qiziq. Qaysidir tizimdagi qaysidir mas’ulning qachondir yo‘l qo‘ygan aybi tufayli 70 yoshdan oshgan onaxon Toshkent va Yangiyo‘l tumani orasida sarson-sargardon bo‘lmoqda. Barcha ma’sul idoralar ayb ularda emasligini ta’kidlamoqda va boshqa idoraga borib masalani hal etishni maslahat beryapti. Aybdor yo‘q, lekin sarson bo‘layotgan fuqaro bor.

    4 mart, 15:50   Izoh (0)   2821
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu juda og‘riqli holat va bu so‘zni aytishga ham qiynalyapman”. Yangihayot hokimi o‘rinbosari tumanda fohishalikka qarshi kurash haqida

    4 mart, 14:43

    Gruziya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

    4 mart, 14:12

    O‘zbekistonda qurilish maydonida havoga chang ko‘tarilishini bartaraf etmaganlar endi jarimaga tortiladi

    4 mart, 13:21

    O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

    4 mart, 12:49

    Toshkentda reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi

    4 mart, 12:20

    Yakkasaroyda 9 yoshli o‘quvchiga shilqimlik qilgan o‘qituvchi javobgarlikka tortildi 

    4 mart, 11:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.