Transfermarkt portali Rossiya chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer narxini yangiladi.

“SSKA” futbolchisi Abbos Fayzullayevning transfer narxi 2 mln yevroga oshdi va 8 mln yevro etib belgilandi.
Avvalroq Abduqodir Husanovning narxi 12 million yevroga yetib, O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylangandi.
Maʼlumot uchun, Abbos “SSKA”da o‘zining ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda u RPLda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 gol urgan va 7 golga assistentlik qilgan.
Joriy mavsumda esa futbolchi RPLda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Izoh (0)