“SSKA” bosh murabbiyi Marko Nikolich Abbosbek Fayzullayevning Parij Olimpiadasida ishtirok etishi borasidagi savollarga javob berdi.
“Abbos Olimpiadada O‘zbekiston safida maydonga tushadimi? Olimpiada o‘yinlari futbolchi hayotida bir marta bo‘lishi mumkin. Bu — mening javobim. Oldimizda ikki hafta bor, u o‘zini qanday his qilayotganiga qaraymiz. Lekin futbolchini qanday qilib hayotida bir marta berilayotgan imkoniyatdan mahrum qilish mumkin?”, — deydi Nikolich.
Eslatib o‘tamiz, Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada 26-iyul kuni start oladi va 11-avgustga qadar davom etadi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi C guruhidan joy olgan va guruhda Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikalariga qarshi bahs olib boradi.
- Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
- Futbolchi Rossiya Premyer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi.
Izoh (0)