“O‘zgidromet” 8—10-avgust kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Juma kuni havo harorati asosan kunduzi 35-37 daraja, janubda 40 darajagacha bo‘ladi, bu avgust oyi birinchi o‘n kunligining iqlimiy meʼyoriga yaqindir. Dam olish kunlari harorat kunduzi 37-40 daraja atrofida, janubda 42 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-avgustda respublika shimolida baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechalari 21-23 daraja, kunduzlari 35-37 daraja, 9—10-avgustda 37-39 daraja bo‘ladi.
Prognozlarga ko‘ra, avgust oyining uchinchi o‘n kunligida harorat kechalari asta-sekin 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha, janubda 36-38 darajagacha pasayadi.
Izoh (0)