• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Vazir Hilola Umarova maktab oshxonalari auksionda sotilmasligini aytgandi. Sergeli, Yangihayot va Bektemirda vazir topshirig‘iga zid ishlar qilinmoqda

    Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Toshkentda maktab direktorlariga bosim o‘tkazib, ta’lim dargohidagi oshxonalarni auksionda sotayotgan amaldorlarga qarshi kurashilishi, hududdagi maktab oshxonalarining sotuvi to‘xtatilishini ma’lum qilgandi.

    “Daryo”ga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarida vazir topshirig‘iga zid harakatlar amalga oshirilmoqda. 

    Bu haqda “Daryo”ga ma’lumot bergan mas’ullardan biriga ko‘ra, 20-sentyabr kuni Yangihayot tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Dilfuza Mustafayeva tumandagi maktab direktorlari uchun yig‘ilish o‘tkazib, barcha direktorlarga maktab oshxonalarini auksion savdoga chiqarish topshirig‘ini bergan. 

    20-sentyabr kuni soat 16:30 da bo‘limda maktab direktorlari uchun yig‘ilish bo‘lishi e’lon qilingan. Mazkur yig‘ilishda bo‘lim mudiri tomonidan barcha direktorlarga topshiriq berilib, 21-sentyabr kuni soat 13:30 gacha maktab oshxonalarini auksion savdoga chiqarish to‘g‘risida xatlar tayyorlanishi kerakligi uqtirilgan, deydi manba. 

    Manbaning bildirishicha, Yangihayot tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabi oshxonasi kecha, 20-sentyabr kuni auksionda sotilgan. 

    Foto: Telegram
    Yangihayotdagi maktab oshxonasi kecha, 20-sentyabr kuni 169 million 500 ming so‘mga sotildi. Vazir Hilola Umarova avgust oyida jurnalistlar bilan uchrashganda maktab oshxonalari sotilmasligini, harakatlar to‘xtatilishini aytgandi. Shunga qaramasdan Yangihayot tumanida vazir topshirig‘iga zid ishlar qilinmoqda, deydi manba. 

    Manbaning qo‘shimcha qilishicha, ayni kunda Sergeli tumanidagi 267- va 269-maktab oshxonalari, Bektemir tumanidagi 290- va 291-sonli maktab oshxonalari auksion savdoga qo‘yilgan. Muddati kelgach, ular ham sotiladi. 

    Foto: Telegram
    Foto: Telegram

    “Daryo” jurnalisti bilan telefon orqali muloqotda bo‘lgan Yangihayot tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Dilfuza Mustafayeva nafaqat maktab direktorlariga oshxonalarini sotuvga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berganini, kecha, 20-sentyabr kuni yig‘ilish qilganini ham inkor etdi. Biroq jurnalist bilan suhbatda bo‘lgan shu tumandagi 3- va 304-maktab direktorlari 20-sentyabr kunlari “RayONO”ga yig‘ilishga chaqirilganini tasdiqladi. 

    Yig‘ilishga chaqirilgan edik, lekin men borolmadim. Shu sabab yig‘ilishda nimalar haqida gapirilganini, qanday topshiriq berilganini bilmayman, deydi 3-maktab direktori. 

    304-maktab direktori esa jurnalist bilan suhbat davomida Telegram’iga qarab, 20-sentyabr kuni yig‘ilishga chaqirishganini, buni 21-sentyabr kuni bilayotganini aytdi. 

    Men yig‘ilish haqida hozir, siz aytganingizdan keyin bilyapman. Haqiqatan ham kecha, soat 16:30 da yig‘ilishga chaqirilgan ekanmiz. Ammo men bormagan ekanman. Eng qizig‘i kimdir nega yig‘ilishga kelmadingiz ham deb so‘ramabdi-da, deydi tumandagi 304-maktab direktori. 

    Suhbatdosh direktorlar — 3- va 304-maktab direktorlari ular rahbarlik qilayotgan muassasa oshxonasini auksionda sotish bo‘yicha shu kecha-kunduzda hech kimdan topshiriq bo‘lmaganini aytmoqda. Shuningdek, ular ijara markaziga maktab oshxonalarini auksionda sotish bo‘yicha xat ham berilmaganini ma’lum qildi. 

    Foto: Telegram
    Foto: Telegram
    Vazir topshirig‘idan so‘ng boshqarma orqali maktab oshxonalari sotilmasligi kerakligi aytilgan. Biz yuqori tashkilotimiz qanday topshiriq bersa, shuni bajaramiz, deydi maktab direktorlaridan biri. 

    “Daryo” jurnalisti Yangihayot tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Dilfuza Mustafayeva bilan muloqot qilar ekan, vazir topshirig‘iga zid ravishda u rahbarlik qilayotgan tumandagi 2-sonli maktab oshxonasi sotuvga qo‘yilgani sababini so‘radi. Bo‘lim mudiri tumanda endigina ish boshlaganini, ushbu maktab oshxonasi auksionda sotilganidan xabari yo‘qligini aytdi. Bu haqda surishtirib, ma’lumot olgach, xabar berishini qo‘shimcha qildi. 

    Vazir Hilola Umarovaning matbuot kotibi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova Yangihayot, Sergeli va Bektemir tumanlaridagi maktab oshxonalarining auksionda sotuvga qo‘yilganidan bexabar ekanini, bu bo‘yicha surishtirib, vazir topshirig‘iga qarshi qilingan ish o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

    21.09.2024, 21:40   Izoh (0)   15997
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmazor tumanidagi maktab oshxonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar hokimning oshxonaga aralashuvidan “dod” demoqda

    26.07.2024, 17:54

    Poytaxtdagi maktablar oshxonasi tijorat maskaniga aylanishi, maktab direktorlariga bosim bo‘layotgani aytilmoqda

    27.08.2024, 17:49

    Toshkentdagi maktablar oshxonasining auksionda sotilishi to‘xtatildi

    28.08.2024, 21:20

    Toshkentda bosh hisobchi 950 mln so‘mdan ziyod pullarni o‘ziga tegishli plastik kartaga o‘tkazib oldi 

    21.09.2024, 20:45

    Xorazmda tarbiyachi bolalarni qarg‘agan videosini adashib ota-onalar guruhiga jo‘natib yubordi

    21.09.2024, 20:05

    Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari oshirilishining sababi ochiqlandi 

    21.09.2024, 18:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.