• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent viloyati

    Piskent poligonidagi mojaro: import avtomobillarni takroran sinovdan o‘tkazishdan maqsad nima?

    Piskentdagi avtopoligonda import avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun navbat yuzaga keldi. “Daryo” ijodiy jamoasi voqea joyida bo‘lib, holat sabablarini o‘rgandi.

    “Toshkent viloyati Piskent tumanidagi avtopoligonda sinov laborator majmuasini tashkil qildik. Ushbu laboratoriyani tashkil etishdan maqsad avvalo xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan yengil avtomobillarning xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Har xil yomon holatlarni keltirib chiqarmaslik va xalqimizga xavfsiz avtomobillardan foydalanish imkoniyatini yaratish niyatidamiz”, deydi O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi ilmiy sinov-sifat nazorat markazi sinov majmuasi boshlig‘i Azizjon Hakimov. 
    Foto: “Daryo”
    Azizjon Hakimov
    Foto: “Daryo”

    Mas’ulning bildirishicha, majmua 2021-yilda yengil avtomobillar uchun ishga tushirilgan. 

    Foto: “Daryo”
    “Ilgari har bir shaxs olib kelgan avtomobillar bojxonada ko‘rikdan o‘tkazilgan. Hozirga kelib o‘zida elektr magnit mavjud bo‘lgan avtomobillarga nisbatan ko‘plab savollar paydo bo‘lmoqda. Shu bois joriy yilning 1-noyabridan elektr magnit masalasida tekshiruv majburiy bo‘lib qoldi. Ushbu majmuadagi navbatlar yangi tashkil etilgan bo‘lganimiz sababli paydo bo‘ldi. Hozir esa hammasi iziga tushdi. Hamma o‘z navbatida kelib sinovdan o‘tkazib olishi mumkin”, deydi mas’ul. 
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Mas’ullarning bildirishicha, bunday sinov majmuasi voha va vodiy viloyatlarda ham bittadan tashkil etilib, Piskentdagi majmua bilan jami uchtaga yetkaziladi.

    “Tashkilotimiz hozirda faqatgina bitta sinov majmuasiga ega. Chunki bu katta miqdorda mablag‘ talab qiladi. Shu sababli vodiy va vohada sinov komplekslarini qurish rejalashtirilgan. Piskentdagi majmuamizda bir kunda ellikta avtomobilda sinov o‘tkazish imkoniyati bor. Shuningdek, kelgusida poligonni yanada kengaytirish rejalari haqida ham o‘ylab ko‘ryapmiz. Yaqinda qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan traktorlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Shu traktorlar sinovdan o‘tkazilganda ikki-uchta traktorda kamchilik topildi. Ya’ni odam traktor ichida ketganida zararli omillar yuqoriligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng Xitoydan mutaxassislar kelishdi. Mahsulotimiz sifatli, nima sababdan sizlar bunday holatga olib kelyapsizlar deyishdi. Sinovda ikki-uch marta qatnashib, mahsulot nomuvofiqligini bilishgach, tan olishdi”, deydi mas’ul. 
    Foto: “Daryo”

    Azizjon Hakimovning bildirishicha, sinov majmuasidagi birinchi garaj avtomobildagi elektr magnit muvozanatini aniqlaydi. Bu laboratoriya 5 million dollarga qurib bitkazilgan.

    Foto: “Daryo”

    Ajablanarlisi va aynan bizga tushunarsiz bo‘lgani mazkur sinov majmuasining ichida avtomobillar ko‘rigi uchun qilingan ikkinchi garaj ichida aytarli hech qanday texnika yo‘q. Mas’ullar bu joyga olib kirilgan avtomobillarning gabariti o‘lchanishini ta’kidlamoqda. Biz kuzatgan holatga ko‘ra, bu yerda konditsionerlar ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sinovdan o‘tkazilishi amalga oshirilmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Darvoqe, majmua boshlig‘i elektromobillar egalarini ogohlikka chorlab, agar ularda yong‘in kuzatilsa o‘chirish imkoni yo‘qligini, shu bois O‘zbekistonning o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarida batareyalarning bexosdan teshilib qolishi kabi holatlardan ogohlikka chaqirdi. Majmuada aynan shu kabi holatlarni tekshirish imkoniyati yaratilayotganini, qo‘shimcha texnika olib kelinganini aytdi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    “Hozirgi kunda elektromobillar ancha tejamkor, lekin elektr mashinani hovli ichkarisiga qo‘ymaslik kerak. Xavfsizlik uchun tashqariga qo‘yish tavsiya etiladi. Agar akkumulyator tagidan yong‘in kelib chiqsa bu avtomobilni o‘chirib bo‘lmaydi. Hatto ‘pojarniy’lar ham uni o‘chira olmaydi. Bu gaz ballon portlashidan ham xavfliroq. O‘zi yonib o‘chmaguncha o‘chirib bo‘lmaydi. Elektr mashinani har doim yetakchi dilerlardan sotib olish tavsiya qilinadi. Xalqimizni sarson qilishni noo‘rin deb bilamiz. O‘sha avtomobilni kim sotayotgan bo‘lsa, xavfsizlikni ta’minlab, sertifikat berishi lozim. Keyin yana bir holat borki, avtomobil sotilganidan keyin sinovdan o‘tmasligi, muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqishi mumkin. Shu uchun dilerlardan xarid qilish yaxshiroq. Sotib olinayotganda sertifikat bilan ta’minlangan bo‘lsa, ovoragarchilik bo‘lmaydi”, deydi mas’ul.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Piskentdagi poligonda ko‘rinish bergan import avtomobil egalariga ko‘ra, bunday sinovlar keraksiz va ular uchun bu behuda vaqt sarflash hisoblanadi. Yana bir tadbirkor esa avval muammo kuzatilganini, endilikda hammasi iziga tushganini ta’kidlamoqda.

    Nurkeldi Nurlan o‘g‘li
    Foto: “Daryo”
    “Bunaqa qilishning hojati yo‘qda, menimcha. Xitoydan chiqqanda bu avtomobillarning hammasi bu kabi sinovlardan o‘tib chiqarilgan. Xitoydan ‘texpasport’ va sertifikat bilan chiqadi-ku. Bu mashina hech qanday zarar qilmaydi. Bu tadbirkorlarni ovora qiladi”, deydi Nurkeldi Nurlan o‘g‘li.

    Davron Rasulov ismli suhbatdosh esa holat boshida yomon bo‘lganini, endilikda sharoitlar yaratilib, barchasi iziga tushib ketganini aytmoqda. 

    Davron Rasulov.
    Foto: “Daryo”
    “Boshida tushunmovchilik bo‘ldi. Sal navbatlar ko‘paydi. Mana endi joyiga tushib ketib yaxshi bo‘lib qoldi. Hozir mashinasini olib kelib sertifikatlamoqchi bo‘lganlar uchun yengilliklar yaratilmoqda. Navbat yo‘q, to‘g‘ri kirib kelyapmiz”, deydi u.
    14.11.2024, 23:44   Izoh (0)   15975
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #mashina#Piskent#tadbirkor#to‘siq#import

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlarini mukofotladi

    26.08.2017, 18:28

    Andijon va Farg‘ona — “yashil”, Toshkent “sariq”ligicha qoldi. O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifadagi hududlar ro‘yxati yangilandi

    22.06.2020, 11:36

    Toshkent viloyatida YPX komandiriga 350 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

    18.10.2020, 08:11

    Toshkent viloyatida piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan yuk mashina haydovchisi qidirilmoqda

    19.12.2020, 13:56

    Jahongir Ortiqxo‘jayevdan Zafar Hoshimovgacha. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida bir guruh ijtimoiy-iqtisodiy soha vakillari mukofotlandi

    25.08.2021, 22:20

    Toshkent viloyatida mast haydovchi urib ketishi oqibatida 30 yoshli YPX xodimi vafot etdi

    14.09.2021, 22:11

    Toshkent viloyatida itini “Jiguli” tomidagi yukxonaga bog‘lab harakatlangan haydovchi sudga berildi

    13.04.2022, 10:57

    Turli falokatlardan mo‘jizaviy tarzda omon qolgan 7 ta mashhur inson

    01.11.2024, 17:53

    Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish, fermerni haqoratlagan Boyovut hokimi, Samarqandda o‘zini yuk mashina ostiga tashlagan erkak: 1-noyabrning eng muhim xab...

    01.11.2024, 22:40

    Eronda talaba qiz hijobga qarshi norozilik bildirish maqsadida ko‘chada yechindi

    03.11.2024, 18:22

    Namanganda yana maktab o‘quvchilari ijaraga olingan Gentra’da YTHga uchradi (video)

    04.11.2024, 14:15

    Hamkasblari fikriga ko‘ra birga ishlash maroqli bo‘lgan 5 nafar aktyor

    06.11.2024, 23:00

    Warner Bros. kompaniyasi “Betmen” filmidagi mashhur Betmobilni ishlab chiqaradi 

    08.11.2024, 10:45

    Aqldan ozgan muxlis, akula hujumi, suratga olish paytidagi klinik o‘lim: hayotdan ko‘z yumishiga oz qolgan Gollivud yulduzlari 

    09.11.2024, 12:40

    Eronda ko‘chada yarim yalang‘och yurgan qiz taqdiri ma’lum bo‘ldi 

    10.11.2024, 17:10

    Ehtimoliy AQSh—Xitoy savdo urushi: O‘zbekiston iqtisodiyotiga tug'ilishi mumkin bo‘lgan xavflar

    11.11.2024, 20:04

    Germaniyada Putin borasidagi bahsda ukrainalik o‘ldirildi, O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

    12.11.2024, 11:14

    Leonardo Di Kaprioning garajiga sayohat: aktyor qanday avtomobillarga egalik qiladi? (foto)

    14.11.2024, 12:40

    Braziliyada erkak Oliy sud binosi yaqinida o‘zini portlatdi (video)

    14.11.2024, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57

    “Rossiya va Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bir-biriga turli talablar qo‘ymoqda” — Turkiya tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 29 may, 21:25

    Qozog‘istonda ilk CryptoCity kripto hududi tashkil etiladi

    Markaziy Osiyo | 29 may, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.