• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Hayotning naqadar qiymatli ekanligini angladim”. Saratonni yenggan o‘zbek aktrisalari (foto)

    Yildan yilga saraton kasalligiga chalinish holatlari ortmoqda. 2050-yilga borib kasallanganlar soni 35 millionga yetishi haqidagi taxminlar ham insonni chuqur qayg‘uga soladi. Ammo saraton davosiz dard emas, uning oldini olish va davolash mumkin. O‘zbek aktrisalarining bir nechtasi ham bu dardga chalingan, tibbiy muolajalardan keyin sog‘lom hayotga qaytgan.

    Aktrisa Saida Rametovaga 2020-yilda ikkinchi darajali ko‘krak saratoni tashxisi qo‘yilgan

    Foto: Instagram / @saidarametova_official

    — 2020-yil butun dunyo uchun sinovli yil bo‘ldi. Ayni pandemiya avjiga chiqqan paytda bir guruh ijodkorlar bilan Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialida suratga tushayotgandik. Uydagilar qo‘ng‘iroq qilib ketma-ket qayinsinglim va tug‘ishgan opamdan ayrilganimni aytishdi. Yaqinlarimni so‘nggi manzilga kuzatolmadim, deb rosa yig‘ladim. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, chap ko‘kragimda og‘riq paydo bo‘ldi, shamol tegdi, deb taxmin qildim. Ammo og‘riq zo‘rayib boraverdi. Tohir Saidov shifokorga ketayotgan ekan, men ham ko‘rikdan o‘taman, deb unga ergashdim. Tohirni besh daqiqada ko‘rikdan o‘tkazishdi, meni esa ancha vaqt tekshirishdi. Keyin professor menda 2-darajali ko‘krak saratoni aniqlanganini ma’lum qildi.

    Kasallik haqida o‘ylaganim yo‘q, faqat begona yurtda qolib ketmaslikni, tezroq oilam bag‘riga qaytishni istadim. Xayriyatki, bir necha kundan keyin Toshkentga charter reys bilan samolyot uchadigan bo‘ldi. O‘zbekistonga qaytib muolajalar oldim. Shu kungacha bir necha marta kimyoterapiya, undan keyin nur oldim. Ahvolim ancha yaxshilandi, deydi aktrisa.

    Aliye Parast — asli professional raqqosa, ammo uni ko‘pchilik “Meni asra” serialidagi Ruxshona obrazi orqali tanishadi. Unga 3-bosqichdagi Xojkin limfomasi tashxisi qo‘yilgan

    Foto: Instagram / @akisha_par

    — Saraton – juda qo‘rqinchli so‘z, ochig‘i u haqda o‘ylashni ham istamayman. Menga 3-bosqich Xojkin limfomasi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik kun sayin rivojlanib borgan. Juda ko‘p terlardim, chap qo‘limni qimirlatishga ham kuchim yetmasdi. Ko‘kragim va qo‘lim tutashgan nuqtada kuchli og‘riqni his qilardim. Har kuni qattiq nafas qisishi, zaiflik, kuchli yo‘tal, bo‘yin va yuz shishish holatlari kuzatilardi. Og‘riqlar sabab tuni bilan ko‘zimga uyqu kelmasdi.

    O‘zim yashaydigan Farg‘onadagi eng malakali shifokorlarning bariga murojaat qildim. Ammo ulardan samara bo‘lmagach, og‘ir ahvolda Toshkentga keldim. Tekshiruvlar natijasida 21 santimetr o‘simta va o‘pkamda 1 litr suv borligi aniqlandi. Respublika onkologiyasi shifokori Sergey Viktorovich Kamishov tahlil natijalarini ko‘rib, menga umid berdi. Uch yillik davolanishlar o‘z samarasini berib, darddan butunlay qutuldim.

    Saraton bilan kurashgan uch yillik umrimni so‘z bilan ifodalab berishim qiyin. Hayotning bahosi naqadar qimmat ekanini ana o‘shanda his qilganman. Bu xastalik bilan kurashayotgan insonlarga maslahatim — har kimning ham gapiga quloq solmang, tabibga-ku murojaat qilmaganingiz ma’qul. Sababi bularning bari vaqtni besamar o‘tkazishga sabab bo‘ladi. Saraton — hammasi tugadi, degani emas. Uning ham davosi borligini unutmaslik va muolajalarni kechiktirmay boshlash kerak, deydi aktrisa va raqqosa Aliye Parast.

    “Sevgi”, “Shukrona”, “Sensiz” seriallari qahramoni aktrisa Odina To‘xtasinova saraton kasali sabab 13 marotaba jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazganini ma’lum qildi

    Foto: Instagram / @odinaxon_official

    — Katta farzandimni dunyoga keltirganimdan keyin poliklinikaga chiqsam, “Onkologiyaga borishingiz kerak” deyishdi. Keyin Oqtepadagi onkologiyaga borsam, tezda operatsiya qilish kerakligini aytishdi. O‘sha haftaning o‘zida operatsiya qildirdik. Ammo ko‘p o‘tmay, yana o‘simta paydo bo‘ldi. Respublika onkologiyasida yana operatsiya qildirdim. Bunday jarrohlik amaliyotlari 11 marta o‘tkazildi. Narkozdan chiqar-chiqmas limon bilan qatiq olaman, limonni shundoqligicha shimaman va bolalarimga qarashim kerak, ovqat qilishim kerak, deb uyga ketaman. Doktorlar esa qozon tepasiga borma, quyoshga chiqma, deyishardi.

    Uydagilarga kasalligimni aytsam “Bu rak bo‘lib qoldi” deb, aza ochib yuborishadi, menga rahmlari keladi, deb o‘ylab aytmaganman. O‘n bir marotaba operatsiya bo‘lgandan keyin charchadim. Har safar kelaman, xo‘rozni so‘ygandek kesishadi, yana jo‘natib yuborishadi.

    Doktor bilan gaplashib, “Endi nima qilishim kerak”, deganimda, ular “Yana analiz topshirib keling” dedi. U shifokorni yomonlash emas, balki yetuk mutaxassis emasdir. Tashxis natijalarini olib kelsam, kimyoviy terapiya, qilish kerakligini aytishdi. Keyin “Tananing bu qismini olib tashlaymiz, ko‘payib ketibdi”, deyishdi. Men esa “Qanday qilib? Axir men yoshman, hali tug‘gim kelyapti”, dedim. Doktor esa “Tug‘ish mumkin emas, tug‘sang o‘lib ketasan” dedi.

    Keyin xorijga ketish va o‘sha yerda operatsiya qildirishga qaror qildim. Koreyada operatsiyam uchun ishlab, pul yig‘dim. Onam 3 yoki 4 marotaba operatsiya bo‘lganimni biladilar, xolos, boshqalarini bilmaydilar. Koreyada ham operatsiya kunim aniqlangan, ammo buni hech kim bilmaydi. Hech kimga aytolmayman. Qo‘rqmasdan 7-8 soatlik operatsiyaga kirganman.

    Koreyalik shifokorlar bu barchasi bitta operatsiyada hal bo‘ladigan narsa ekanini, o‘zbekistonlik shifokorlar esa qayta-qayta kesib, ko‘paytirib yuborganini aytdi. Bir yildan keyin qayta tashxis topshirsam, “Ikkinchi tomoningga ham o‘tgan”, deyishdi. Buni ham onamga aytolmadim. Shunda “Koreyada bir oy toshbaqa sho‘rva ichsang, yaxshi bo‘lib ketasan”, deyishdi. Doktorga pulim yo‘qligi uchun, dengiz bo‘yida bir oy yashab, toshbaqa sho‘rva ichdim. U kuchli narsa bo‘lganiga qon bosimim ko‘tarilib ketdi, bosh og‘rig‘imga esa chidolmayman, suv bo‘yiga chiqib, dod solib yig‘lardim. Keyin baribir doktorga bordim, toshbaqa ta’sir qilmabdi. Shundan keyin yana bir kichik operatsiya qildirdim va hozir yaxshiman. Sizlarga maslahatim yaxshilab tekshirtirib, keyin operatsiya qildiringlar, deydi aktrisa.

    “Tohir va Zuhra” filmining yangi talqinidagi variantida Zuhra rolini o‘ynagan aktrisa Parizoda Bo‘rixo‘jayeva shifokorlarning qo‘rqinchli tashxisiga qaramay, og‘ir kasallikni yengib o‘tgan

    Foto: Instagram / @parizod_burikhodjaeva

    — Qiyinchiliklar hammada bo‘ladi. Taxminan 25 yoshimda, turmushga chiqqanimdan bir necha yildan so‘ng sog‘lig‘im bilan muammolar bo‘lgan. Bu sinov hayotimni juda qattiq o‘zgartirgan. O‘sha vaqtda shifokorlar “Yo‘q, siz tuzalib ketmaysiz, bu narsa tuzalmaydigan kasal”, deyishgandi. Bu muammo nafaqat men uchun, balki butun oilam uchun berilgan. Kasallik tufayli kim qanaqaligini, menga qanaqa munosabatdaligini bildim. O‘sha paytda turmush o‘rtog‘im va yaqinlarim meni qanday e’zozlashini ko‘rdim. Otamning bir gaplari bor: “Sinov ham odamning kuchiga qarab beriladi. Kuchli odamga kuchli sinov beriladi. Zaifroq insonga yengilrog‘i beriladi”. Men tabiatan qo‘rqoq odamman, balandlik va tezlikdan qo‘rqaman. Lekin o‘sha paytda ichimdan “Hali tuzalib ketaman, hammasi yaxshi bo‘ladi”, degan katta kuch topganman. Sinovdan turmush o‘rtog‘im bilan birga o‘tganmiz. U kunlarni eslasam, ko‘zimga yosh keladi, deydi Parizoda Bo‘rixo‘jayeva.

    Aktrisa Zarnigor G‘aniyevaga 2022-yili 3-darajali saraton tashxisi qo‘yilgan. Unga hindistonlik shifokorlar 3 oylik umri qolgani haqida aytishgandi

    Foto: Instagram

    — 2022-yilning avgust oyida Zohidjon Zokirov rejissyorligidagi serialda saratonga chalingan ayol rolini ijro etgandim. Tabiatan irimchi emasman, ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay sog‘ligimda jiddiy muammolar kuzatildi. Oktyabr oyiga borib, hojatga chiqolmay qoldim va qorin bo‘shlig‘imda kuchli og‘riqlar paydo bo‘ldi. Shifokorlar onkologik kasallikdan shubha qilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishimni maslahat berishdi. Koreyada analiz topshiraman, deb uchib ketdim. U yerda ham analiz natijalari xuddi shunday chiqdi va tezda operatsiya qildirishimni maslahat berishdi. Moddiy jihatdan imkoniyatim bor edi, negadir u yerda operatsiya qildirishni istamadim va Toshkentga qaytib keldim. Respublika onkologiyasidagi Odil Ahmedov degan shifokorga uchrashdim va operatsiya bo‘ldim.

    Qattiq tushkunlikka tushganim uchun sochim to‘kilib ketdi. Kimyoterapiyadan keyin esa butunlay kal bo‘lib qoldim. Oradan tadbirkorlik faoliyatimda bir inson qattiq aldadi va siqilib, qornimga metastaz tarqab ketdi. Xunuk shishib ketdi, nafaqat soch, balki kiprik va qoshlarim ham to‘kilib ketdi. Hindistonga tashxis qog‘ozlarini jo‘natsak, “Kelishining hojati yo‘q, uch oylik umri qolgan”, degan javob keldi. O‘lar ekanman, deb kuchli tushkunlikka tushdim. Bir yilga yaqin qorong‘i xonadan tashqariga chiqishni istamay qoldim. Hech narsaning qizig‘i qolmadi. Kimyoterapiya olganda tanam shu qadam azoblanardiki, o‘limimga ham rozi bo‘ldim. Kechalari qanchalik qiynalganimni faqat oldimdagi sanoqli insonlar bildi xolos. Eng qizig‘i, undan avval atrofimda tanish-bilishlarim, do‘stman deganlar ko‘p edi. Kasal bo‘lganimdan keyin ular shu qadar kamayib ketdiki, hayron qoldim. Kasallikni ham Yaratgan bejizga bergani yo‘q, atrofimdagi insonlarning asl yuzini ko‘rishim uchun bir sabab bo‘ldi, deb o‘yladim. Sobiq turmush o‘rtog‘im ruhan va moddiy jihatdan ko‘p yordam berdi.

    Ilgari pulim ko‘p bo‘lsa, farzandlarimga yaxshi sharoit yaratib bersam, deb orzu qilardim. Kasal bo‘lganimdan keyin baxt aslida sog‘lik va xotirjamlikda ekanligini angladim. Joningiz og‘risa, pul ham joningizga oro kirmas ekan.

    Ayollarga maslahatim: o‘zingizni seving. Bu dunyoda hech narsa kuyib-pishishingizga arzimaydi, deydi aktrisa Zarnigor G‘aniyeva.

    26.08.2024, 16:52   Izoh (0)   30373
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivudning mashhur aktyor bolalari qayerga g‘oyib bo‘ldi va ular hozir qanday ko‘rinishda?

    26.08.2024, 14:35

    “O‘g‘lim duolarida menga juft so‘raydi”. Dilnoza Kubayeva to‘yi haqidagi orzulari va “chillada” ekani haqida

    26.08.2024, 12:20

    Instagram: Bobur Yo‘ldoshev o‘g‘lini uylantirmoqda, Maryam Tillayeva yigiti bilan ajrashdi, Ozodbek Nazarbekov muxlisi bilan kuyladi

    26.08.2024, 10:49

    Dahshat, sevgi va xiyonat: “Ajdaho uyi” serialiga o‘xshash kutilmagan burilishlarga boy filmlar

    26.08.2024, 09:52

    Gollivud yulduzlari Jennifer Lopes va Ben Afflek nima sababdan ajrashayotgani ma’lum bo‘ldi

    24.08.2024, 18:10

    “Uka-singillarim har qayoqqa tarqab, uyimiz huvillab qoldi”. Valijon Shamshiyevning qizi ota-onasining 6 yil avval ajrashgani haqida

    24.08.2024, 17:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    18 iyul, 09:25

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tramp dunyo imperatori etib saylanmagan” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 18 iyul, 11:45

    Aktyor Tom Holland “O‘rgimchak odam” filmining yangi qismi haqidagi tafsilotlarni oshkor qildi

    Kino | 18 iyul, 11:35

    Isroil G‘azodagi minglab fuqarolik obyektlarini buzishga kirishdi (foto, video)

    Dunyo | 18 iyul, 11:18

    Apple tarixdagi eng qimmat iPhone ishlab chiqaradi

    Dunyo | 18 iyul, 11:06

    Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindorov musobaqaning chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi

    Sport | 18 iyul, 10:59

    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi

    Reklama | 18 iyul, 09:00

    Koni foyda: qovun yeyish uchun 9 ta asosli sabab

    Maslahatlar | 18 iyul, 10:58

    Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 10:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.