O‘zbekistonning sahrolarida, tog‘larida va qadimiy ko‘chalarida “Eterna”ning xayoliy manzaralari jonlantirildi. Kinopoisk va Plyus Studiyasi mintaqada ijodiy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishini davom ettirib, yangi keng ko‘lamli serialni suratga olish uchun bizning mamlakatimizni tanladi.
Nima uchun O‘zbekiston? (Qanday qilib “Eterna” O‘zbekistonda suratga olindi?)
“Eterna”ning bir qismi Agarisda kechadi: bu Talig taxtining qonuniy vorisi Aldo Rakan istiqomat qiladigan eng boy shahar-davlat hisoblanadi. Ushbu sahnalarni tasvirga olish uchun serial jamoasi O‘zbekistonning betakror tabiati va qadimiy meʼmorchiligidan ilhomlanib, mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Buxoroda YUNESKO madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan o‘rta asr madrasalari bilan o‘ralgan markaziy Labi hovuz maydoni tasvirga olish uchun qariyb uch hafta davomida yopib qo‘yildi. Dono Enniol rolini ijro etgan aktyor Yevgeniy Stichkin bunday joylarda ishlash tajribasiga ega edi. U ilgari Toshkentdagi Abulqosim Eshon madrasasida rejissyor sifatida “O‘yinlar” seriali uchun o‘zbek to‘yi sahnasini suratga olgan, biroq o‘shanda kuz o‘rtasi bo‘lib, havo harorati qulay +25 daraja edi, ko‘chalarda atirgullar ochilgan, bozorlarda qulupnay sotilayotgan edi. “Eterna” jamoasi esa avgust oyida, jazirama quyosh ostida va haddan tashqari issiq sharoitda, sayyohlarning sevimli shahri deyarli bo‘sh paytda ishladi. Ammo aynan shu holat kadrlarda janubiy Agaris shahrining o‘ziga xos muhitini ishonarli aks ettirish uchun zarur edi.
Yevgeniy Baranov, g‘oya muallifi, shouranner, prodyuser:
“Jamoamizning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar issiq joyni tasvirga olmoqchi bo‘lsangiz, buni pavilyonda hech qachon amalga oshira olmaysiz: u yerdagi quyosh va harorat boshqacha. Siz kerakli tasvirni ololmaysiz. Aktyorlar terlamaydi. Albatta, pavilyonda ham 45 daraja issiqlik yaratish mumkin, ammo yorug‘lik yordamida kerakli manzarani hosil qila olmaysiz — baribir sunʼiy ko‘rinadi.”
Nikita Sugakov, ijodiy prodyuser:
“Quyosh va issiqdan holdan toygan odamning nigohini sahnalashtirish mumkin, albatta. Biroq, dubllarda ichki aktyorlik ishingizga berilib ketib, oxir-oqibat eʼtiborni yo‘qotasiz. Nigoh o‘zgaradi, grimchi yuzga «ter” sepishni unutadi. Natijada tomoshabin kadrdagi sunʼiylikni sezib qoladi. Shuning uchun, albatta, haqiqiy jaziramada suratga olish afzalroqdir.«
Epizodlarning bir qismi Xiva atrofidagi chayonlar va zaharli ilonlar yashaydigan haqiqiy cho‘lda suratga olingan bo‘lib, ular tasvirga olish guruhiga ekstremal taassurotlarni sezilarli darajada oshirdi, ammo mahalliy mutaxassislar doimiy ravishda maydonda xavfsizlikni taʼminladilar. Sanʼatkorlarning 40 daraja issiq sharoitidagi hayotini yengillashtirish uchun rassomlar turli hiyla-nayranglarga qo‘l urishdi, masalan, ayollar kostyumidagi ichki yubkalar sonini kamaytirishdi.Va Post-prodakshn bosqichida muhitni Black Point va VAL Studio tomonidan yaratilgan vizual effektlar bilan to‘ldirildi.
Natalya Belousova, liboslar bo‘yicha rassom
“Shuni yodda tutish muhimki, liboslarimizning bari — tarixiy rekonstruksiya emas, balki uslub yaratishdir. Biz doim ularga qandaydir yangilik kiritganmiz, chunki xayoliy dunyo sharoitida ishlaganmiz. Shuningdek, tabiiy shoyi matosidan ko‘proq foydalanishga harakat qildik, chunki uni kiyganda salqinroq bo‘ladi. Umuman olganda O‘zbekistondagi suratga olish blokining asosiy qahramonlari – ayol va erkak goganlarning liboslari boshqa qahramonlarning yevropacha liboslariga qaraganda ancha erkin va dinamik edi.”
Rassomlar O‘zbekistonga 250 ta kostyum olib kelishdi, lekin ish joyida ham fantaziya qilishni davom etishdi va qiziqarli yechimlar topishdi: obrazlarni yaratish uchun o‘zbek matolari, ro‘mollar, sharflar, shuningdek, ekzotik sharq marjonlari, bilaguzuklar va soch to‘g‘nog‘ichlaridan faol foydalanishdi.
Olga Miroshnichenko, pardoz ustasi:
«Umuman olganda, bevosita maydonchamizda o‘zimizning moda va yo‘nalishlarimiz paydo bo‘ldi va bu nafaqat bosh qahramonlarga, balki ikkilamchi qatnashchilarga ham taʼsir etdi. Serialni tomosha qilayotganda, masalan, qahramonlardan qaysi biri uning qaysi hududdan ekanligi va soch turiga qarab qanday turmaklanganiga eʼtibor bering.«
Manzillar qanday tanlangan?
“Eterna” jamoasi yarim yil davomida O‘zbekiston hududlarni tanlash ustida ishladi, ikki marta “skaut”ga keldi va kartinaning xayoliy dunyosini tasvirlashda ideal mos keladigan joylarni tanlash uchun butun mamlakatni ko‘rib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Yevgeniy Baranov, g‘oya muallifi, shouranner, prodyuser:
«Suratlarda yaxshi ko‘ringan hamma narsa aslida kerakli narsa bo‘lmasligi, chunki kinokamera obyektivida hamma narsa umuman boshqacha ko‘rinishi mumkin. Shuning uchun, albatta, hamma narsani o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rib o‘rgangandan so‘ng, tanlash kerak. Bizga mahalliy Madaniyat vazirligi juda katta yordam berdi va bu ko‘plab jarayonlarni osonlashtirdi. Shuningdek, barcha bosqichlarda doimiy ravishda yordam taklif qilgan juda xushmuomala mahalliy aholi. Ular o‘z mamlakatlarida katta loyiha suratga olinayotganidan juda faxrlanishdi, bizga ekskursiyalar uyushtirishdi.«
Nikita Sugakov, ijodiy prodyuser:
“O‘zbekistonda meni ikkita narsa lol qoldirdi. Birinchisi — sahrodagi ilon izlari. Shu zahotiyoq guruhga yugurib qaytdim, yetarlicha adrenalin oldim. Ikkinchisi — Xivadagi ko‘hna somon va loy qorishmasidan yasalgan qalʼalar. Ular qo‘l bilan ushlaganda juda dag‘al! Bunday inshootlar yuzlab yillardan beri turibdi.. U yerning o‘z sir-sinoatlari borligi aniq, lekin baribir hayratlanarli”.
Interaktiv: “Diqqatga sazovor joyni toping”
Ichan qalʼa devori (Xiva)
Xo‘jayev uy-muzeyi (Buxoro)
Minorai Kalon (Buxoro)
Kalon masjidining ichki hovlisi (Buxoro)
Eski shaharning tarixiy qismi markazi Umar Hayyom mehmonxonasi yaqinida (Buxoro)
“Eterna” filmining suratga olish ishlari — Kinopoisk va Plyus studiya jamoasi O‘zbekistonda suratga olishni rejalashtirayotgan so‘nggi loyiha emas. Yaqin yillarda tomoshabinlarni yangi kartinalar kutmoqda, ularning vizual dunyosi mamlakatimiz manzillarini o‘zida mujassam etadi.
“Eterna” esa allaqachon Kinopoiskʼda mavjud va har bir tomoshabin O‘zbekistonning qanday qilib xayoliy shaharga aylanganini ko‘rishi mumkin. Serialni tomosha qiling, tanish joylarni qidiring va o‘z taxminlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda #EternaUzbekistan xeshtegi bilan ulashing
Sheriklik huquqi asosida.
Izoh (0)