Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Kitob tumani isteʼmolga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Shahrisabz shahar va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar E.X. va Yu.E. yashash xonadonlarining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotganliklari aniqlangan. Ushbu sexlardan 320 litr isteʼmolga yaroqsiz yog‘, 201 kg chigit, 5 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)