Toshkent viloyatida isteʼmolga yaroqsiz yog‘ mahsulotini muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Bekobod tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “Qo‘rg‘on” MFY hududidagi xonadonda yashovchi F.A. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola moyjuvoz uskunasida yog‘ mahsuloti ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani aniqlanib, ushbu xonadonda 800 litr isteʼmolga yaroqsiz yog‘ mahsuloti, 520 kilogramm paxta chigiti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
- Surxondaryoda ham 2023-yil iyun oyida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olingandi.
- Xorazmda inson sog‘lig‘i uchun xavfli spirtli ichimliklarni tayyorlab kelgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yilgan.
- Namanganda 550 million so‘mlik dori vositalari yo‘q qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)