“Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
- ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xo‘jaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;
- ovchilik xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:
1-bosqichda — 10 yil muddatga;
investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga ko‘ra:
2-bosqichda — 10 yil muddatga;
3-bosqichda — 29 yil muddatga.
Bunda, 2 yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror ko‘paytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi. Elektron onlayn-auksion g‘olibi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xo‘jaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.
Izoh (0)