• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Jahon kinosi tarixidagi eng go‘zal aktrisalar reytingi (foto)

    ListChallenges portali dunyodagi eng go‘zal aktrisalar ro‘yxatini tuzdi. Yigirmatalikka nafaqat o‘z iqtidori, balki jozibali tashqi ko‘rinishi bilan butun dunyodagi muxlislar hurmat va e’tiborini zabt etgan yulduzlar kiritildi.

    Eng go‘zal aktrisalar reytingida 20-o‘rinni Salma Hayek egalladi. 57 yoshli aktrisa Meksikada tug‘ilgan va karyerasini o‘z vatanida boshlagan. U “Tereza” va “Qurbon bo‘lgan muhabbat” telenovellalarida rol o‘ynaganidan keyin mashhurlik cho‘qqisiga chiqdi.

    Foto: Giant Freakin Robot

    Ikkinchi film unga BAFTA’ning o‘ziga xos meksikacha ekvivalenti — Ariel mukofotini olib keldi. Ammo yulduz bundan ham ko‘prog‘ini xohlardi, tavakkal qilishga tayyor edi. Shu tariqa u 1991-yilda Gollivudga yo‘l oldi.

    Bir nechta epizodik rollardan so‘ng, aktrisa o‘zining birinchi asosiy rolini oladi: Antonio Banderas bilan birga “Umidsiz” filmida rol o‘ynaydi. Shundan keyin Jorj Kluni, Uill Smit va Penelopa Kruz kabi boshqa yulduzlar ishtirokidagi loyihalarda ishtirok etdi. Hayek “Frida” filmidagi bosh roli uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.

    Foto: Red online

    Ro‘yxatning keyingi o‘rinlariga 2011-yilda 79 yoshida vafot etgan aktrisa Elizabet Teylor kiritildi. U Gollivudning eng go‘zal aktrisalaridan biri hisoblangan va ikki karra “Oskar”ni qo‘lga kiritgan. Elizabet o‘n yoshida filmlarda rol o‘ynay boshlagan.

    Foto: Kveller

    1956-yilda u Jeyms Din bilan birgalikda “Gigant” filmida rol ijro etdi. Teylorga “Kleopatra” filmi eng katta muvaffaqiyatni olib keldi. Aktrisa 79 yoshida yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Foto: The Telegraph

    Greys Kelli ham kuchli yigirmatalikka kiritildi. U 1929-yilda badavlat oilada tug‘ilgan va bolaligidan aktyorlik faoliyatini boshlagan. 1955-yilda Kelli “Qishloqlik qiz” dramasidagi roli uchun “Oskar”ga sazovor bo‘ldi.

    Foto: Screen Rant

    1956-yilda esa u Monako knyazi Renye III bilan turmush qurgach, Greys Kelli kinodagi faoliyatiga yakun yasadi. U 1982-yil 13-sentyabrda avtohalokatda vafot etdi.

    Foto: Screen Rant

    Fransuz kino yulduzi Brijit Bardo ham eng latofatli aktrisalar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

    Foto: Allure

    U 1956-yilda suratga olingan “Va Xudo ayolni yaratdi” filmida suratga tushganidan so‘ng jahon miqyosida shuhrat qozongan. Aktrisa hozir 89 yoshda bo‘lib, 1973-yilda aktyorlik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.

    Foto: Allure

    Reytingda keyingi o‘rinni “Zorro niqobi” va “Tuzoq” kabi filmlar orqali mashhur bo‘lgan aktrisa Ketrin Zeta-Jons egalladi. U “Chikago” myuziklidagi roli uchun “Oskar”ga, shuningdek, “Tungi musiqa” filmidagi ijrosi uchun “Toni” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Foto: Allure

    2004-yilda Zeta-Jons Tom Henks bilan birgalikda Stiven Spilbergning “Terminal” filmida rol o‘ynagan, shuningdek, Jorj Kluni va Bred Pitt bilan “Oushenning o‘n ikki dugonasi” kriminal komediyasida suratga tushgan.

    Foto: Closer Weekly

    25 yosh farqqa qaramay Ketrin Zet-Jons 1998-yilda aktyor Maykl Duglas bilan turmush qurdi. Hozirda juftlikning ikki nafar farzandi bor.

    Foto: People

    Go‘zal aktrisalar reytingida “Jeyms Bondning qallig‘i” ham o‘rin oldi. Shveysariyalik kinoaktrisa Ursula Andress Jeyms Bond haqidagi birinchi film bo‘lgan “Doktor No” filmida Agent 007 ning sevgilisi rolini ijro etdi. Bu rol Ursula karyerasining cho‘qqisi bo‘lib qoldi, chunki keyingi yillar davomida u filmlarda kamroq chiqa boshladi. Hozirda model va aktrisa 88 yoshda, u oilasi bilan Yevropada yashaydi.

    Foto: Wikipedia

    Eng go‘zal va maftunkor aktrisalar beshtaligida 2023-yilda 82 yoshida vafot etgan Rakel Uelch ham bor. Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach, u ikki farzandi bilan yolg‘iz qoldi va moda ko‘rgazmalarida model sifatida qatnashib, tirikchilik qila boshladi.

    Foto: Dzen

    So‘ng u o‘zini Gollivudda sinashga qaror qildi va “Fantastik sayohat” hamda “Miloddan avvalgi bir million yil” filmlarida ishtirok etdi. Mazkur loyihalar aktrisaga katta muvaffaqiyat va moliyaviy barqarorlik olib keldi. 1975-yilda Rakel “Uch mushketyor” filmidagi roli uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi.

    Foto: Legion Media

    Reytingdagi kuchli uchtalikni aktrisa Anjelina Joli ochib berdi. “Oskar” mukofoti sovrindori, shuningdek, uch karra “Oltin globus” mukofoti va ikki marta kino gildiyasi mukofoti sovrindori bo‘lgan Anjelina Joli BMTning ezgu niyat elchisi hamdir.

    Foto: People

    Uning jahon miqyosidagi muvaffaqiyatiga “Janob Smit va Smit xonim” filmi sabab bo‘ldi. Loyihada u Bred Pitt bilan tanishdi va bir necha yillardan so‘ng juftlik oila qurdi. Hozirda ular rasman ajrashgan.

    Foto: “Janob Smit va Smit xonim” filmidan lavha

    Ikkinchi o‘rinni 1947-yilda namoyish etilgan “Jazda faqat qizlar” musiqiy filmida rol o‘ynagan Merilin Monro egalladi. 1950-yilda Merilin “Asfaltli changalzor” filmida kichik rol o‘ynaydi.

    Foto: History Extra

    Keyin u “Tundagi to‘qnashuv”, “Qanday qilib millionerga turmushga chiqish kerak” kabi filmlarda ishtirok etadi. Ammo haqiqiy mashhurlik unga “Jentlmenlarga mallasochlar yoqadi” lentasi chiqqandan keyingina nasib etdi.

    Foto: History Extra

    ListChallenges portali reytingining natijalariga ko‘ra, barcha davrlarning eng go‘zal va iqtidorlik aktrisasi Monika Belluchchidir. 59 yoshli yulduz Italiyada tavallud topgan va bolaligidan huquqshunos bo‘lishni orzu qilgan, ammo sohibjamolligi e’tibordan chetda qolmagan Beluchchi 16 yoshidanoq modellik olamiga qadam qo‘ydi. Oxir-oqibat u sudlarda qatnashishdan ko‘ra, xalqaro podiumlarda chiqishni afzal bildi.

    Foto: Dzen
    Foto: Dzen

    1996-yilda Monika Belluchchi kino olamida o‘zining ilk muvaffaqiyatiga erishdi: “Kvartira” filmidagi roli uchun Monika Sezar mukofotiga sazovor bo‘ldi. Aktrisa ikki karra “Oltin globus” hamda “Kumush tasma” mukofotini qo‘lga kiritgan. Belluchchining yana bir omadli roli Juzeppe Tornatorening “Malena” dramasidagi ijrosi bo‘lgan.

    Foto: People
    Foto: People
    25.07.2024, 13:40   Izoh (0)   114739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Brijit Bardo Qozog‘iston prezidentiga mamlakatdagi hayvonlarga shafqatsiz munosabat sababli xat yo‘lladi

    17.12.2019, 23:57

    Monika Belluchchi, Salma Xayek va hech qachon plastik operatsiyaga murojaat qilmagan mashhurlar (foto)

    01.11.2021, 18:55

    Elvis Presli, Merilin Monro va boshqa Gollivud yulduzlari qanday uylarda yashagan?

    23.03.2024, 13:20

    Bollivud Barbisining fojiasi: hind aktrisasi Parvin Babi qanday qilib mashhurligi va go‘zalligidan ayrilgan? (foto) 

    17.05.2024, 17:45

    Koreys aktrisalari yosh ko‘rinishining siri nimada?

    13.06.2024, 15:38

    Millionerlarning eng chiroyli va jamoat faoli bo‘lgan rafiqalari (foto)

    11.06.2024, 17:35

    Jahon kinosi yulduzlari Maykl Duglas va Ketrin Zeta-Jonsning 12 million dollarlik uyiga sayohat (foto)

    20.06.2024, 16:57

    Pol Makkartni Teylor Svift konsertida uning muxlislari bilan raqsga tushdi (video)

    01.07.2024, 13:31

    Shokoladga allergiyasi bor, sakkizoyoq boqadi: jahon yulduzlari haqida ishonish qiyin bo'lgan qiziqarli faktlar

    19.07.2024, 21:10

    Turk aktrisasi Hande Erchel 2024-yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi (foto)

    15.07.2024, 13:39

    “Emmi—2024” mukofotiga nomzodlarning to‘liq ro‘yxati e’lon qilindi

    19.07.2024, 14:50

    Badavlat oilada voyaga yetgan mashhurlar (foto)

    21.07.2024, 17:55

    “O‘g‘limning vaznidan uyalmayman”: dunyodagi eng badavlat kuyov Anant Ambani qanday kasallikdan aziyat chekadi? (foto)

    22.07.2024, 17:53

    “Go‘sht va bananga xushim yo‘q”: Gollivud yulduzlari yoqtirmaydigan mahsulotlar

    24.07.2024, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.