• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Ayollar sahifasi Go‘zallik

    Koreys aktrisalari yosh ko‘rinishining siri nimada?

    Bugungi qahramonlarimiz Koreya dramalaridagi rollari bilan jahon miqyosida mashhurlik va muvaffaqiyatga erishgan. Garchi ayollarning yoshini so‘rash chiroyli odat bo‘lmasa ham, biz ularning bugun necha yoshda ekanligini hamda aktrisalarning tabiiy go‘zallik va yoshlik sirlarini bilishni istadik.

    Kim Xi E (56 yoshda)

    Foto: Dzen

    “Turmush” dramasi tufayli ko‘pchilikka tanilgan Kim Xi E 56 yoshda va u bugungi kunda Janubiy Koreyadagi eng nufuzli drama aktrisalardan biridir. Kim necha yoshga to‘lganini yashirmaydi va qarishdan qo‘rqmaydi. U kosmetik inyeksiyalar va plastik jarrohlik xizmatlaridan umuman foydalanmaydi. Intervyularda aktrisa o‘z husnini tibbiyotga ishonib topshirmasligini bot-bot takrorlaydi. Yoshlik va go‘zallikni saqlab qolish uchun u barvaqt uyquga yotadi, spirtli ichimliklardan o‘zini tiyadi, quyoshda uzoq vaqt qolmaydi, tez-tez yong‘oq iste’mol qiladi va hazm tizimi yaxshi ishlashi uchun marakuyya sharbatini ichadi.

    Ko Xyon Jong (53 yoshda)

    Foto: Dzen

    Ko Xyon Jong 1989-yilda “Koreya go‘zali” tanlovida kumush medalni qo‘lga kiritgandan so‘ng kinoda karyerasini boshladi. Bugungi kunga qadar u 17 ta loyihada, jumladan, “Qum soati”, “Prezident xonim” va “Qirolicha Sondok” kabi dramalarda ishtirok etgan. Xyon Jong 53 yosh bo‘lishiga qaramay, jismonan baquvvat va yosh ko‘rinadi. The Guru Show nashriga bergan intervyusida aktrisa tashqi ko‘rinishiga plastik jarrohlik aralashuviga keskin qarshi ekanligini va faqat massaj hamda terini parvarish qilish muolajalari yordamida yosh ko‘rinishini aytgan. Shuningdek, Xyon Jong qishning qattiq sovuq kunlarida ham isitish tizimini yoqmasligi, batareyalar yuz terisini quritib yuborishini ta’kidlagan.

    Su Chjon Xi (63 yoshda)

    Foto: Dzen

    Aktrisa Su Chjon Xi 63 yoshda ekanligiga kamdan kam odam ishonadi. 80–90-yillarda Suzi va Solxen taxallusi ostida ijod qilgan model, aktrisa va xonanda “Taksi” loyihasida ekranlarga qaytdi va bir necha kun davomida Koreya ijtimoiy tarmoqlarida eng ko‘p muhokama qilinadigan shaxsga aylandi. Chunki san’atga qaytgan 90-yillar aktrisasining yuzida birorta ham ajin ko‘rinmas edi. Su Chjong Xi o‘zining go‘zallik sirlarini oshkor etmaydi.

    Foto: Dzen

    Ammo aynan balet mashg‘ulotlari uning qomatini chiroyli saqlab qolishda yordam berishini yashirmaydi. Uning treneri aytishicha, “hatto yigirma yoshli qizlar aktrisa bajaradigan harakatlarni qila olmaydi”.

    Li Yong E (53 yoshda)

    Foto: Dzen

    Koreyalik aktrisa Li Yong Eni vatandoshlari “millat yuzi” deb atashadi. O‘z karyerasini 90-yillarda reklama roliklari bilan boshlagan Li keyinchalik ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarda — “Sevgi va nikoh”, “Ota” va boshqa dramalarda ishtirok etdi. Aktrisa 2000-yilda “Birlashgan xavfsizlik hududi” harbiy dramasi va “Saroy javohiri” tarixiy dramasida ishtirok etganidan so‘ng shuhrat qozondi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Li Yongning hech qanday go‘zallik sirlari yo‘q:

    “Go‘zallik bu — sog‘liq. Salomat va kuchli bo‘lish uchun siz yetarlicha uxlashingiz, xotirjam bo‘lishingiz va ko‘p xayrli amallarni bajarishingiz kerak”, — deydi aktrisa.
    Foto: The Korean Times

    Darhaqiqat, aktrisa ko‘plab ezgu ishlarga qo‘l urgan. 1997-yilda yulduz yaxshi niyat elchisi sifatida Efiopiyaga bordi, 2004-yilda u BMTning bolalar jamg‘armasi — YUNISEFga a’zo bo‘ldi. 2017-yilda Li Yong E harbiy mashg‘ulot paytida snaryad portlashi oqibatida halok bo‘lgan ikki yosh askarning onalariga 150 million von (qariyb 110 ming dollar) xayriya qildi.

    Kim Song Ryon (57 yoshda)

    Foto: Dzen

    1988-yilda “Koreya go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan Kim Song Ryon “Ajdarhoning tirnoqlarini kim ko‘rdi?” filmi orqali kino sanoatiga kirib keldi va 30 yil davomida shu sohada faoliyat olib bordi. Bugungi kunda 57 yoshli Song Ryon ko‘proq drama qahramonlarining onalarini o‘ynaydi. Aktrisaning aytishicha, go‘zal bo‘lish uchun unga muntazam pilates mashg‘ulotlari va massaj yordam beradi. Kim spirtli ichimliklar iste’mol qilmaydi va terining elastikligini saqlab qolish uchun har kuni namlovchi vositalardan bir necha bor foydalanadi.

    Om Chon Xva (54 yoshda)

    Foto: Yes Asia

    ELLE Korea nashriga bergan intervyusida aytishicha, u bolaligidan aktrisa bo‘lishni istagan, biroq kinoda katta muvaffaqiyatlarga erishishini tasavvur ham qila olmagan. Bugungi kunda 54 yoshli Xva 35 dan ortiq loyihalar ishtirokchisidir. U sog‘lom bo‘lishi va yosh ko‘rinishi uchun doimiy sport bilan shug‘ullanadi, keto parhezga amal qiladi hamda kosmetikadan ko‘p foydalanmaydi.

    13.06.2024, 15:38   Izoh (0)   58521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Netflix’ning ko‘rishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatayotgan yangi koreys seriali yulduzi o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi

    03.02.2022, 11:09

    Butun dunyo tomoshabinlarida koreys kinosiga qiziqish uyg‘otgan — “Qalbim chechagi” seriali aktyorlari hayoti qanday kechgan? (foto, video) 

    13.09.2023, 12:56

    “Emmi” xalqaro mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgan 6 koreys seriali

    23.01.2024, 13:20

    Melanxoliklar uchun kinotavsiya: his-tuyg‘ularga to‘lib-toshgan koreys doramalari

    28.05.2024, 14:45

    Yaxshi kunlar hali oldinda: hayot naqadar go‘zalligiga ishonch baxsh etuvchi koreys seriallari (treyler) 

    30.05.2024, 13:50

    Qisqa va qiziqarli: bir kechada tomosha qilish mumkin bo‘lgan koreys doramalar

    08.06.2024, 13:35

    Kinotavsiya: Yuragingiz tubidagi eng nozik hislarni uyg‘otib yuboradigan koreys seriallari

    12.06.2024, 09:37

    Bir o‘tirishda tomosha qilasiz: birinchi daqiqalardanoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys seriallari

    20.06.2024, 14:29

    Film so‘ngigacha nima bo‘lishini taxmin qilishingizga yo‘l qo‘ymaydigan  10 ta koreys trilleri

    02.07.2024, 09:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 13:55

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.