Dog‘istonning No‘g‘ay viloyati Shumli-Olik qishlog‘ida 37 yoshli cho‘pon yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
![](/static/2024/06/20/photo_2024-06-20_09-33-10-TptUUxwq.jpg)
Yashin nafaqat erkakni, balki momaqaldiroq paytida o‘tlab yurgan hayvonlarni ham urgan. Respublika Ichki ishlar vazirligi 50 dan ortiq qo‘y nobud bo‘lganini ma’lum qilgan. Dog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasi 1-iyundan boshlab har kuni aholiga respublikaning turli hududlarida kuchli yomg‘ir, do‘l va momaqaldiroq bo‘lishi, 20–23 metr/sekundgacha kuchli shamol esishi haqida ogohlantirmoqda.
So‘nggi kunlarda respublikaning tog‘li hududlarida sel oqimlari qayd etilib, ayrim aholi punktlari bilan transport aloqasi uzilgan.
Izoh (0)