Tojikistoning So‘g‘d viloyatida 17 yashar yigit yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xabar berdi.
Hodisa 23-aprel kuni Shahriston tumani Sebzor qishlog‘idagi yaylovda yuz bergan. Marhum chorva mollarini yaylovda o‘tlatayotgan bo‘lgan. Avvalroq Favqulodda vaziyatlar sinoptiklarning prognozlariga asoslanib, tog‘li hududlarda qor erishi ehtimoli haqida ogohlantirgandi. Shu sababli tog‘oldi va tog‘ yaylovlarida chorva mollarini boqmaslik tavsiya qilingan.
Shu munosabat bilan yana bir bor aholidan xavfli hududlarga chiqmaslik, ov qilish, baliq ovlash, tog‘li hududlarda chorva mollarini boqishdan tiyilish, shuningdek, ogoh va ehtiyot bo‘lishga chaqirilgan.
Izoh (0)