Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi, Samarqandda “KamAZ” ayol va uning ikki farzandini urib yuborishi, Toshkentda 200 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan haydovchining Teslaʼsi xatlanishi — “Daryo” nashri bugun, 6-iyunda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi
“Esonbug‘a” aeroportida O‘zbekiston prezidentini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi
Sud uni tuhmat, tovlamachilik va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda aybdor deb topdi.
Toshkentda 200 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan haydovchining Teslaʼsi xatlandi
Ushbu fuqaro tomonidan 116 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmagan.
O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar mukofotlanadi
Ularga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.
Samarqandda “KamAZ” ayol va uning ikki farzandini urib yubordi. Bolalar voqea joyida halok bo‘ldi
Ularning onasi Samarqand tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Farg‘onada uch nafar voyaga yetmagan bola sun’iy suv havzasiga cho‘kib ketdi
Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“JSTga qo‘shilish jarayoni o‘ta murakkab ekanini tushunamiz” — Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi hech bir davlat haqiqiy islohotlarsiz taraqqiyotga erisha olmasligini ta’kidladi.
Markaziy bank ilk bor xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya kiritdi
Bu Jahon banki G‘aznachiligi ekspertlarining texnik ko‘mak missiyasi tashrifi davomida amalga oshirilgan.
“Taʼlim-tarbiya sohasiga byudjetdan ajratilayotgan pullar samarasi bo‘yicha muammolar bor” — Alisher Qodirov
“Ayniqsa, bog‘chalarga yetarli eʼtibor qaratilmayapti”, — deydi deputat.
“Saidaziz medgorodok” va uning sheriklari o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, firibgarlik kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda
11-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida 29 nafar ayblanuvchi ustidan sud jarayoni boshlanadi.
Shavkat Mirziyoyev dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan Turkiyadagi kompaniya faoliyati bilan tanishdi
Aviatsiya texnikasining namoyish parvozlari ham o‘tkazildi.
O‘zbekistonda ovqatdan zaharlanish holatlaridan jabrlanganlar soni ochiqlandi
2024-yilning I choragiga ko‘ra ma’lumot berildi.
Anqarada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda.
O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari oldiga o‘zaro tovar ayirboshlashni 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Mazkur temiryo‘l Xitoyni mintaqamiz bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirish bitimini imzolash marosimi ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
“Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan an’anaviy yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik rivojidagi chinakam tarixiy voqeadir”, — deydi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni O‘zbekistonga taklif qildi
O‘zbekiston—Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimi joriy etiladi
2025-yil 1-yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o‘tkazilishi taʼminlanadi.
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi
O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik izchil sur’atda rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi.