• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

    Anqara shahrida 6-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raisligida O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston tomonidan tadbirda Global Textile, ProCab, Agromir Group, ERIELL Group, Akfa Holding, Murad Buildings, SAG, BMB Holding, Uzbekistan Hydrogen kompaniyalari ishtirok etdi.

    Turkiya tomonidan Çalık, Cengiz, Acibadem, Eczacıbaşı, Anadolu Group, Aksa Energy, Zorlu, Kalyon, Onur Group kabi xolding kompaniyalari qatnashdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbirkorlar bilan bunday formatdagi muloqot ilk bor o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Ishbilarmonlar kengashining tuzilishi ikki tomonlama munosabatlar rivoji yangi bosqichga ko‘tarilganining ramzi ekanini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yuzaga keladigan barcha masalalarni tezkor hal etish va kelgusidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish maqsadida kengash yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib turish zarurligi qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik izchil sur’atda rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi. So‘nggi besh yilda turk sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni uch barobarga oshdi va 2 mingtaga yetdi, investitsiyalar hajmi ikki barobarga ortdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kuni kecha o‘tgan biznes forumi va ishbilarmonlik tadbirlari natijasida qishloq xo‘jaligi, qurilish, energetika, sog‘liqni saqlash, geologiya, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, zargarlik, to‘qimachilik va charm sanoati sohalarida ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

    Prezident energetika, qurilish, konchilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida Cengiz Energy, Aksa Energy, Çalık Holding, Eczacıbaşı va Anadolu kabi turk kompaniyalarining muvaffaqiyatli faoliyatini ko‘rsatib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab, eng avvalo, investitsiyaviy sheriklik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni taklif etdi.

    O‘zbekiston-Turkiya sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Ushbu sanoat zonasi ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikning lokomotiviga aylanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston prezidenti davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Shu asosda 3 milliard dollarlik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Kengash uchrashuvida konchilik sanoatida hamkorlik qilish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Turkiyaning yirik kon-geologiya kompaniyalari bilan foydali qazilmalarni o‘rganish va qazib olish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, o‘z navbatida, Turkiya O‘zbekiston bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga intilishini bildirdi.

    U ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi. Turkiya yetakchisi kengash ishtirokchilarini savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash maqsadida konstruktiv muloqotga chaqirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Fikr almashish davomida turk ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda olib borilayotgan ortga qaytmas islohotlar natijasida paydo bo‘lgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar, bu islohotlar Turkiya biznesining uzoq muddatli rejalarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratayotganini ta’kidladi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari tomonidan ustuvor sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan aniq takliflar bildirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbarlari tadbirkorlarni birgalikda ishlashga tayyorligi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, mas’ul rahbarlarga ishbilarmonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.

    06.06.2024, 21:20   Izoh (0)   2977
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan Turkiyadagi kompaniya faoliyati bilan tanishdi 

    06.06.2024, 16:07

    O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari oldiga o‘zaro tovar ayirboshlashni 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi 

    06.06.2024, 19:00

    Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni O‘zbekistonga taklif qildi

    06.06.2024, 20:02

    O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimi joriy etiladi

    06.06.2024, 21:08

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi ishtirok...

    06.06.2024, 19:54

    “Mazkur temiryo‘l Xitoyni mintaqamiz bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi” — Shavkat Mirziyoyev

    06.06.2024, 19:39
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yupiter orbitasi ichida yulduzlararo obyekt aniqlandi

    Dunyo | 3 iyul, 18:10

    “Vatandoshlar” jamoat fondining “Anor” loyihasi uchun xorijdan kelgan o‘zbek farzandlariga bayram konserti tashkil qilindi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:00

    “Bavariya”ning yoshlar lagerida afg‘onistonlik murabbiy vafot etdi

    Sport | 3 iyul, 18:00

    Ilon Mask 54 yoshda: milliarderga tegishli bo‘lgan qimmatbaho uylarga sayohat (foto)

    Layfstayl | 3 iyul, 17:40

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Xonkendi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 17:39

    Xorazmda tergov sudyasi pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 17:20

    Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan yirik yer uchastkalarini davlat mulkiga oldi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 17:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.