• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Taʼlim-tarbiya sohasiga byudjetdan ajratilayotgan pullar samarasi bo‘yicha muammolar bor” — Alisher Qodirov

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3-iyundagi yig‘ilishida deputat, “Milliy taklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bog‘cha va maktablardagi ayrim kamchiliklar to‘g‘risida fikr bildirdi. Uning aytishicha, davlat byudjetidan taʼlim-tarbiya sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar to‘liq samara bermayapti.

    Alisher Qodirov
    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

    Alisher Qodirov parlamentdagi nutqida davlat byudjetidan taʼlim-tarbiya sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi haqida gapirdi. Deputat so‘zini bog‘chalarga yetarli eʼtibor qaratilmayotganidan boshladi.

    “Mamlakatda 34 mingtaga yaqin bog‘chalar qurildi. Bu oson bo‘layotgani yo‘q. Qamrov darajasi 70 foizga yaqinlashdi. Lekin takror aytyapmizki, bu ishning ichida mazmun yo‘qolib qolmasligi kerak. Agar bitta tarbiyachiga 30 nafar bola to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, demak biz bog‘chadagi maqsadimizga erishmayapmiz hisob. Agar bitta bog‘cha tarbiyachisi 1 million so‘m atrofida oylik olayotgan bo‘lsa, bu binolar ichidagi maqsadimizga erishmayapmiz degani. Biz Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ushbu masalaga yetarlicha eʼtibor qaratmayapti, deb hisoblayapmiz. To‘g‘ri, maktablarda o‘qituvchilarning oylik-maoshini oshirish va ular uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Lekin bog‘chalarga yetarli eʼtibor qaratilmayapti”, — dedi partiya rahbari.

    Alisher Qodirovning taʼkidlashicha, maktablarda taʼlim sifati va moddiy-texnik baza masalalarida qator muammolar mavjud.

    “Maktab o‘qituvchilarining malakasi bugungi dunyo taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar bilan mutanosib ketayotgani yo‘q. Birgina misol, byudjetdan 7 trillion so‘m mablag‘ maktablardagi maʼnan eskirgan kompyuterlarni o‘zgartirish uchun ajratilyapti. Bugun kompyuter texnikasining o‘zi maʼnan eskirib bo‘ldi. Agar maktablarga va taʼlimga raqamlashtirishni kirita olmasak, bugungi raqamlashtirish siyosatiga javob bera oladigan pedagoglarni tayyorlay olmasak, byudjetdan ajratilayotgan mablag‘lardan kutilayotgan samara bo‘lmaydi. Bugun maktablarni elektron doskalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. O‘rganishlarimizga ko‘ra, respublikadagi maktablarga elektron doskalar yetishmaydi. Shunday doskalar yetishmayotgan bir vaziyatda maʼnan eskirgan kompyuterlarni yangilashga 7 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti. Bu qanchalik samarali — vazirlik, albatta, o‘zi baho berishi kerak”, —dedi deputat.

    Shuningdek, Alisher Qodirov oliy taʼlim muassasalariga sarflanayotgan mablag‘lar samaradorligi yuzasidan ham savollar borligini aytdi.

    “Oliy taʼlim sohasidan mablag‘ ayalayotgani yo‘q. Lekin kutilayotgan samaradorlik masalasida muammolar bor. 10 yil avval bir pedagog oylik-maoshi 300 dollarga ham yetmagan bo‘lsa, hozir professor-o‘qituvchilar 3 ming dollarga yaqin oylik olyapti. Lekin qani oliy taʼlim muassasalarida bizning iqtisodiyotimiz uchun tashabbus, qani yangi g‘oyalar, qani ularning iqitisodiyotdagi ishtiroki va malakali mutaxassislari? Bu borada ham ishlatilayotgan mablag‘lar samaradorligi nuqtayi nazaridan o‘zimizning savollarimiz bor. Mazkur masala bo‘yicha o‘z takliflarimizni moliyalashtirishga masʼul bo‘lgan idoralar bilan birga muhokama qilishda davom etamiz”, — dedi Alisher Qodirov.

    Avvalroq 2024-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston byudjetidan davlatga qarashli bog‘chalarga 3 trillion so‘m, maktablarga 10,4 trillion so‘m, OTMlarga 1,6 trillion so‘m ajratilgani xabar qilingandi.

    06.06.2024, 14:15   Izoh (0)   3966
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘qituvchilarimiz soni yetarli, lekin ilmiy salohiyat yuqori emas” — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

    10.05.2024, 11:40

    O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari malakasi sinovdan o‘tkazildi. Natijalar qanday?

    27.05.2024, 11:39

    I chorakda O‘zbekiston byudjetidan taʼlimga qancha mablag‘ ajratilgani ochiqlandi

    03.06.2024, 13:20

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida “valyutchiklar” ushlandi

    06.06.2024, 13:52

    Toshkentda imtihonsiz “prava” olib berish evaziga 1,5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

    06.06.2024, 13:42

    Markaziy bank ilk bor xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya kiritdi

    06.06.2024, 13:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq holat sabab “Neftchi” xodimlarining ishi O‘FA qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi

    Sport | 3 iyul, 19:07

    Tramp Afrikaga “juda katta tijorat imkoniyatlari”ni taklif etmoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 19:00

    O‘zbekistonda iyuldagi pensiyalar to‘lovi bo‘yicha ma’lumot berildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:50

    Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:41

    Taras Bulba, Mo‘jizakor ayol, go‘zal Se Byok va Tanos: “Kalmar o‘yini 3”da ko‘pchilik e’tiboridan chetda qolgan asosiy ishora va detallar

    Kino | 3 iyul, 18:40

    Bayden Yevropa rahbarlari undan siyosatga qaytishini so‘rayotganini ma’lum qildi

    Dunyo | 3 iyul, 18:25

    Yupiter orbitasi ichida yulduzlararo obyekt aniqlandi

    Dunyo | 3 iyul, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.