• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qirg‘iziston

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

    Xonimlar va janoblar!

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlashdan mamnunman.

    Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan an’anaviy yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik rivojidagi chinakam tarixiy voqeadir. Bugun biz birgalikda keng mintaqamizda iqtisodiy va transport aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan muhim amaliy qadamlarni qo‘ymoqdamiz.

    Shu munosabat bilan, birinchi navbatda, Xitoy Xalq Respublikasi raisi, hurmatli Si Szinpin janoblariga “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Transkontinental transport va tranzit koridorining ajralmas qismi hisoblanuvchi ushbu muhim infratuzilma loyihasini ilgari surishda ko‘rsatgan shaxsiy e’tibori va uni to‘la qo‘llab-quvvatlagani uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman.

    Yangi temiryo‘l Xitoy bilan iqtisodiy hamkorligimizni kengaytirib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonaman.

    Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li tarixiy Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab o‘tadi. Darhaqiqat, biz ko‘p asrlar davomida savdo aloqalari va madaniy almashinuv rivojiga xizmat qilgan ushbu qadimiy yo‘lni zamonaviy sharoitda qayta tiklayapmiz.

    Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, mazkur temiryo‘l Xitoyni mintaqamiz bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi.

    Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, uning barpo etilishi ortib borayotgan yuk tashish hajmiga samarali xizmat ko‘rsatish, ularni tashish vaqti va narxini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. 

    Mutaxassislarning qayd etishicha, yuk tashish yillik hajmi 15 million tonnagacha yetishi mumkin, tovarlarni yakuniy iste’molchilarga yetkazish muddati esa 7 kunga qisqaradi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi, omborxonalar va terminallar yaratiladi.

    Loyihaning amalga oshirilishi oqibatida vujudga keladigan iqtisodiy ta’sirni barcha mamlakatlar his qiladi. Avvalo, yangi korxonalar va o‘n minglab ish o‘rinlari yaratiladi, o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi va sanoat kooperatsiyasi ko‘lami, investision jozibadorlik o‘sadi va asosiy natija — fuqarolarimizning turmush darajasi oshadi.

    Kelgusida ushbu yo‘l bizning mamlakatlarimizga istiqbolli transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi, tranzit salohiyati va mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikni sezilarli darajada oshiradi.

    Qadrli do‘stlar!

    Shuni ta’kidlamoqchimanki, ushbu keng ko‘lamli loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston hududida barcha zarur infratuzilma yaratilgan.

    Bundan tashqari, biz zamonaviy temir va avtomobil yo‘llari milliy tarmog‘ini kengaytirmoqdamiz, yuklarni qayta ishlash va tashish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida raqamli texnologiyalarni faol joriy qilmoqdamiz.

    Hamkorlarimizni yana bir bor ishontirib aytmoqchimanki, O‘zbekiston temiryo‘l qurilishi, imzolanayotgan bitim va qabul qilingan “yo‘l xaritasi” bo‘yicha izchil hamkorlikni davom ettirishga tayyor.

    Aminmanki, uzoq muddatli umumiy manfaatlarimizga javob beradigan Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li strategik loyihasi do‘stlik va sheriklik munosabatlarimizni mustahkamlashga, mamlakatlarimiz, xalqlarimiz farovonligi va taraqqiyotiga xizmat qiladi.

    Ushbu keng qamrovli loyihaning barcha ishtirokchilariga ulkan zafarlar tilayman.

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    06.06.2024, 19:54   Izoh (0)   4192
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mazkur temiryo‘l Xitoyni mintaqamiz bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi” — Shavkat Mirziyoyev

    06.06.2024, 19:39

    O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari oldiga o‘zaro tovar ayirboshlashni 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi 

    06.06.2024, 19:00

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon jinoyatlar ortidan davlatga yetkazilgan zarar miqdori ochiqlandi 

    06.06.2024, 18:45

    Anqarada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    06.06.2024, 18:06

    O‘zbekistonda ovqatdan zaharlanish holatlaridan jabrlanganlar soni ochiqlandi 

    06.06.2024, 17:47

    “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazchisi va yetkachi muhandisi ushlandi 

    06.06.2024, 17:23
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yupiter orbitasi ichida yulduzlararo obyekt aniqlandi

    Dunyo | 3 iyul, 18:10

    “Bavariya”ning yoshlar lagerida afg‘onistonlik murabbiy vafot etdi

    Sport | 3 iyul, 18:00

    “Vatandoshlar” jamoat fondining “Anor” loyihasi uchun xorijdan kelgan o‘zbek farzandlariga bayram konserti tashkil qilindi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:00

    Ilon Mask 54 yoshda: milliarderga tegishli bo‘lgan qimmatbaho uylarga sayohat (foto)

    Layfstayl | 3 iyul, 17:40

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Xonkendi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 17:39

    Xorazmda tergov sudyasi pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.