• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Maqom sanʼati uchun asosiy mavzu, eng avvalo, shaxs, uning erki va qadri, tinchlik-totuvlik, hamjihatlik va umumbashariy taraqqiyot hisoblanadi” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari tadbir ishtirokchilarini O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilishi bilan chin qalbdan muborakbod etdi.

    Qadrli vatandoshlar!

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Xonimlar va janoblar!

    Avvalambor, siz, azizlarni betakror qadriyat va an’analar yurti bo‘lgan O‘zbekiston zaminida ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Bugungi tantanamizda YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 42-sessiyasi prezidenti Simona Mikulesku, AYSЕSKO bosh direktori Salim Muhammad al-Malik, TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev, Turkiy madaniyat va meros fondi prezidenti Aktoti Raimkulova, Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi bosh kotibi Mehmet Sureyya Er, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi o‘rinbosari Nurlan Seytimov, Turkiya Respublikasi prezidentining bosh maslahatchisi Yalchin Topchu, Qozog‘iston Respublikasi prezidentining maslahatchisi Malik Otarbayev, Tojikiston Respublikasi prezidentining ijtimoiy rivojlanish, madaniyat va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Abdullo Rahmonzoda, Qirg‘iz Respublikasi madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Oltinbek Maksutov, Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Gabil o‘g‘li Karimli va boshqa muhtaram mehmonlarimiz ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildiraman.

    Xush kelibsiz O‘zbekiston zaminiga!

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qadrli mehmonlar!

    Mazkur anjuman 2018-yilda ko‘hna Shahrisabzda o‘tkazilgan birinchi xalqaro maqom san’ati festivalining davomi bo‘lib, pandemiya tufayli vujudga kelgan olti yillik tanaffusdan so‘ng barchamizni yangicha ruh va shukuh bilan yana o‘ziga chorlamoqda.

    Buyuk ipak yo‘li durdonasi – jannatmakon mamlakatimizning gavhari, serviqor tog‘lar, yam-yashil o‘rmonlar, xalqparvar va olijanob insonlar yurti bo‘lmish betakror Zomin bugun katta san’at bayramiga mezbonlik qilmoqda.

    Qadimiy Zomin haqida ko‘plab kitoblar, ilmiy tadqiqotlarda batafsil ma’lumotlar berilgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, “Zomin” atamasi “Avesto”da tilga olingan “Zomyod”, ya’ni, farovonlik farishtasi degan nom bilan bog‘liq va miloddan avvalgi VII-V asrlarga borib taqaladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Noyob arxeologik topilmalari, zabardast allomalari bilan jahonga mashhur ushbu hudud ko‘p asrlar davomida sivilizatsiya beshiklaridan biri, ilm-fan, san’at va ma’rifat markazi bo‘lib kelgan. Jumladan, XII asrning oxiri va XIII asrning birinchi yarmida bu makonda yashab ijod etgan huquqshunos alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushoniy tarixda bolalar huquqlari bo‘yicha birinchi keng qamrovli manba – “Bolalar huquqlari kodeksi” (“Jomi’ ahkom as-sig‘or”) nomli noyob asar yaratganini katta faxr va iftixor bilan tilga olamiz.

    Boshqacha qilib aytganda, ushbu tarixiy asar bola huquqlari G‘arb sivilizatsiyasidan qariyb olti yuz yil muqaddam bugungi O‘zbekiston zaminida to‘liq o‘rganilib, amalga oshirilganini ko‘rsatadi.

    Bu ko‘hna diyor nafaqat beqiyos tabiat mo‘jizalarini, shu bilan birga, buyuk ma’naviy xazina bo‘lgan xalqimizning boy an’ana va qadriyatlari, madaniy merosi va folklor namunalarini ham saqlab kelayotgan tabarruk zamindir.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu o‘rinda Jizzax viloyatidan O‘zbekiston xalq hofizlari Eson Lutfullayev va Orifxon Hotamov, O‘zbekiston san’at arbobi Bahrullo Lutfullayev kabi hayotbaxsh va o‘lmas navolari bilan xalqimiz mehrini qozongan atoqli hofizlar, mohir bastakorlar yetishib chiqqanini yodga olishni istar edim.

    Muhtaram festival qatnashchilari!

    Bizning qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlarimizning ramzi bo‘lgan maqom san’ati teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi. Maqom – umumbashariy tuyg‘ularni avj pardalarda tarannum etadigan nodir san’at turi sifatida ham biz uchun g‘oyat qadrlidir.

    Shu bilan birga, u o‘zida musiqa, she’riyat va raqs san’atini ajoyib tarzda uyg‘un etgan yuksak tafakkur va insoniy kamolot qomusidir. Maqom san’ati uchun asosiy mavzu – eng avvalo, shaxs, uning erki va qadri, tinchlik-totuvlik, hamjihatlik va umumbashariy taraqqiyot hisoblanadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bu mumtoz badiiy obida asrlar mobaynida avlodlar o‘rtasida ruhiy uzviylikni saqlab, inson ma’naviy olamini boyitib, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashdek ulug‘ maqsadlarga xizmat qilib kelmoqda.

    Maqom o‘zida xalqning teran ruhiyati, ezgu niyatlari, milliy mentaliteti, so‘nmas qadriyatlarini mujassam etgan bo‘lib, sivilizatsiya taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.

    Musulmon Sharqida Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida maqom san’ati jadal rivojlanib, o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. Xususan, X asrning birinchi yarmida Sharqda “Muallimi soniy” nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiy o‘zining “Katta musiqa kitobi”da musiqa san’atining nazariy va amaliy mezonlarini ud sozi orqali mukammal tartibga keltirgan. Buyuk mutafakkir Muhammad Xorazmiy “Ilmlar kaliti” kitobining musiqaga bag‘ishlangan qismida o‘sha davrdagi musiqa cholg‘ulari haqida aniq ma’lumotlar beradi. Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz esa noyob musiqiy asarlar yaratib, maqom rivojiga beqiyos hissa qo‘shganlar.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    XX asrda bu an’analarni munosib davom ettirgan Abdurauf Fitrat, Viktor Uspenskiy, Yunus Rajabiy kabi salohiyatli va peshqadam san’atshunos olimlar, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Turg‘un Alimatov, Berta Davidova, Fattohxon Mamadaliyev, Orif Alimaxsumov, Mahmudjon Tojiboyev singari atoqli va fidoyi ustozlarning unutilmas xizmatlarini hamisha cheksiz hurmat va ehtirom bilan esga olamiz.

    Majoziy ma’noda olti azim o‘zanga qiyoslanadigan, xalqimiz badiiy tafakkurining beqiyos mahsuli bo‘lgan “Shashmaqom” asrlar davomida jahon madaniyat ummonini to‘ldirib, uni har tomonlama boyitib kelmoqda.

    Shu o‘rinda mumtoz musiqa san’atining gultoji bo‘lgan betakror maqomlarimiz YUNЕSKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgani va bu uni butun dunyoda keng targ‘ib qilish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shayotganini ulkan xursandchilik bilan ta’kidlamoqchiman.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    O‘zbekistonda maqom san’atini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga bezavol yetkazishda mashhur davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidovning o‘rni alohida ajralib turadi. G‘oyat og‘ir davrlarda Sharof Rashidovichning sa’y-harakatlari bilan Toshkent davlat konservatoriyasida maqom san’atini ilmiy o‘rganishga, uni xalqaro miqyosda targ‘ib etishga asos solingan edi. O‘sha yillarda respublikamizda maqom ansambli tashkil etilgan. O‘lmas “Shashmaqom” durdonalari notaga olinib, 6 jilddan iborat mukammal kitob nashr qilingan.

    O‘ylaymanki, bugungi fayzli anjumanimiz tufayli rahmatli Sharof Rashidovichning ham ruhlari shod bo‘lmoqda.

    Xabaringiz bor, Yangi O‘zbekistonda barcha sohalar qatori madaniyat va san’at yo‘nalishini rivojlantirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bu jarayonda “Sharq taronalari”, Xalqaro baxshichilik san’ati, “Lazgi”, Xalq hunarmandchiligi festivali singari nufuzli anjumanlar, Toshkent xalqaro kinofestivali, madaniyat kunlari, tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmalari hamda boshqa muhim tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Hech shubhasiz, ular orasida mumtoz musiqa san’atining noyob durdonasi bo‘lgan maqomlarga bag‘ishlangan mazkur xalqaro festival beqiyos o‘rin tutadi. Mamlakatimizda ushbu san’at ravnaqini yangi bosqichga olib chiqish, iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bu borada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Bugungi kunda maqom san’ati butun mamlakatimiz bo‘ylab, boshlang‘ich ta’limdan tortib, akademik fan darajasigacha bo‘lgan bosqichlarda uzluksiz tarzda o‘rganilmoqda. Biz Toshkent shahrida Maqom markazi yangi binosini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni boshladik. Maqom rivoji yo‘lida sermahsul ijod qilib kelayotgan bastakor, kompozitor, musiqashunos, xonanda va sozandalarni faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida yurtimizda nufuzli milliy tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.

    Bugungi imkoniyatdan foydalanib, hayotini ana shunday sharafli va mas’uliyatli ishga bag‘ishlagan, go‘zal qalb olamida bu umumbashariy meros namunalarini avaylab-ardoqlab kelayotgan, o‘zining benazir va jozibador ohanglari bilan xalqlarimizni maftun va mamnun etayotgan sizlar kabi barcha aziz san’atkorlarimizga shaxsan o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qadrli do‘stlar!

    Biz bu borada boshlagan va baland marralarni ko‘zlagan reja va tadbirlarimizni albatta izchil davom ettiramiz. Zero, milliy maqom ijrochiligi mumtoz san’atimiz va yuksak madaniyatimizning o‘q ildizi bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

    Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, “Ko‘ngil quvvati – xush navozdin, ruh quti – xush ovozdin”.

    Qarang, qanday chuqur ma’noli so‘zlar.

    Darhaqiqat, barcha olis va yaqindan kelgan san’atkorlar ishtirokida do‘st va birodar xalqlarimizning dillarini bir-biriga chambarchas bog‘laydigan bugungi anjumanimiz ham musiqa orqali yer yuzidagi barcha insonlarga ma’naviy oziq berishga xizmat qiladi. Festivalimiz ko‘lami tobora kengayib, bugun bu muhtasham majmuada Osiyo, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika qit’alarining 80 dan ortiq mamlakatlaridan qariyb 400 nafar mehmonlar jam bo‘lib turgani ham fikrimizning yaqqol tasdig‘idir.

    Ezgulik va gumanizm bayrog‘i ostida birlashgan, san’atni butun borlig‘i bilan sevadigan barcha ijod ahli uchun ushbu festival, hech shubhasiz, katta bayramdir.

    Fursatdan foydalanib, tadbirni tashkil etishda bevosita ishtirok etayotgan barcha fidoyi insonlarga, bizning quvonchimizga sherik bo‘layotgan xorijiy davlatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillariga, hurmatli mehmonlarimizga chin dildan tashakkur aytaman.

    Maqomlar jahon musiqa ixlosmandlari ruhining tuganmas kuch-quvvat va ilhom manbai bo‘lsin!

    Maqom san’atining shoni va shuhrati boqiy bo‘lsin!

    Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, olijanob faoliyatingizda yangi omadlar yor bo‘lsin!

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    27.06.2024, 21:20   Izoh (0)   7118
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahrisabzda 2020-yilning 5—10-sentabr kunlari ikkinchi Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi

    02.07.2020, 22:57

    Shavkat Mirziyoyev BYD kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    27.06.2024, 15:44

    Prezident Zominda barpo etilayotgan sanoat texnoparkida Xitoy investitsiyalari ishtirokidagi ilk loyihalarga start berdi (foto)

    27.06.2024, 17:22

    Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi davlatga 234 mln so‘m zarar yetkazdi 

    27.06.2024, 20:40

    Ziroat Mirziyoyeva Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi ishtirokchilari bilan birga Zarafshon milliy tabiat bog‘iga tashrif buyurdi

    27.06.2024, 20:20

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh yigitlarni “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirladi (ro‘yxat)

    27.06.2024, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.