• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Oltinchi qavatdan tashlab yuborish bilan qo‘rqitilgan, zavodi tortib olingan: “Saidaziz medgorodok”dan jabrlangan tadbirkor hikoyasi

    O‘zbekistonda 2023-yilning dekabr oyiga qadar yuzlab, minglab tadbirkorlar “ko‘cha” zo‘ravonligiga uchragan, tahdidlar qurboni bo‘lgan. Natijada milliardlab daromad keltiradigan biznesidan ajralgan. O‘sha yili “ko‘cha” faoliyatiga chek qo‘yilgach, jabrdiyda tadbirkorlar yurak yutib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat qilgan.

    “Daryo” ana shunday ko‘cha zulmidan aziyat chekib, biznesidan ajralgan tadbirkor Murod To‘xtayev bilan suhbatlashdi. 

    Murod To‘xtayev.
    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorning tushuntirishicha, u biznesdagi hamkori Sobir Isomuhammedov bilan 2005-yilda pechenye zavod tashkil etgan bo‘lib, zavodning daromadi milliardlarga yetganda o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Dastlab zavoddan haydalgan Murod To‘xtayev 2022-yili “ko‘cha” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev talabi bilan hujjatdan ham o‘chirilishi kerak bo‘lgan. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra, hujjat ishlari to‘xtab qolgan. 

    Foto: “Daryo”
    2022-yili kunlarning birida biznesdagi hamkorim Sobir Isomuhammedov Mirobod tumanidagi ofisiga chaqirdi. Kechki payt soat 8 da borsam, ofisga kirishim bilan menga do‘q qilib, biznesdagi ulushimdan voz kechishim kerakligini, mening daromadga umuman haqqim yo‘qligini aytib, “osonlikcha ulushingdan kech”, dedi. Agar kechmaydigan bo‘lsam, ulushimni Saidaziz yordamida mendan tortib olishini ma’lum qildi. Birozdan so‘ng yonimizga kirib kelgan Saidaziz va uning yigitlari ulushimdan o‘z xohishim bilan voz kechishim kerakligini, ertadan boshlab zavod uniki ekanini aytdi. Menga do‘q qildi. O‘ldirib yuborishini ta’kidladi.
    Sobir aka Saidazizga “bunga kechagi joyni ko‘rsat” degach, Saidaziz va uning sheriklari meni oltincha qavat derazasi yoniga olib borishdi. Agar biznesdagi ulushimdan voz kechmasam, ikki qo‘lim va boshimni derazadan chiqarib, shu yerdan tashlab yuborishlarini, o‘ldirishlarini bildirdi. Men esa qo‘rqqanimdan “xo‘p, ulushimni beraman” dedim. Ertasiga notariusga borib, qo‘l qo‘yib berishga rozi bo‘ldim va yarim kechasi soat ikkida uyimga qaytdim, — deydi tadbirkor. 
    Saidaziz Saydaliyev ofisi joylashgan bino.
    Foto: “Daryo”

    Jabrlanuvchining bildirishicha, bu voqeaga uning jiyani Alisher va Farrux ismli hisobchisi guvoh bo‘lgan. 

    Foto: “Daryo”
    O‘sha kuni Farrux ismli hisobchimizni ham chaqirtirishdi. 2009-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan barcha hisob-kitoblarni ko‘rsatdik. Shunga qaramasdan Farruxga ham bosim qilishdi, qo‘rqitishdi. O‘sha kungi voqealarga jiyanim Alisher va Farrux guvoh. Bizni yarim kechasi soat ikkigacha ushlab o‘tirishdi. Keyin ertasi kuni notariusga borib, ulushimni o‘tkazib berishni va’da qilib, uyga qaytdik, — deydi suhbatdosh. 
    Saidaziz Saydaliyev ofisi joylashgan bino.
    Foto: “Daryo”

    Murod To‘xtayevning aytishicha, ular uyga qaytayotgan paytda militsiyaga murojaat qilmaslik haqida ogohlantirilgan. 

    Murod To‘xtayev.
    Foto: “Daryo”
    “Militsiyaga bormagin, hamma joyda mening ko‘z-qulog‘im bor. Agar biror joyga borib, shikoyat qilsang o‘zingdan ko‘r”, deb qo‘rqitishdi, — deydi u. 

    Ko‘cha zulmidan qutilgan tadbirkor o‘sha kuni tongda Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan. 

    Saidaziz Saydaliyevning muhrlangan ofisi.
    Foto: “Daryo”
    Ishlar sal tinchisin dedim, qolaversa ulardan qo‘rqqanim uchun Farg‘onaga jo‘nab ketdim. Yo‘lda ketayotsam, telefon qilishdi va kechagi gap haliyam kuchda deyishdi. Takror-takror telefon qilishgach, ertasi kuni Toshkentga qaytib keldim. Kelishim bilan ofisimga Aziz va Jamshid ismli bolalar kelib, hujjatlar tayyor ekanini qo‘l qo‘yib bersam yetarli bo‘lishini bildirishdi. “Agar qo‘l qo‘ymasang, Sobir Isomuhammedov va Saidazizlar senga yomon bo‘lishini takrorlashdi. O‘ldiramiz” deyishdi, — deydi tadbirkor. 
    Muammolarga sabab bo‘lgan pechenye zavodi.
    Foto: “Daryo”

    Murod To‘xtayevning aytishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida 2024-yilning 14-iyun kuni Saidaziz Saidaliyev va ikki nafar kishining unga nisbatan qilgan xatti-harakatlari uchun yana bir sud ishi boshlangan. Sud ishi doirasida Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” bandi, “v” bandi (tovlamachilik), Sobirjon Isomuhammedov 165-modda 3-qismi “a” bandi, “v” bandi (tovlamachilik), 168-modda 3-qismi “a” bandi, “b” bandi (firibgarlik), 168-modda 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) hamda Mirsolix Mirxo‘jayev 165-modda 3-qismi “a” bandi, “v” bandi (tovlamachilik) bilan ayblanmoqda.

    Saidaziz Saydaliyevning muhrlangan ofisi joylashgan bino.
    Foto: “Daryo”
    Bugungi kunlarda davom etayotgan sudda Saidaziz va yonidagi yigitlari sud qilinmoqda. Ular buyurtmani bajargani uchun javob beryapti. Lekin buyurtmachi ochiqda yuribdi-ku. Tag‘inam garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa-da, mas’ul tashkilotlar xabardor qilinmagan holda haj safariga jo‘nab ketibdi. Zoir degan bola guvoh bo‘lib o‘tibdi. Asad degan bola umuman ko‘rinmayapti. Ular ham o‘sha kuni voqeaning asosiy ishtirokchisi bo‘lgan-ku. Sobir Isomuhammedov haj safarida yurganini isbotlash uchun menga rasm tashlab yuboribdi. Qo‘lingdan nima keladi deb, — deydi tadbirkor. 
    Muammolarga sabab bo‘lgan pechenye zavodi.
    Foto: “Daryo”

    Tadbirkor Murod To‘xtayevning qo‘shimcha qilishicha, Sobir Isomuhammedov bilan 2005-yilda boshlagan sheriklik asosidagi tadbirkorlik faoliyati dastlab rivojlanmay, bankrotlik yoqasiga kelgan. Biznes yillar o‘tib, o‘zini oqlab, daromad keltira boshlagan. Bo‘sh turgan binosi va mavjud eski dastgohlarini bergan ulushdor Sobir Isomuhammedov daromad kela boshlagach, sherigi Murod To‘xtayevni uni aldayotganlikda, asosiy daromadni yeb ketishda ayblagan. Din peshvosining oldiga olib borib, biznes boshlanishiga katta hissasi borligini aytib, haqdorligi borasida so‘ragan. Shunda ham ko‘ngildagidek javob ololmagach, sherigiga MCHJ tashkil etib, teng ulushdor sifatida ishlashni taklif qilgan. Ko‘p o‘tmay, yana g‘irrom yo‘lni tanlab, pechenye zavodining oyoqqa turishiga sababchi bo‘lgan tadbirkorni “o‘yindan chiqarish”ga uringan. Alaloqibat 2019-yildan boshlab, sherigi Murod To‘xtayevni zavodga ham kiritmay qo‘ygan. Va shu kunga qadar u o‘z mulkiga egalik qilolmayapti. 

    20.06.2024, 22:56   Izoh (0)   29777
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    20.06.2024, 22:35

    Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimida parlament nazorati kuchaytiriladi

    20.06.2024, 22:25

    Buxoro va Qashqadaryoda “valyutchik”lar ushlandi

    20.06.2024, 22:05

    Senatning 53-yalpi majlisida bosh prokuror lavozimiga nomzod ko‘rib chiqiladi

    20.06.2024, 20:10

    O‘zbekiston Xitoydan kelayotgan sayyohlar sonini 1 mln nafarga yetkazmoqchi 

    20.06.2024, 19:55

    Shavkat Mirziyoyev “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini borib ko‘rdi

    20.06.2024, 19:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada 9 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan “Twitter qotili” qatl etildi

    Dunyo | 28 iyun, 13:30

    G‘azo hokimiyati: Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

    Dunyo | 28 iyun, 13:10

    Odamlar bilan doimiy muloqot qilishni talab etadigan ish sog‘liq uchun xavfli ekanligi aniqlandi

    Layfstayl | 28 iyun, 12:50

    Xagi-vagi ortidan. “Lalabubu o‘yinchoqlari bolalar psixikasiga zarar yetkazadi” — psixolog

    Farzand | 28 iyun, 12:25

    Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyatiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 12:04

    27 ta to‘y libosi, 90 ta shaxsiy samolyot va mehmonlar orasida jahon yulduzlari: milliarder Jeff Bezosning Venetsiyadagi to‘yi haqida eng muhim tafsilotlar

    Layfstayl | 28 iyun, 11:40

    Muzli vanna, meditatsiya va Ayurveda: mashhurlar tongni qanday boshlaydi?

    Shou-biznes | 28 iyun, 11:35

    Toshkent viloyatida hokimiyat yerini 200 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.