Anqara shahridagi Prezident saroyida 6-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shohsupaga ko‘tarildi.
O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda.
Tomonlar O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.
Izoh (0)