• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zominda II Xalqaro maqom sanʼati anjumani tantanali ravishda ochildi

    Jizzax viloyatining Zomin tumanida 27-iyun kuni II Xalqaro maqom sanʼati anjumani tantanali ravishda ochildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bu anjuman davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan va birinchi festival 2018-yil Shahrisabzda o‘tkazilgan edi. Keyinchalik pandemiya tufayli kechiktirilgan sanʼat qurultoyi bu yil yangicha ruh va shukuh bilan qaytdi.

    Tantanali ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, maqom sanʼatining tarixi va ahamiyatini eʼtirof etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Bizning qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlarimizning ramzi bo‘lgan maqom sanʼati teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy anʼanalari bilan maʼnaviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi. Maqom – umumbashariy tuyg‘ularni avj pardalarda tarannum etadigan nodir sanʼat turi sifatida ham biz uchun g‘oyat qadrlidir”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Maqom sanʼati musulmon Sharqidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida jadal rivojlanib, yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan. Abu Nasr Forobiy o‘zining “Katta musiqa kitobi”da kuylarning nazariy va amaliy mezonlarini ud sozi orqali mukammal tartibga keltirgan. Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz noyob musiqiy asarlar yaratib, maqom rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    XX asrda bu anʼanalarni Abdurauf Fitrat, Yunus Rajabiy kabi sanʼatshunos olimlar, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Turg‘un Alimatov, Fattohxon Mamadaliyev va boshqa hofizlar munosib davom ettirgan.

    Davlat rahbari maqom sanʼatini asrab-avaylashda atoqli davlat arbobi Sharof Rashidovning katta hissasi borligini taʼkidladi. O‘sha og‘ir davrlarda Toshkent davlat konservatoriyasida maqom sanʼatini ilmiy o‘rganishga va xalqaro miqyosda targ‘ib etishga asos solingan. Maqom ansambli tashkil etilgan. O‘lmas “Shashmaqom” durdonalari notaga olinib, 6 jilddan iborat mukammal kitob nashr qilingan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mumtoz musiqa sanʼatining gultoji bo‘lgan betakror maqomlarimiz YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

    Prezident eʼtibori bilan ushbu sanʼat ravnaqi yangi bosqichga chiqdi. Bugungi kunda maqom butun mamlakatimiz bo‘ylab, boshlang‘ich taʼlimdan tortib, akademik fan darajasigacha bo‘lgan bosqichlarda uzluksiz tarzda o‘rganilmoqda. Toshkent shahrida Maqom markazi qurilmoqda. Bu yo‘nalishda sermahsul ijod qilayotgan bastakor, xonanda va sozandalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari hayotini ana shunday sharafli va masʼuliyatli ishga bag‘ishlagan sanʼatkorlarga butun xalq nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.

    “Ezgulik va gumanizm bayrog‘i ostida birlashgan, sanʼatni butun borlig‘i bilan sevadigan barcha ijod ahli uchun ushbu festival, hech shubhasiz, katta bayramdir. Maqomlar jahon musiqa ixlosmandlari ruhining tuganmas kuch-quvvat va ilhom manbai bo‘lsin”, - dedi prezident.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Marosimda YUNESKO Bosh konferensiyasi 42-sessiyasi prezidenti Simona Mikulesku, AYSESKO Bosh direktori Salim Muhammad al-Malik ham so‘zga chiqib, ishtirokchilar va mehmonlarni qutladi.

    Shuningdek, anjumanda TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev, Turkiy madaniyat va meros fondi prezidenti Aktoti Raimkulova, Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi bosh kotibi Mehmet Sureyya Er, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi o‘rinbosari Nurlan Seytimov, Turkiya prezidentining bosh maslahatchisi Yalchin Topchu, Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi Malik Otarbayev, Tojikiston prezidentining ijtimoiy rivojlanish, madaniyat va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Abdullo Rahmonzoda, Qirg‘iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Oltinbek Maksutov, Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Gabil o‘g‘li Karimli qatnashdi. Umuman, festivalda Osiyo, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika qitʼalarining 80 dan ortiq mamlakatidan qariyb 400 nafar mehmonlar ishtirok etmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tantanali tadbir mumtoz kuy-qo‘shiqlardan tuzilgan konsert bilan davom etdi.

    Festival o‘tayotgan Zominsoy majmuasi bayramona bezatilgan. Keng maydon bo‘ylab xalqning boy madaniyati, zo‘r amaliy sanʼatini namoyon etuvchi ko‘rgazmalar tashkil etilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari xorijlik mehmonlar bilan birga ushbu hunarmandchilik ko‘rgazmalarini, folklor jamoalarning chiqishlarini ko‘zdan kechirdi.

    Anjuman 30-iyunga qadar davom etadi. Yakunda “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar eʼlon qilinadi. Shuningdek, maqom sanʼatining nazariy va amaliy asoslari mavzusida xalqaro konferensiya, davra suhbatlari bo‘lib o‘tadi.

    27.06.2024, 22:41   Izoh (0)   5645
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev BYD kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    27.06.2024, 15:44

    Prezident Zominda barpo etilayotgan sanoat texnoparkida Xitoy investitsiyalari ishtirokidagi ilk loyihalarga start berdi (foto)

    27.06.2024, 17:22

    “Maqom sanʼati uchun asosiy mavzu, eng avvalo, shaxs, uning erki va qadri, tinchlik-totuvlik, hamjihatlik va umumbashariy taraqqiyot hisoblanadi” — Shavkat Mirziyo...

    27.06.2024, 21:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    27.06.2024, 22:10

    O‘zbekistonda yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 725 mlrd so‘mlik aliment mablag‘lari undirildi 

    27.06.2024, 21:45

    Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi davlatga 234 mln so‘m zarar yetkazdi 

    27.06.2024, 20:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.