• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oyga borib 2 hafta yashash 50 mln dollar. Ko‘ngillilar kerak. “O‘zbekkosmos” agentligi sun’iy yo‘ldoshlar haqida ma’lumot berdi

    Shu yilning iyun oyi boshlarida Ilon Maskning Starship kosmik kemasi sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Necha yuz yillardan beri odamzotni qiziqtirib kelayotgan qizil sayyora – Mars sari yana bir qadam tashlandi. Bunday olamshumul yangiliklarni kuzatib, qachon o‘zbeklar ham koinot kengliklarini zabt etar ekan, degan fikr tug‘iladi. Shu kabi savollarga “O‘zbekkosmos” agentligi departament boshlig‘i Muhiddin Ibrohimov javob berdi.

    Hozirgi kunga kelib kosmik soha 500 mlrd dollarga teng bo‘lgan bozor. U dunyoda jadal rivojlanayotgan iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. 2030-yilga borib 1 trillion dollarga, 2035-yilga borib esa 4 trillion dollarga yetadi.

    Avvallari bu sohaga mablag‘ davlat tomonidan ajratilgan bo‘lsa, bugungi kunda u tijorat, iqtisodiy rivojlanish, raqamlashtirishdir. Kosmos – eng ilg‘or texnologiyani tadbiq etadigan soha.

    Kosmik bozor uchga bo‘linadi. Apstrim – sun’iy yo‘ldoshlar va raketalar, midstrim – kosmos bilan Yer orasidagi aloqa tizimlari, antennalar va daunstrim – ma’lumotlarni qayta ishlash va yangi mahsulotlarni tadbiq etish. O‘zbekistonda asosan daunstrimga urg‘u beriladi va zamonaviy texnologiyalar olib kelinib, dasturlar yaratiladi.

    Eng katta yutuqlarimizdan biri – davlat kosmik monitoringi hisoblanadi. Sodda qilib aytganda, kosmosda fotoapparatlar bor, Yer rasmga olinadi. Biz shu rasmlarni tahlil qilib, turli sohalarga ma’lumotlar beramiz – yer munosabatlari, geologiya, ekologiya, o‘rmon xo‘jaligi, shaharsozlik, suv xo‘jaligi – bu ma’lumotlar ularning inspeksion-tekshiruv va monitoring ishlarida katta foyda beradi.
    Foto:“Daryo”

    Departament boshlig‘i O‘zbekistonning sun’iy yo‘ldoshi bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berdi

    O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh yo‘qligi, sun’iy yo‘ldosh uchirish sodda loyiha emasligi va qimmat turishi haqida mutaxassis ma’lumot berdi.

    Davlat byudjeti nimaga mablag‘ sarflagani to‘g‘risida aniq talablar bo‘lishi kerak.

    Sun’iy yo‘ldoshlarning bir necha turi bor – yerni masofadan zondlash, sun’iy aloqa yo‘ldoshi, ilmiy texnik yo‘ldosh. Hozir katta urg‘u – yerni masofadan zondlashga qaratilgan, 2020-yilda yo‘ldosh rasmlaridan foydalanish to‘g‘risida umuman tushuncha yo‘q edi.

    Muhiddin Ibrohimov hozirgi vaqtga kelib kosmik sohaga nisbatan tushuncha, qiziqish borligini, talab esa ortib borayotgani haqida fikr bildirdi.

    Mudofaa, xavfsizlik masalalari ham qo‘shilsa, milliy loyihaga talab kelib chiqadi. Buning moliyaviy, texnologik aspektlari mavjud bo‘lib, hammasini qo‘shganda, yaqin kelajakda siljish bo‘ladi, – deb ta’kidladi mutaxassis.

     

    Foto: “Daryo”
    Eng qizig‘i, bitta yo‘ldosh uchirilgani bilan ish bitmaydi. Oddiy misol – har kuni butun dunyoni suratga oladigan Planet kompaniyasining 180 ga yaqin, Maxar va shu kabi kompaniyalarning esa o‘nlab yo‘ldoshlari bor. O‘zbekiston bitta sun’iy yo‘ldosh olib chiqqani bilan hech qancha ish hal bo‘lmaydi. Bitta yo‘ldosh yana shu nuqtaga kelib, rasmga olishi uchun 3-4 kun vaqt kerak. Shuning uchun kamida 2-3 ta sun’iy yo‘ldosh uchirilishi kerak.

    “Kelajakda inson qit’alararo raketada uchadigan bo‘ladi”

    Departament boshlig‘i SpaceX va boshqa bir necha kompaniyalar bilan aloqalar borligi, tijorat kompaniyalari Oyda baza yaratish bo‘yicha zamin hozirlayotgani haqida so‘zlab o‘tdi.

    Ma’lumot uchun, 5 ming tonnali Starship’ni yerdan 36 kilometrga ko‘tarilgani texnologik jihatdan o‘ta yuqori cho‘qqi hisoblanadi.

    Marsga borish ham real holat, o‘ylaganimizdan yaqinroq yetib boramiz. Bu ish oxirgi 10 yilda jadal rivojlandi. Ilgari klassik kosmos degan tushuncha bo‘lardi, 1960–70-yillarda paradigma qo‘yilgan. 2015-yildan keyin tijorat kompaniyalari ko‘payib ketdi va ular kosmosni o‘zgartirib tashladi. Ilgari raketalar bir marta uchirilardi, qaytib kelmasdi, hozir esa qaytib keldi, – dedi “O‘zbekkosmos” agentligi departament boshlig‘i.

    Kosmosga bir kg foydali yukni olib chiqish 60 ming dollarga baholangan, hozirda 10 ming dollarni tashkil qilmoqda. SpaceX esa ikki ming dollarga olib chiqmoqda.

    Starship parvozi yo‘lga qo‘yilsa bir kg yukni 100 dollarga olib chiqishni reja qilgan. Inson vazni 100 kg bo‘lsa, orbitaga 10 ming dollarga chiqadi. Kosmos endi fantastika emas. Qancha ko‘p investitsiya kiritilsa, inson qit’alararo raketada uchadigan bo‘ladi, – deydi Muhiddin Ibrohimov.
    Foto:“Daryo”

    Mutaxassis O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash, chet el ta’lim dasturining afzalliklari haqida ham fikr bildirdi.

    Kosmik soha bizda endi rivojlanayotgani, shu yo‘nalishda bakalavriati bo‘lgan bir nechta institutlar talabalarini ilg‘or chet el universitetlari bilan aloqa o‘rnatilayotgani hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilishi borasida fikr bildirdi.

    Lekin ikkinchi masala – yoshlarning texnologiyaga qiziqishini oliygohda shakllantirish kech, ular o‘qishga kirganda bunga tayyor bo‘lishi kerak. Shuning uchun bolalarni maktabdan boshlab qiziqtirish kerak.

    Chet elda ko‘rdikki, maktabdan kosmos yo‘nalish ochilgan. O‘quvchilarni aniq fanlarga qiziqishini oshirish kerak.

    Gollandiyalik hamkasbimiz maktablar uchun ta’lim dasturi yaratgan. 9-14 yoshli bolalarni kosmosga qiziqtiruvchi bu dasturda maktabga raketa olib keladi. O‘quvchilar ko‘zoynak taqib, kosmosga virtual uchadi. Bu bolalar uchun ajoyib hissiyot bo‘ladi. Ularga “orbitaga chiqib, qaytgandan so‘ng” Yer elchisi sertifikati beriladi.

    Bu bilan bolalarda fikrlash o‘zgartiriladi, isrof tushunchasi yoshlikdan o‘rgatiladi. Kosmosda isrofga praktik qaraladi suv, havo, ovqat juda chegaralangan. Shunda ham odam yashab keladi. Shu limitlar bilan yashash imkoni bo‘lsa, biz nega Yerda bunchalik isrofgarchilik qilamiz, degan savolga kosmos o‘z “javobi”ni shu tarzda beradi.

    SpaceX bilan muloqot davomida qiziq taklif berildi, hozir Oyga borish imkoni bor – 50 mln dollar. Yerdan uchib, Oyni aylanib, yana Yerga qaytish. Bu tijoriy masala, ko‘ngillilar kerak. Agar O‘zbekiston bunga qiziqsa va bitta o‘rinni moliyalashtirsa, biror kosmonavt uchib, qaytib kelishi mumkin. Bu insonni o‘ylantiradi, qiziq tajriba. Tarixda Gagarin o‘z ismini muhrladi, Armstrong ham. Marsga ham kim birinchi borsa, ismi tarixda qoladi.
    23.06.2024, 08:39   Izoh (0)   47580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    NASA kosmos hidiga ega atirni ishlab chiqaradi

    05.07.2020, 12:31

    SpaceX Starship kosmik kemasini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi

    15.03.2024, 11:11

    SpaceX AQSH razvedkasi uchun ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini yaratadi 

    17.03.2024, 13:40

    Ilon Mask bir millionga yaqin odamni Marsga jo‘natmoqchi 

    07.04.2024, 21:05

    SpaceX astronavtlar skafandrini namoyish qildi (video)

    06.05.2024, 14:38

    Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldoshlari ozon qatlamini yemirishi mumkin

    21.06.2024, 11:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.