• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Kitob

    “Kino kitobga qaraganda qiziqarli”. Rejissyorning talqini muallif asaridan ko‘ra yaxshiroq chiqqan 6 ta film

    “Kitob kinodan yaxshiroq” — odatda asar asosida suratga olingan filmni tomosha qilishdan zavqlanadiganlarga shunday javob beramiz. Ko‘pincha bu haqiqat bo‘lib chiqadi. Axir vaqt qahramonning ko‘plab fikrlarini kino tiliga tarjima qilishga imkon bermaydi, umuman olganda, g‘oyalar mavhum va barcha nomoddiy narsalarni matn formatidan boshqa tarzda yetkazish qiyin. Ammo ba’zida rejissyorning talqini yozuvchining asaridan ko‘ra ko‘proq maftunkor bo‘lib chiqadi.

    “Taxtlar o‘yini”, Devid Benioff va D.B.Uays (2011–2019)

    Ishonch bilan aytish mumkinki, “Taxtlar o‘yini” seriali davrimizning “Yulduzlar jangi” kabi kino olamidagi hodisaga aylandi. “Taxtlar o‘yini” muvaffaqiyatidan oldin fantastik filmlar suratga olishning bunday naturalistik sifati bilan maqtana olmasdi. Ko‘plab tanqidchilarning fikricha, serial asardan yaxshi chiqqan — Jorj R.R.Martinning kitobi ko‘p joylarda keraksiz tafsilotlarga to‘la. Film mualliflari faqat birinchi mavsumni aynan kitobga muvofiq suratga olishadi, ammo saganing qolgan qismlarini qisqartirishga qaror qilishadi. Misol uchun, ular Keytelin xonimni tiriltirmaydi yoki Greyjoylarga va Brienn Tart to‘dalari bilan bo‘lgan har bir jangga jiddiy e’tibor bermagan. Ba’zi nuqtalarda Martinning kitobi shunchaki zerikarli ko‘rinadi va serialdagidek dinamik emas.

    “Qattiqqo‘l xonim”, rejissyor Devid Frankel (2006)

    Ushbu film haqiqiy sensatsiyaga aylanib, moda olamida shov-shuvga sabab bo‘ladi. Axir filmdagi nomlar o‘zgartirilganiga qaramay, gap kim haqida ketayotganini hamma bilardi. Vogue bosh muharriri Anna Vinturning sobiq yordamchisi Loren Vaysberger tomonidan yozilgan kitob dastlab ko‘plab savollar tug‘diradi. Muallif afsonaviy tahririyatning ichki muhitini yetkazgan holda rahbarini haddan tashqari sovuq va shafqatsizligi uchun tanqid qiladi.

    Biroq film nafaqat moda olami haqidagi illyuziyalarni buzadi, balki bosh qahramonning haqiqiy yetukligini ham ko‘rsatadi. Filmda Endi rolini o‘ynagan Enn Xeteuey rahbarining talablarini bajarishga urinayotgan ishbilarmon qizdan odamga aylanadi va o‘zini topadi — moda olami uning orzusi emasligini tushunadi. Shu bilan birga, rejissyor Mirandani insoniy tomondan ko‘rsatib, yirtqich hayvonga aylantirib yubormaydi. Oxir-oqibat, u tufayli Endi lug‘atida “qila olmayman” degan so‘z yo‘q bo‘lgan professional sifatida o‘sadi.

    “Shoushenkdan qochish”, rejissyor. Frank Darabont (1994)

    Aslida Stiven Kingning “Rita Xeyvort va Shoushenkdan qochish” hikoyasi juda qisqa. Ammo Tim Robbins va Morgan Frimanning roli tufayli film hikoyani yanada ta’sirchan va hissiy jihatdan boy qilgan. Bosh qahramon tushgan vaziyatning adolatsizligi yanada keskinroq sezilib, uning matonati, qat’iyatliligi ekran orqali tomoshabinga ta’sirchan yetkazilgan. Shu bilan birga, Frenk Darabont filmi aynan kitob syujetiga mos keladi, unga faqat psixologik hissiyot beradi.

    “Forrest Gamp”, rejissyor Robert Zemekis (1994)

    “Forrest Gamp”ning asl matni ko‘plab nomuvofiqliklar va absurd vaziyatlar bilan o‘quvchini hayratda qoldiradi. Masalan, syujetga ko‘ra, bosh qahramon hatto kosmosga uchishga muvaffaq bo‘ladi. Aynan Tom Xenksning ijrosida qahramon tomoshabinlar juda yaxshi ko‘rgan sodda va oqko‘ngil yigit sifatida namoyon bo‘ladi. Filmda qahramon o‘zi duch kelgan vaziyatlarga qaramay, samimiyligi va hayotga muhabbatini yo‘qotmaydi: “Hayot shokolad qutisiga o‘xshaydi, sizga qanday shokolad tushishini hech qachon bilmaysiz”. Film oltita “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan, shu jumladan, “Eng yaxshi film” nominatsiyasida ham.

    “Kelajakdan kelgan mehmon”, rejissyor Pavel Arsenov (1985)

    Bugungi kunda bu film yangi avlod uchun deyarli notanish, ammo ularning ota-onalari mazkur serialni yaxshi bilishadi. SSSR davrida tez-tez ilmiy-fantastik filmlar suratga olinardi va eng yorqin, muvaffaqiyatli filmlardan biri Kir Bulichevning hikoyasi asosidagi “Kelajakdan kelgan mehmon” edi. O‘sha vaqtda Alisa Seleznyova 80-yillarning mashhur yulduzi bo‘lgan. Uni nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlar ham yaxshi ko‘rishardi. Garchi bugungi kunda film juda oddiy ko‘rinsa-da, kelajakning qiziqarli kashfiyotlarini (masalan, metro stansiyalari o‘rniga teleport eshiklari, sharsimon taksi) ta’kidlamaslik mumkin emas. “Kelajakdan kelgan mehmon” 80-yillar uchun juda zamonaviy film bo‘lgan, ammo Kir Bulichevning hammasi juda oddiy tasvirlangan kitobini o‘qiganlarning hafsalasi pir bo‘lishi mumkin edi.

    “Amerikalik psixopat”, rejissyor Meri Xarron (2000)

    Kristian Beylning aktyorlik mahorati tufayli da’vogarlar orasida “Oskar” sovrindori Leonardo Di Kaprio ham bo‘lganiga qaramay, bu rolda boshqa kimnidir tasavvur qilish qiyin. Beyl sovuqqonlik bilan ketma-ket qotilliklarni sodir etgan va shu bilan birga o‘zini muvaffaqiyatli bankir sifatida ko‘rsatadigan yaramas odam obrazini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Qahramon o‘sha boy odamlar bilan birgalikda tashrif qog‘ozlari bilan maqtanadigan sahnaning o‘zida bir olam ma’no bor. Ko‘pgina epizodlar hatto yod bo‘lib ketgan. Misol uchun, Beylning qahramoni ehtiyotkorlik bilan go‘zallik muolajalarini amalga oshirgan kadrni esga olish kifoya. Afsuski, kitob kult filmdan bir qator jihatlardan pastroq, unda shaxsiyat buzilishidan aziyat chekkan yovuz odam asta-sekin aqldan ozadi.

    27.06.2024, 21:08   Izoh (0)   26563
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rejissyorlar o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar payqagan mashhur filmlardagi qo‘pol xatolar (foto)

    24.06.2024, 18:45

    Yoshi ekrandagi obrazinikidan katta bo‘lgan film qahramonlari

    25.06.2024, 09:30

    Hechdan ko‘ra kech yaxshi: 35 yoshdan keyin ona bo‘lgan Britaniya qirolligi xonimlari

    24.06.2024, 12:40

    “Muzeydagi tun” va “Tansoqchi” filmlari yulduzi Bill Kobbs 90 yoshida vafot etdi

    27.06.2024, 18:35

    Amsterdamlik erkak 2 ming yevrosi bor hamyonni topib olib, uni politsiyaga topshirgach, internet foydalanuvchilari unga 34 ming yevro yig‘ib berdi 

    27.06.2024, 17:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rossiya va Ukraina kelishuvi hech kimni xursand qilmaydi” — AQSH vitse-prezidenti

    Dunyo | 11 avgust, 09:57

    Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib berishni tiklashi mumkin

    Dunyo | 11 avgust, 09:48

    Model, xonanda, aktrisa: karyerasini shou-biznesdan boshlagan birinchi xonimlar (foto)

    Shou-biznes | 11 avgust, 09:38

    Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 09:25

    “Manchester Siti” futbolchisi “Everton”ga ijaraga beriladi

    Sport | 11 avgust, 09:18

    Tramp uysizlardan Vashingtonni tark etishni talab qildi

    Dunyo | 11 avgust, 09:13

    Isroil Al-Jazeera telekanalining besh nafar jurnalistini o‘ldirdi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 08:37

    Jomboy tumanidagi zapravka yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.