• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Shunchalik xunukmanmi, nega rolga olishmaydi?” — aktyorlik mahorati past baholangan, birorta rolga tasdiqlanmagan va to‘rt yil ichida mashhur vaynerga aylangan Bobur Mansurov 32 yoshda (foto, video)

    Ko‘pchilik Bobur Mansurovni shunchaki vayner deb biladi. Ammo u professional aktyor. Shunchaki kinodagi urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lgan va vayner bo‘lgunigacha arzirli birorta rolni ijro etmagan. Xo‘sh, bugungi kunda yurtimizdagi eng mashhur vaynerlardan biri bo‘lgan va manaman degan aktyordan kam daromad topmaydigan Bobur Mansurov qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi? Keling, shular haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

    “Onam 50 yoshida talaba bo‘ldi”

    Bobur Mansurov bolaligidan sanʼatga qiziqqan. Ammo oiladagi sharoit sabab sanʼat to‘garaklariga qatnashishga imkoni bo‘lmagan. U yashaydigan qishloq Tojikiston bilan chegaradosh hududda bo‘lgan. Bu yerlik aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Bo‘lajak aktyor ham boshqa bolalar singari bolalikdan ro‘zg‘orga ko‘maklashgan.

    Foto: “Daryo”

    — Sirdaryo viloyatida oddiy ishchilar oilasida dunyoga kelganman. Onam asli o‘shlik, dadam esa sirdaryolik bo‘lgan. Oilamizda qiz yo‘q, besh o‘g‘ilmiz. Shu boisdan ham bolaligimizdan mehnat qilishga o‘rganganmiz. Dadam kabobpaz bo‘lsa-da, barchamizni oliy maʼlumotli qilgan. Onam ham o‘qishni orzu qilardi. Hammamiz oliy maʼlumotli bo‘lganimizdan keyin o‘zi ham institutga hujjat topshirib, 50 yoshida talaba bo‘ldi, — deydi Bobur Mansurov.

    “Ota kasbim kabobpazlik”

    Bobur Mansurovning dadasi choyxonada kabobpaz bo‘lib ishlagan. Bo‘lajak aktyor darsdan keyin dadasining ish joyiga borib, unga ko‘maklashgan.

    — Kabob pishirish, uning tuz-namagini to‘g‘rilash qo‘limdan keladi. Chunki ancha vaqt dadam bilan birga choyxonada ishlaganman, — deydi Bobur Mansurov.

    “Xonanda bo‘lish orzum amalga oshmagan”

    Aktyor bolalikdan qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilgan. Ammo Sirdaryodagi sanʼat kollejida xonandalik bo‘limi bo‘lmagani uchun drama aktyorligi bo‘limida o‘qishga majbur bo‘lgan. O‘qish davomida aktyorlikka mehri ortib, katta orzu-umidlar bilan O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga hujjat topshirgan.

    Foto: Instagram

    — Ijodiy imtihondan keyin barcha orzu-umidlarim chilparchin bo‘lgan. Chunki men o‘z mahoratimga ishonardim. Ammo ikki yilgi imtihonda ham eng past ballni o‘zim olganman. Birinchi yil ijodiy imtihondan 13, keyingi yil esa 8 ball olganman. Bu umuman isteʼdodsiz aktyorsan, degandek gap edi, — deydi Bobur Mansurov.

    “Sanʼatdan ko‘nglim qolgandi”

    Ketma-ket imtihonlardan yiqilgan Bobur Mansurov o‘zini tadbirkorlik sohasida sinab ko‘rmoqchi bo‘ladi. Qishloq markazida Paynet shoxobchasini ochadi. Ammo ko‘p o‘tmay shoxobcha bankrotga uchraydi. Yaqinlari unga harbiy xizmatga borishni tavsiya qilishadi.

    Foto: Instagram

    — Sanʼatdan butunlay ko‘nglim qolgan. Qo‘limdan hech narsa kelmaydi, isteʼdodsizman, deb tushkunlikka tushgandim. Ustiga ustak, birinchi yil harbiy xizmatga qabul qilishmadi: qon bosimim borligi xalal berdi. Kelasi yil esa bir yillik xizmatga qabul qilinib, Farg‘onaga yo‘l oldim, — deydi Bobur Mansurov.

    “Ijodiy imtihondan past ball olganman”

    Sanʼatga oshufta ko‘ngil har qanday sharoitda ham ijod qilishga imkon topadi. Bobur Mansurovning sanʼatga qiziqishini bilgan komandirlar uni harbiy qismlar o‘tkazadigan tanlovlarda ishtirok etishini so‘rashadi. Muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng, jamoa bilan birga harbiylar o‘rtasidagi QVZda ishtirok etishni taklif qilishadi. Komandirlar “Agar g‘olib bo‘lsang, imtiyoz olishing mumkin”, deyishadi. Institutga kirish ishtiyoqi so‘nmagan Bobur Mansurov jamoasi bilan astoydil mehnat qilib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi.

    Foto: Instagram

    — Harbiy xizmatni imtiyoz bilan yakunlaganman. Akam Jahon tillari universitetiga hujjat topshirishimni so‘ragan. Chunki oila aʼzolarim ham sanʼatkor bo‘lishimdan umidlarini uzgan edi. Akamdan yashirincha sanʼat institutiga hujjat topshirganman. Ammo ijodiy imtihondan past ball olganman. Imtiyoz sabab shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinganman, — deydi Bobur Mansurov.

    “Shunchalik xunukmanmi, nega rolga olishmaydi?”

    Aktyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Munavvara Abdullayeva qo‘lida tahsil oladi. U isteʼdodli ekanligini isbotlash uchun darslarda faol bo‘lishga va kastinglarda ishtirok etishga harakat qiladi. Ajablanarlisi shundaki, Bobur Mansurov 8 yil davomida birorta kastingdan o‘tmaydi.

    — Hamma kursdoshlarim kastinglardan o‘tishardi. Ammo men biror marta epizod bo‘lsa-da, rolga qabul qilinmaganman. Ko‘rinishim yoqmaydimi, shunchalik xunukmanmi, deb o‘z-o‘zimga savol berardim. Hatto bir serialning kastingidan barcha kursdoshlarim o‘tgan, men esa o‘tolmaganman. Bir tomondan kursdoshlarimning yutug‘idan quvondim, boshqa tomondan esa ichimda g‘alati g‘alayon bo‘lgan, — deydi Bobur Mansurov.

    “Haq olmay, telekanalda ishlaganman”

    Birorta rolga tasdiqlanmagan ijodkor xususiy telekanallarning biriga ikkinchi rejissor sifatida ishga kiradi. Ammo u to‘rt oy ishlab, umuman haq olmaydi. Lekin tajriba orttirib, keyinchalik o‘zi serialga mustaqil rejissyorlik qiladi.

    Foto: Instagram

    — Bir muddat haq olmay, telekanalda ishlaganman. Keyin “Orzular palatasi” nomli serialga rejissyorlik qilganman. Davlat byudjeti asosida suratga olingan serial — ilk mustaqil ishim bo‘lgan. Shuning uchun ham kamchiliklari yetarlicha, — deydi Bobur Mansurov.

    “Rossiyaga ishlagani ketmoqchi bo‘lgandim”

    Bobur Mansurov moliyaviy qiyinchiliklarga ko‘p uchragan ijodkor hisoblanadi. Shuning uchun ham vayner bo‘lishdan avval o‘zini butunlay boshqa sohalarda ham sinab ko‘rgan.

    Foto: Instagram

    — Puldan yetishmovchilik hamisha bo‘lgan. Musofirchilikda tahsil olgan talabalar buni juda yaxshi bilishadi. Uydagilardan pul so‘rashga uyalib, ofitsiantlik qilganman. Ammo qiyinchilikning eng zo‘ri institutni bitirgandan keyin bo‘lgan. Sanʼatkorlarning oyligi juda kam, “syomka”larga umuman chaqirishmaydi. Ammo yashashingiz uchun hamisha pul kerak. Sanʼatda kelajagimni ko‘rmaganimdan keyin Rossiyaga ishlagani ketmoqchi bo‘lganman. Falon kunga samolyot bor ekan, deb hujjatlarni taxt qilib turganimda kursdoshlarim vaynerlik qilish taklifini berishgan, — deydi Bobur Mansurov.

    “Videolarim o‘zimga yoqmagan”

    Bir qarashda vaynerlik oson ko‘rinsa-da, professional aktyorlarning ko‘pi bu ishni o‘ziga ep ko‘rishmaydi. Bobur Mansurov ham to‘rt yil vayner bo‘lish uchun institutda o‘qidingmi, degan gaplardan qo‘rqib, olti oygacha videolarni ommaga chiqarmagan.

    Foto: Instagram

    — Ikkilanganmiz, videolar shaxsan menga umuman yoqmagan. Shu bois bir necha oy ularni ommaga chiqarmaganmiz. Ibrat ismli kursdoshim sabab bo‘lib ilk videolarimiz Instagramʼga joylangan, —deydi Bobur Mansurov.

    “Chiqindixona ham mashhur bo‘lib ketdi”

    Bobur Mansurov oddiy odamlar haqida hazil videolar suratga olishi bilan boshqa vaynerlardan farq qiladi. Chiqindixonadagi motivator, qurumsoq oshiq haqidagi videolar shular jumlasidan.

    Foto: Instagram

    — Voqealarning ko‘pi men yoki do‘stlarimning hayotida sodir bo‘lgan. Hatto chiqindixonadagi motivator voqeasiga duch kelganimdan keyin shu haqda video olishga qaror qilganmiz. Mahallamizdagi chiqindixona juda mashhur bo‘lib ketdi, shunday kunlar ham keldiki, u yerda video olishimizga ruxsat berishmadi, — deydi Bobur Mansurov.

    Sanʼatkor qizga uylandi

    2023-yil Bobur Mansurov oila qurdi. U o‘zidan sakkiz yosh kichik Fariza Oripova ismli qiz bilan oila qurdi.

    Foto: Instagram

    — Ayolim bilan musiqa festivalida uchrashib qolganmiz. U oddiy tomoshabin bo‘lib kelgan. Ko‘ngil ko‘ngilga to‘g‘ri kelib oila qurdik, — deydi Bobur Mansurov.

    Fariza Oripova ham sanʼatga begona emas, u O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil oladi, shirali ovozi bor. U Instagram tarmog‘ida kuzatuvchilarning nega vayner bilan oila qurgani haqidagi savollariga quyidagicha javob bergandi.

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘imdek oqko‘ngil, samimiy, sodda inson sanʼat sohasida kam uchraydi. Umuman kibrga berilmagan, har qanday holatda bir xil. Hurmat qiladigan va o‘rganishim kerak bo‘lgan xislatlari juda ko‘p. Allohning sinovlariga shukr qilgan, iymonli insonlar. Gapirsam gap ko‘p. Shuning uchun ko‘ngil qo‘yganman.

    Foto: Instagram

    Yoshimiz orasidagi farq — 8 yil. Avvalo taqdir. Bir-birimizga ko‘ngil qo‘ydik. Dunyoqarashlarimiz to‘g‘ri keldi. Keyin ota-onamizning duosi va roziliklari bilan turmush qurdik. Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarda bir-biriga mos emas, unga boshqa qiz mos edi, deb yozganiga ko‘zim tushdi. Lekin shuni bilingki, kim kimning halol jufti bo‘lishi kerak ekanini, bir-biriga to‘g‘ri kelish-kelmasligini faqat Yaratgan egam va keyin o‘zimiz bilamiz, — deb yozgandi Fariza Oripova.

    Bobur Mansurovning reklama narxi qancha?

    Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirishi aniq. Tan olish kerak, Bobur Mansurov hozirda talabgor vaynerlardan biriga aylanib ulgurgan. Instagram’da aktyorning reklama narxlari: stories —1500, post —5000 AQSH dollari etib baholangan.

    Foto: “Daryo”

    Keti uzilmayotgan reklamalar sabab aktyor poytaxt markazidan uy sotib oldi, mashinasining markasi ham havas qilgudek.

    03.04.2024, 14:45   Izoh (0)   54398
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “To‘yim kuni yo‘qolib qolganmiz” — tasodifan aktyor bo‘lgan, ustozining filmidan tanilgan va vaynerlikda omadi kelgan Asqar Hikmatov 36 yoshda (foto, video)

    21.12.2023, 11:40

    “Bukri bo‘lib qolishim mumkin edi” — mushtumzo‘r, ko‘rsatuv sabab taqiqqa uchragan va IELTSʼdan 7,5 olib vaynerlik qilayotgan Xonzoda Do‘stova 29 yoshda (foto)

    28.03.2024, 10:19

    “Mish-mishlar ichida yashayman” — 18 yoshida ona bo‘lgan, qo‘shiqchilikda omadi kelmagan va raqqosaligi sabab aktrisaga aylangan Zarina Nizomiddinova 35 yoshda (fo...

    02.04.2024, 11:50

    “Hamma narsa qildim, lekin ayollarimni rozi qila olmadim”. Jahongir Otajonov 6 marta uylanib ajrashgani hamda 8 nafar farzandi bilan munosabatlari haqida (video)

    03.04.2024, 11:23

    “Instagram uchun bitta rolikni 11 ming AQSH dollariga olganmiz” — Mo‘min Ibrohimov qimmat vaynlar olishi va seriallardan ko‘ngli qolgani haqida (video)

    03.04.2024, 10:24

    Instagram: Shahzoda Muhammedovaning Dubaydagi uyiga sayohat, to‘rtinchi bor ona bo‘layotgan Nigora, 16 yildan so‘ng qaynonasi bilan uchrashgan “Super kelinchak”

    03.04.2024, 09:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.