• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Mish-mishlar ichida yashayman” — 18 yoshida ona bo‘lgan, qo‘shiqchilikda omadi kelmagan va raqqosaligi sabab aktrisaga aylangan Zarina Nizomiddinova 35 yoshda (foto)

    Maftunkor aktrisa Zarina Nizomiddinova bu yil 35 yoshni qarshiladi. Tashqi ko‘rinishidan bunga shubha qilishingiz aniq. Sport bilan muntazam shug‘ullanadigan va to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilgan aktrisaning ko‘rinishi doimgidek aʼlo darajada.

    Xo‘sh, kinodan biroz yiroqlashgan aktrisa, ayni damda nimalar bilan band, uning sanʼat olamiga kirib kelish jarayoni qanday kechgan. Keling, bular haqida batafsil to‘xtalamiz.

    “Styuardessa bo‘lishni istagandim”

    Zarina sanʼatkorlar oilasida tug‘ilganligi uchun bolaligidan sanʼat to‘garaklariga qatnagan. U 5 yoshidan xor mashg‘ulotlariga qatnab, sakkiz yoshida Uspenskiy nomidagi musiqa maktabining fortepiano bo‘limiga qabul qilinadi. Yaqinlari uning musiqiy uquvidan qoniqmay, raqs bilan shug‘ullanishini istaydi. Zarina Nizomiddinova 7-sinfdan o‘qishni Xoreografiya oliy maktabining milliy raqs bo‘limida davom ettiradi.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Bolaligimda ko‘p narsalarga qiziqqanman. Yoshim ulg‘ayib borgani sari FHDY bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlashni xohlaganman. O‘ylab ko‘ring, ikki yosh baxt pillapoyalari sari ilk qadamni tashlash arafasida, siz esa ularning muhabbati va visol kuniga sheriksiz. Ularga eng muhim hujjatni tantanali ravishda taqdim etib, chiroyli tilaklarni aytasiz. Bu men uchun juda ham qiziqarli va zavqli ish bo‘lib ko‘ringan. Shuning uchun to‘ylarda o‘sha xodimlarga o‘xshab niyat bildirib, kelin-kuyov oldida gapirishni orzu qilganman. Keyinchalik, hatto styuardessa bo‘lishni ham istaganman. Ularning bejirim libosiga ishqim tushgan. Ammo samolyotda uchishdan qo‘rqqanim uchun bu fikrdan qaytganman, — deydi aktrisa intervyularining birida.

    Uning ismi Zarina emas

    Zarina Nizomiddinova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinovning kenja farzandi hisoblanadi. Aslida uning oilasi uchun sanʼatkor bo‘lish yangilik emas. Shu bois, Zarina ham hali tili chiqmay turib, klipda suratga tushgan. Eng qizig‘i, qo‘shiqni uning opasi va akasi ijro etgan.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    Uning opasi Mohinur va akasi Shohruh tomonidan kuylangan “Karate-karate” qo‘shig‘i 1990-yillarda xit bo‘lgan. Ha aytgancha, aktrisaning pasportdagi ismi hayotdagisidan farq qiladi. Aslida uning ismi Zarrin.

    Tasodifan uni rolga tasdiqlashgan

    Odatda kinorejissyorlar rollarga chiroyli qizlarni xoreografiya raqs maktabidan izlaydi. Zarinaning kino olamiga kirib kelishiga ham shunday tashriflar sabab bo‘lgan. U ilk rolini Tamara Kamalovaning “Yo‘l bo‘lsin” filmida ijro etadi. 2006-yili esa Bahrom Yoqubovning “Romeo va Julyetta” filmida suratga tushadi. Mana shu film Zarinani aktrisa sifatida elga tanitgan.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Birinchi rolimni shu klipda ijro etgan ekanman. Dadam hayotliklarida klipda ham, kinoda ham birga suratga tushish nasib etmadi. Ammo, eʼtibor berib qarasam, ijodimni aynan dadajonim bilan mana shu klipdan boshlagan ekanman. O‘shanda otajonimning qo‘llab-quvvatlaganliklari shu kungacha yordam berib kelyapti, — deb otasi haqida post qoldirgandi aktrisa.

    “Umrimdagi eng katta judolik”

    Afsonaviy “Yalla” ansambli asoschilaridan biri Shahboz Nizomiddinov 2015-yil 23-aprel kuni 69 yoshida vafot etgandi. Aktrisa intervyularining birida otasini yo‘qotgani hayotidagi eng og‘ir ayriliq bo‘lgani haqida so‘zlab bergandi.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — O‘shanda juda ham qiynalganman. Umrimdagi eng katta judolik bo‘lgan. Har bir farzand uchun otasidan ayrilish juda og‘ir. Yaratganga shukr, onajonim hayotlar. Qolgan ayriliqlarga esa u qadar kuyinganim yo‘q. Hammasi taqdirdan, deya bunga oddiy qaraganman. Ayol kishi ko‘p narsalarga ko‘nikib borar ekan. Har qanday ayriliqqa ham. Faqat otadan ayrilish og‘ir judolik ekan, — deydi aktrisa.

    “Turmush o‘rtog‘im bilan yashashga ko‘zim yetmagan”

    Aktrisa Zarina Nizomiddinova juda erta oila qurganini taʼkidlaydi. Katta o‘g‘li Temurbekni ham 18 yoshida dunyoga keltirgan. Xorijdagi turmushi u qadar muvaffaqiyatli kechmagach, Toshkentga qaytib ijodini davom ettirgan.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Birinchi turmush o‘rtog‘im meni “Romeo va Julyetta” filmidagi obrazimni ko‘rib yoqtirib qolgan. O‘g‘lim otasi haqida umuman so‘ramaydi. Chunki, uni deyarli ko‘rmagan. Otasi ham hech qachon qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘lining holidan xabar olmaydi. Sababini bilmayman. O‘g‘limning otasi bilan ajrashganimizdan beri gaplashmaymiz. U oilani saqlab qolishga harakat qilgan. Lekin birga yashab ketishimizga mening ko‘zim yetmagan. Bo‘lmaydigan narsani bo‘lmagani yaxshi, — deydi aktrisa intervyularining birida.

    Foto: Instagram

    2015-yilning 18-yanvar kuni esa ikkinchi bor oila qurdi. Navbatdagi turmush o‘rtog‘i o‘zidan ancha katta va tadbirkorlik bilan shug‘ullandi. Afsuski, aktrisaning bu nikohi ham uzoqqa cho‘zilmadi.

    “Mish-mishlarga ko‘nikib qolganman”

    Oradan to‘rt yil o‘tib aktrisaning shaxsiy hayotida yana bir o‘zgarish sodir bo‘ldi. U Moskva shahrida istiqomat qiluvchi, o‘zidan 12 yosh katta inson bilan oila qurdi va 2020-yilda Saidumar ismli o‘g‘lini dunyoga keltirdi.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Men omma eʼtiboridagi shaxsman. Men haqimda turli gap-so‘zlar, mish-mishlar bo‘lishi tabiiy. Bunga ko‘nikib qolganman. Baʼzan izohlarni o‘qib, kulgim keladi. Hozir kimgadir nimanidir isbotlaydigan vaqt emas. Meni yaxshi biladigan va adekvat insonlar shundoq ham menga ishonadi. Umuman olganda, men hamma narsani vaqt hukmiga tashlayman. Vaqt hammasini o‘z joyiga qo‘yadi, — deb ijtimoiy tarmoqdagi savollarga javob bergan aktrisa.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    Zarina Nizomiddinova bugungi kunda ikki o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i bilan Moskvada yashaydi. Vaqti-vaqti bilan O‘zbekistonga kelib, shartnoma asosida film va seriallarda suratga tushmoqda. U so‘nggi marta Toshkentga kelganida “Parixona” serialida ishtirok etdi. Ammo aytish mumkinki, u O‘zbekistondagi gonorari eng yuqori aktrisalardan biri. Ijodda u qadar faol bo‘lmasa-da, unga bo‘lgan talab nihoyatda yuqori.

    “Sportsiz kunimni tasavvur etolmayman”

    Aktrisa sport bilan muntazam shug‘ullanadi. Ot sporti ham uning eng sevimli mashg‘ulotlaridan biri. Garchi uning mashg‘ulotlardagi rasm va videolari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lsa-da, aktrisa ularga eʼtibor bermaydi.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Sportsiz kunimni tasavvur etolmayman. U chiroyli qomat, salomatlik va tetiklik manbayi, — deydi aktrisa.

    Qo‘shiqlari u qadar omadli emas

    Zarina Nizomiddinova 2014-yili xonandalik faoliyatini boshlagandi. U “Afsonaviy” va “Meni kechir” nomli qo‘shiqlarni ijro etib, klip suratga olgandi.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    Bundan tashqari, yosh ijodkor bilan “Sen yuragimda” nomli duet taronani ham ijro etgandi. Qo‘shiq aytish aktrisaning shunchaki xobbisi bo‘lgani va uni rivojlantirishga katta kuch sarflamaganini aytib o‘tgan. Lekin uning qo‘shiqlariga ishlangan kliplar o‘z davrining eng byudjeti katta ijod mahsullaridan biri bo‘lgan. Hozirgi kunda aktrisa qo‘shiqchilik faoliyatini boshlagan ko‘rinadi. Dekabr oyida u “Yuragimda” nomli qo‘shig‘ini premyera qilgandi. Ammo tan olish kerakki, uning birorta qo‘shig‘i rollaridek mashhurlikka erishgani yo‘q.

    02.04.2024, 11:50   Izoh (0)   180836
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Omadsiz farzand bo‘lib tug‘ilgan, bozorda “pishgan” va otasiga qarshi borib aktrisalikni tanlagan Xonzoda Qambarova 25 yoshda (foto, video)

    14.03.2024, 12:50

    “Qilgan ishimdan uyalaman, farzandlarimni o‘ylamadim”. Zo‘ravonlik tufayli turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan xonanda Ruxshona 30 yoshni qarshiladi

    26.03.2024, 17:50

    “Bukri bo‘lib qolishim mumkin edi” — mushtumzo‘r, ko‘rsatuv sabab taqiqqa uchragan va IELTSʼdan 7,5 olib vaynerlik qilayotgan Xonzoda Do‘stova 29 yoshda (foto)

    28.03.2024, 10:19

    Instagram: Dubaydan uy xarid qilgan Yulduz Turdiyeva, Munisa Rizayevaning eng katta orzusi va qovurg‘asini sindirgan Shohruxxon

    02.04.2024, 09:43

    Do‘konda sotuvchi, ofitsiant, reklama agenti: Gollivud yulduzlari mashhurlikkacha nima ish qilgan?

    01.04.2024, 16:40

    “Mehmonxona ishi bo‘yicha sudlashyapman” — Davron Kabulov tuman gaz ta’minotining ishidan noroziligi va “Million”ning sinishini kutayotganlar haqida gapirdi (video...

    01.04.2024, 14:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.