• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bukri bo‘lib qolishim mumkin edi” — mushtumzo‘r, ko‘rsatuv sabab taqiqqa uchragan va IELTSʼdan 7,5 olib vaynerlik qilayotgan Xonzoda Do‘stova 29 yoshda (foto)

    Bugungi kunda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga vayner sifatida yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Xonzoda Do‘stova asli sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. Unda aktyorlik mahorati bilan birga, vokal qobiliyati ham yuqori ekanligini eʼtirof etishadi.

    “Rashk sabab dadam onamning ijod qilishini istamagan”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Bolalikda juda sho‘x, yerga ursa ko‘kka sapchiydigan qiz bo‘lganman. U paytlarda ko‘p qavatli uyda turardik. Yozgi taʼtil kunlari tushlik paytida birorta bolaning ko‘chaga chiqib o‘ynashiga yo‘l qo‘ymasdim. Mahalla bolalari o‘rtasidagi muammolar albatta mening ishtirokimda hal bo‘lardi. Oilada ikki farzandmiz, akam biroz erka edi. Ota-onam biror marta akamning ortidan ortiqcha gap eshitishmagan. Ammo bolalarni urgan, tartibga chaqirgan hamisha men bo‘lardim. Xonzoda, desa hamma tanirdi. Sanʼatkor bo‘lishimga hech kim shubha qilmasdi. Otam har doim to‘y xizmatlari va ijodiy safarlar bilan band edi. Turgan gapki, hamma oilada bo‘lganidek, tarbiyamiz bilan onam ko‘proq shug‘ullanardi. Onam ham sanʼatkorlar oilasida tarbiya ko‘rgan va bolalikdan sanʼatkor bo‘lishni orzu qilgan. Otam bilan bir oliygohda o‘qiyotganida oila qurishgan. Ammo rashk sabab dadam onamning ijod qilishini istamagan. Onam ko‘ngliga ko‘mib qo‘ygan ijod mehrini bizga bag‘ishlardi. Boshqa onalar farzandi bilan o‘yin o‘ynasa, bizning uyda yangi qo‘shiq o‘rganilardi. Xullas, mana shunday muhit sabab akam va men sanʼatga mehr qo‘yganmiz. Ammo menda aktrisalikka moyillik ko‘proq edi.

    “Bukri bo‘lib qolishing mumkin”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — O‘smirlik vaqtida bo‘yim balandligi va ozg‘inligim sababli menda bukri bo‘lib qolish ehtimoli yuqori edi. Shunda raqs maktabiga borsa, qomati chiroyli bo‘ladi, deb meni Xoreografiya oliy maktabiga berishgan. U yerdagi muhit har tomonlama maʼqul edi. Ammo maktabni tamomlash arafasida otam sanʼatga bo‘lgan mehrim kuchliligini ko‘rib, hujjatlarimni olib Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyga topshirgan. Til o‘rganishga umuman ishtiyoqim yo‘q edi. Noilojlikdan darslarga borib yurganimda, tengdoshlarimdan ancha ortda ekanligimni anglaganman. Men tabiatan liderlikka intiladigan insonman. Dadamga “Sanʼatkor bo‘lishimni istamasangiz, repetitorimga pul berasiz”, deb darsdan keyin o‘quv kurslariga qatnaganman. Juda qisqa muddatda ingliz tilini o‘rganib, tengdoshlarim ichida birinchi bo‘lganman, — deydi Xonzoda Do‘stova.

    “Karan Johar va Shohrux Xon bilan ishlash uchun ingliz tilini o‘rgandim”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Bolalikdan hind kinosining shaydosi bo‘lganman. U paytlari ijaraga videokassetalar berilardi. Topgan pulimga yangi videokassetani olib, undagi qo‘shiqdan tortib raqslargacha o‘rganib olardim. Karan Johar va Shohruh Xon ijodiga mehrim baland edi, “Albatta hind kinosida suratga tushaman”, derdim. Shunda kimdir ular bilan gaplashish uchun ingliz tilini o‘rganishim kerakligini aytdi. Ana shu kundan boshlab ingliz tilini o‘rganishni boshladim. Ishonasizmi, sanʼatga bo‘lgan mehrim sabab 4 yilda ingliz tilini o‘rganib, IELTSʼdan 7,5 ball oldim. Undan keyin repetitorlik qilishni boshladim. Men o‘qitgan o‘quvchilarning ko‘pi o‘zimdan ham o‘zib ketgan. Bir nechtasi INHA universitetiga o‘qishga kirishdi, IELTSʼdan yuqori ball olishdi.

    “Rektorimiz kuyov topishga vaʼda bergan”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Dadam sanʼatkor bo‘lsa-da, bu sohani egallashimga jiddiy qarshilik qilgan. “Qiz bolaga mos kasbni tanla” degan gapni ko‘p marta eshitganman. Shu bois O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat oliygohiga kirganimni ham yashirganman. O‘qishga topshirganimni eshitganida uyimizda qiyomat janjal bo‘lgan. Hatto, institutga kelib, hujjatlarimni qaytarib olib ham ketmoqchi bo‘lgan. Institutning o‘sha paytdagi rektori Baxtiyor Sayfullayev qabuliga chaqirib: “Qizingda isteʼdod bor, nega hujjatlarini olasan?” deganida dadam “Erta bir kun qizimni uzatishim kerak, sanʼatkor bo‘lsa...”, deganda rektorimiz “Xavotir olma, shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinsa pulini o‘zim to‘layman, institutni bitirganidan keyin yaxshi kuyovni ham o‘zim topaman”, deb rozilik olgandi.

    “O‘g‘rilik qilayotganim yo‘q-ku, bir marta imkon bering”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Institutning ikkinchi kursida o‘qiyotganimda “Aktyor shou”ga taklif etishgan. To‘g‘risi, bu men uchun juda og‘ir sinov bo‘lgan. Ijodiy tomondan qiynalmaganman, ammo otam shouda ishtirok etishimga jiddiy qarshi bo‘lgan. Shunda oldilariga kelib: “Dada, yuzingizni yerga qaratmayman, o‘g‘rilik qilayotganim yo‘q-ku, bir marta imkon bering”, deganman. Shundan keyin indamagan. Ammo ko‘rsatuv tugaguniga qadar 3 oy davomida men bilan umuman gaplashmagan. Sahna ko‘rinishim uchun rekvizit va kiyimlarni olishim uchun pul kerak bo‘lardi, ammo uydagilardan pul so‘rolmasdim. Syomka jarayonlari baʼzan kechgacha davom etardi yoki tayyorgarlik jarayonlari cho‘zilib ketardi. Bu otamga yoqmasdi. Asliddin Do‘stovning qizi ekanimni bilgach, baʼzi insonlar “Sanʼatkorning bolasida, otasi hakamlarni gaplashib bergan”, deb noto‘g‘ri gumonga borishdi. Ko‘rsatuvda ishtirok etishimni istamagan inson, menga yordam berishi mumkinmi?

    “Sherali Jo‘rayevni mazax qilganim yo‘q”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Ko‘rsatuv bilan qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Shu bilan birga dilxiraliklar ham talaygina. Masalan, tanish-bilishchilikka ko‘p marta yo‘l qo‘yilgan. Rejissyor yoqtirgan qizini, Shahzoda Muhammedova stilistlik ham qiladigan aktyorni, boshqa ustozlar esa kursidagi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlardi. Ularning ichida bitta men begona edim. Qanday obrazda chiqishimizni kompyuter tanlab berardi. Bir marta menga Sherali Jo‘rayev obrazini ko‘rsatib berish sharti tushgan. Qiz bola bo‘lsam-da, erkak kishini parodiya qilganman va qo‘shiqni ham jonli ijroda kuylaganman. Tomoshabinlar chiqishimni olqishlar bilan qarshi olgan. Uyga kelsam otamning jahllari chiqib o‘tirgan ekan. Sababini so‘rasam ustoz sanʼatkorning maʼmuri unga qo‘ng‘iroq qilib: “Qizingiz nega parodiya qildi?” deb gapiribdi. Otamning bu chiqishimdan xabari bo‘lmagan. Uning xijolat bo‘layotganini ko‘rib, rosa jahlim chiqqandi. Parodiya ham bir sanʼat, men atayin bu obrazni olib chiqmadim-ku, deganman. Eng yomoni takroriy ko‘rsatuvda chiqishimni o‘chirtirib tashlashgan, YouTubeʼga joylangan variantini ham o‘chirtirishgan. Ammo baribir bu chiqishim boshqa tarmoqlarda tarqalib ketgan. Ustoz sanʼatkorni hurmat qilaman, ammo bunday eʼtirozni kutmagandim. Men mazax qilib chiqqanim yo‘q, berilgan shartni bajardim xolos.

    “Rejissyor ‘sudlashamizʼ deb tahdid qildi”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Shu kungacha ko‘plab serial va davlat filmlarida suratga tushdim. Ammo tan olib aytamanki, xalqqa undagi rollarim emas, 5-6 oy davomida suratga olgan vaynlarim tanitdi. Yaqinda bir davlat filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Unda epizod bo‘lsa-da rol ijro etgandim. Film rejissyori ayol kishi edi. Premyerada qizil yo‘lakdan o‘taman desam, ism-familiyamni ham aytishmadi. Rejissyor bilan ko‘rishgani borsam, “Pardozim buziladi” deb qo‘l uchida muomala qildi. Ko‘pchilikning orasida aytgan gapi alam qilib, premyerani ham kutmay ketdim. Uyga kelguncha yig‘lab keldim. Nahotki, 4 yil institutda o‘qigan bo‘lsam, zarracha qadrim bo‘lmasa, dedim. Dilshod Ahmedovning “Jumboq” serialida ham suratga tushganman. Birinchidan rejissyor bir tiyin pul bermagan, eng alam qilgani boshqa serialga taklif etishsa “Unda suratga tushmaysiz, bo‘lmasa sudlashamiz” deb tahdid qildi. Qanaqasiga, tekinga ishlatayotgan aktrisa uchun ijodiy chegara qo‘yishga nima haqqi bor? Roling ham boshingda qolsin, deb serialdan ham chiqib ketdim. Hozir ham rollarga taklif etishadi. Ammo mendan ranjishmasin-u, rejissyorlar ulama kiprik qo‘yilgan, labi shishirilgan aktrisalar bilan ishlashga o‘rganib qolishmoqda. Ularga pul berishmaydi, qaytaga ulardan qurtdek sanab olishadi. Ertalabdan-kechgacha joningni berib rol ijro etasan va berishsa 50 AQSH dollari yoki undan ham kamroq haq berishadi. Men issiq uyimda o‘tirib bitta reklamaga shuncha pul olyapman. Yaxshi rol bo‘lsa tekinga suratga tushishga ham tayyorman, ammo pichoqqa ilinadigani yo‘q-da.

    “Ustoz sanʼatkorlar ham vayn olishni o‘rganishyapti”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — 3-4 yil oldin vaynerlarga past nazar bilan qarashardi. Ammo hozir professional ustoz aktrisalar ham vaynerlikning yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishyapti. Bir nechtasi yonimga kelib “Qurilish tashkilotidan uy olibsiz. Bizga ham berisharmikan? Vayn olishni o‘rgating” deyishdi. Chunki asl sanʼatda qadr topish juda qiyin bo‘lib qolgan. Yoki rejissyorning taklifiga ko‘nib yonida yelpatak bo‘lib yurishingiz yoki zo‘ringiz bo‘lmasa bo‘lmaydi. “O‘zbekkino”da ikki kunlab kasting topshirish uchun rejissyorlarni kutganman. Hozir o‘sha kunlarni eslasam o‘zimga rahmim kelib ketadi. Boshqa vaynerlardan farqli ravishda barcha rollarni o‘zim ijro etaman va grimdan foydalanaman. Oz bo‘lsa-da, professionallik bor. Qaynona-kelin mavzusida o‘ralashib qolishni istamagandim, ammo xalqqa shu chiqishlarim ko‘proq yoqyapti.

    “Bir umr bloger bo‘lib qolishni istamayman”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — “Ingliz tilini bilasiz, uning ustiga professional aktrisasiz, nega blogerlik qilib yuribsiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Haqiqatan ham, internetga vaynlar olish uchun to‘rt yil tahsil olmaganman. Ammo hozirgi aktyor va aktrisalarning boshqa iloji ham yo‘q. Chunki xashaki rejissyorlar ko‘payib ketgan. Agar ular ko‘rsatgan yo‘l bo‘ylab harakatlanadigan bo‘lsak, birorta tuzuk rol ijro etolmaymiz. Yolqin To‘ychiyev, Zulfiqor Musoqov yoki Ayub Shahobiddinov kabi rejissyorlar har yili film olavermaydi. Kinoning kulminatsiyasi nima ekanligini bilmaydigan rejissyorlar esa oyiga yangi serial olishni “uddalashyapti”. Bir umr bloger bo‘lib qolib ketishni istamayman. 30-40 yoshga kirganimda ham vaynlar olib yurish niyatim yo‘q. Ungacha jiddiyroq sohaning etagidan tutib, bir stolning egasi bo‘lishni istayman.

    “Pul ijoddan ustun emas”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Pul hamma qatori menga ham kerak, ammo bu pulni ustun ko‘raman deganim emas. Mana, yaqinda bir davlat filmiga taklif qilishdi. Gonorar summasini ham so‘ramay, suratga tushishga rozi bo‘ldim. Chunki aniq bilaman, davlat filmlaridagi kunlik gonorar 200-250 ming so‘m bo‘ladi. Suratga olish ishlari tog‘da bo‘lishini aytishdi. Ayni o‘sha vaqtda 2 000 AQSH dollarlik reklama taklif etishayotgan edi. Menejerim “Shuncha pulga reklama kelyapti”, deyishiga qaramay, film syomkasiga ketdim. Bir necha kunlik syomka uchun 1 million 900 ming so‘m olgan bo‘lsam ham, har holda to‘rt yil bejiz aktrisalikka o‘qimaganimni his qildim. Shunchaki rol ijro etishni istamayman, qiynalib ishlagim keladi. Afsuski, aksariyat rejissyorlar ishga nihoyatda yengil yondashadi.

    “Turmush o‘rtog‘im bilan Instagram’da tanishganmiz”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Karantin paytida samarqandlik yigit Instagram orqali yozgan. Aslida bunday nomalar ko‘p kelardi, shu bois avvaliga eʼtibor bermaganman. “Men ham aktyorlikka qiziqaman, qanday kastinglar bo‘lyapti”, deb yozgandi xolos. Keyinchalik bir-birimizga maslahat berib, do‘stga aylandik. Oxiri kasting sabab u inson Toshkentga keldi, ammo kastingsiz serialda suratga tushdi. Bu insonning mardligi va or-nomusi ustun ekanligi menda yaxshi taassurot uyg‘otgan. Qish kuni 10 kun Toshkentda pulsiz qolib ketgan, yordamimni esa qabul qilmagan. Shu bois ham uni hurmat qilganman. U paytlarda vaynlar suratga olmasdim, menga motivatsiya bergan ham shu inson bo‘ladi. To‘rt yil bir-birimizni sinab keyin oila qurdik, — deydi Xonzoda Do‘stova.

    28.03.2024, 10:19   Izoh (0)   68430
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Omadsiz farzand bo‘lib tug‘ilgan, bozorda “pishgan” va otasiga qarshi borib aktrisalikni tanlagan Xonzoda Qambarova 25 yoshda (foto, video)

    14.03.2024, 12:50

    “Bir oy ishlab 17 dollar topardik” — xonanda bo‘lishiga ko‘zi yetmagan, ishga joylasholmay qiynalgan va AQSHda “eshakdek” ishlagan aktyor Behzod Muhammadkarimov 60...

    26.03.2024, 09:51

    “Qilgan ishimdan uyalaman, farzandlarimni o‘ylamadim”. Zo‘ravonlik tufayli turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan xonanda Ruxshona 30 yoshni qarshiladi

    26.03.2024, 17:50

    Instagram: Biznes boshlayotgan Zarina Nizomiddinova, Shahzod Sultonov onasiga uy sovg‘a qildi, Asal Shodiyeva o‘g‘lining yuzini ko‘rsatdi

    27.03.2024, 21:27

    Ikki karra ko‘proq baxt: egizak farzandlar tarbiya qilayotgan jahon yulduzlari (foto)

    27.03.2024, 15:50

    “Turkiyadagi kasalxonada 4 marta hayot bilan xayrlashganman”. Ra’no Shodiyeva saraton bilan kurashgani va rus kelinini qanday qabul qilgani haqida

    27.03.2024, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.