Qirg‘izistonda may oyidan aholi uchun elektr energiyasi narxi yana oshadi. Bu haqda Kaktus.media xabar berdi.
Ma’lumotni Energetika vazirligi huzuridagi Yonilg‘i-energetika kompleksi faoliyatini tartibga solish boshqarmasi tasdiqlagan. Aholi uchun elektr energiyasi tariflari vaqtliroq — may oyidan oshiriladi. Ilgari narxni iyul oyida oshirish rejalashtirilgan edi. Vazirlikning taʼkidlashicha, tariflar inflyatsiyani (10,8 foiz) hisobga olgan holda 11 tiyinga oshiriladi. Ya’ni, 1-maydan boshlab aholi uchun bir kilovatt-soat 1,11 som bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil may oyi boshidan Qirg‘izistonda aholi uchun elektr energiyasi tarifi 23 tiyinga oshirilib, 1 somni tashkil qilgan edi.
Izoh (0)