Bishkekda Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalarining Qambarota GES-1 ni ishga tushirish loyihasi ustidagi ishlarga bag‘ishlangan muzokarala bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi xabar berdi.
2023-yil boshida mazkur uch davlat energetika vazirlari Qambarota GES-1 ni qurish va foydalanish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolagan edi.
Kelajakdagi gidroelektr stansiyaning quvvati 1860 megavatt, suv ombori esa 5,4 milliard kubometr bo‘lishi rejalashtirilgan. U yiliga o‘rtacha 5,6 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kerak. Loyihani 2025-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Izoh (0)