• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Markaziy Osiyo

    Xitoy Transkaspiy transport yo‘lagi uchun nega O‘zbekiston va Qirg‘izistonni tanlagan?

    Xitoy Transkaspiy transport yo‘lagini rejalashtirish bosqichida Markaziy Osiyoda temiryo‘l qurishning ikkita variantiga ega bo‘lgan: uni Qozog‘iston yoki O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston orqali yotqizish.

    Natijada Xitoy ikkinchi variantni tanlab, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan hamkorlik qilishga qaror qilgan. KazTransInvest boshqaruvining sobiq raisi Yerjan Artiqbekov AIRAN nashriga bergan intervyusida Xitoy nuqtayi nazariga oydinlik kiritdi.

    Foto: Yerjan Artiqbekov / YouTube

    Xitoyning muqobil yo‘llarni izlashi

    AIRAN jurnalisti Do‘sim Satpayev Xitoyning hamkorlikka tayyorligi haqida gapirib, Transkaspiy transport yo‘nalishi bo‘ylab yuklarni yetkazib berish muddatlari optimal emasligi va yuqori narxlarga shubha bildirdi.

    “Xitoy hamkorlik qilishga tayyor bo‘lsa-da, Transkaspiy transport yo‘nalishi hozirgi vaqtda yuklarni yetkazib berish muddatlari va nisbatan yuqori xarajatlar bo‘yicha boshqa yo‘nalishlardan ortda qolmoqda. Shu sababli Xitoy Qozog‘istonga nisbatan boshqa muqobil transport imkoniyatlarini o‘rganishga qaror qildi”.
    Transport yo‘nalishi / Geopol 21

    Shanxay hamkorlik tashkilotining 2022-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha imzolangan hamkorlik shartnomasi diqqatga sazovor misoldir. Ushbu loyiha Xitoydan Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va undan Turkiya, Ozarbayjon, Yevropa Ittifoqi va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yuk tashishni osonlashtirishga qaratilgan.

    Qozog‘iston oldida turgan muammolar

    Yerjan Artiqbekov Xitoyning Qozog‘iston tranzit muammolarini hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini tushunishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

    Foto: YouTube
    “Xitoy Qozog‘iston tranzit masalasini hal qila olmasligini tushundi. Ular Qozog‘iston temiryo‘llarini 2030-yilgacha rivojlantirish to‘g‘risidagi hukumat qarorini o‘qib chiqqach, unda Xitoy talablari ko‘rsatilgan hajmda emasligini tushunishdi. Shuning uchun muqobil usullarni izlashlari kerak edi”.

    Artiqbekov Qozog‘istonning bunday hajmdagi yuklarni tashish imkoniyatidan xavotirlari tufayli Xitoy yuqorida tilga olingan temiryo‘l loyihasini to‘xtatganini aytdi.

    Taklif etilayotgan marshrut taxminan 450-480 kilometrni tashkil etadi, 18 ta stansiya, 80 ta ko‘prik inshootlari va 40 ta tunnelni o‘z ichiga oladi. Artiqbekov tog‘li yerlarni bosib o‘tishda logistika murakkabligini ta’kidlab, Qozog‘iston raqobatbardosh bo‘lib qolishi uchun o‘z infratuzilmasini modernizatsiya qilishi zarurligini aytdi.

    Qozog‘istonning rivojlanish maqsadlari va vazifalari

    Qozog‘istonning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish rejalarini muhokama qilar ekan, Artiqbekov o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:

    “Qozog‘istonning 2030-yilgacha rivojlanish rejasi hozirgi zamonga moslashish uchun mavjud, ammo biz 50 yil orqada qolmoqdamiz. Chunki Qozog‘iston sekin va tez qaror qabul qila olmaydi”.

    U xitoylik hamkorlaridan iqtibos keltirgan holda qozog‘istonlik hamkorlarning rivojlanish loyihalarini cheksiz muddatga uzaytirish tendensiyasiga urg‘u berdi. Artiqbekov Qozog‘iston uchun tafovutni bartaraf etish va zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilmasini modernizatsiya qilish zarurligini aytdi. Aks holda imkoniyatlar boy berilishi va Qozog‘istonning global transport sohasida raqobatbardoshligiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

    Avvalroq Silk Road briefing nashri Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi qoldirilgani haqida xabar bergandi. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Bakit Toroboyev mazkur ma’lumotni rad etdi.

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha 2022-yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida uch davlat vakillari tomonidan kelishilgan edi. 2023-yilning 29-aprelida temiryo‘l loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tayyorligi ma’lum bo‘lgan. 19-mayda esa temiryo‘l qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolangandi.

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi 35-40 yil ichida o‘zini oqlashini ta’kidlagan.
    16.02.2024, 15:26   Izoh (0)   6763
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Borrel Yevroittifoq va Markaziy Osiyo o‘rtasida Rossiyani aylanib o‘tuvchi transport yo‘laklarini qurishni taklif qildi

    21.11.2022, 11:43

    O‘zbekiston Ozarbayjon bilan kema qurish loyihalarida ishtirok etishi mumkin

    10.08.2023, 08:35

    “Markaziy Osiyo orqali o‘tgan o‘rta koridor strategik ahamiyatga ega bo‘lmoqda” — Oybek Shayxov

    29.01.2024, 19:30

    Amudaryodan 2023-yilda qaysi davlat ko‘proq foydalangani ma’lum qilindi

    16.02.2024, 12:29

    Qirg‘izistonda Markaziy Osiyo davlatlari vakillari Afg‘oniston bo‘yicha uchrashdi

    15.02.2024, 17:00

    “Tolibon” Turkmaniston bilan savdo-sotiqni kengaytirmoqchi

    15.02.2024, 14:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.