Samarqandda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning tegishli idoralari o‘rtasida Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasi (Qirg‘iziston hududidagi uchastka) bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, temiryo‘l qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshiradi. Magistral Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan, kelajakda esa Transafg‘on temir yo‘li orqali Pokiston portlari bilan bog‘lashi mumkin.
Dunyoda dengizga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqa olmaydigan (chiqish uchun ikki davlatdan o‘tishi kerak bo‘lgan) faqat ikkita davlat mavjud bo‘lib, ularning biri Yevropadagi Lixtenshteyn, ikkinchisi esa O‘zbekiston hisoblanadi.
Izoh (0)