Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 2023-yilda boshlanishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Biroq qurilish qoldirilgani aytilmoqda.
Trans-Yevrosiyo tashuvlari bo‘yicha xalqaro muvofiqlashtiruvchi kengash bosh kotibining ma’lum qilishicha, loyiha tayyor, ammo Pekin, Bishkek va Toshkent hozircha moliyaviy tomondan kelisha olmayapti. Bu uzoq vaqt talab qilishi ham mumkin. Qirg‘iziston va O‘zbekistonda loyihani moliyalashtirish uchun mablag‘ yo‘q.
“Loyiha tayyor, ammo Pekin, Bishkek va Toshkent hozircha moliyalashtirish bo‘yicha kelisha olmayapti. Bu uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Qirg‘iziston va O‘zbekistonda loyihani moliyalashtirish uchun mablag‘ yo‘q. Xitoy hamma narsani o‘zi qurishi mumkin edi, lekin temir yo‘l muhim yo‘nalish emas. Undan Yevropaga eksport qilish uchun foydalanish ko‘zlanmagandi, chunki u erda Trans—Sibir temiryo‘li va Dostik (Qozog‘iston)—Orenburg—Brest yo‘nalishi bo‘ylab poyezdlar qatnovi mavjud”, — deydi u.
Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha mutaxassis Grigoriy Mixaylovga ko‘ra, Xitoy va O‘zbekiston o‘z ulushini to‘lashi mumkin, Qirg‘iziston esa to‘lay olmaydi. Xitoy berishi mumkin. Qirg‘izistonda davlat kafolati ostida kredit bor, lekin prezident Sadir Japarov davlat qarzini oshirishni man qilgan. Tabiiy resurslar bilan to‘lash varianti ham Qirg‘iziston uchun mos emas.
Uning yo‘nalishi avvalroq 2022-yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida uch davlat vakillari tomonidan kelishilgan edi. Joriy yilning 29-aprelida temiryo‘l loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tayyorligi ma’lum bo‘lgan. 19-mayda esa temiryo‘l qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolandi.
Izoh (0)