Senegalda prezidentlik saylovlari arafasida Dakardagi Milliy Assambleya qarshisida namoyishchilar yig‘ildi. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Bundan tashqari, mamlakatda mobil internet ham o‘chirilgan.
Saylov kampaniyasi rasman boshlanishiga bir necha kun qolganida, Senegal prezidenti Makki Sall saylovlar 25-fevralga qoldirilishini e’lon qildi. U buni Milliy Assambleya va mahalliy konstitutsiyaviy sud o‘rtasida nomzodlarni saylovdan chetlashtirish bo‘yicha mojaro bilan izohladi.
Sall saylovlarning yangi sanasini e'lon qilmagan, ammo bugun 5-fevral kuni Milliy assambleya bu masalani muhokama qilishi kerak.
Kecha 4-fevral kuni Dakarda norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi, ular davomida politsiya bilan to'qnashuvlar yuz berdi. Boshqalar qatorida, bu namoyishlarda prezidentlikka nomzodlardan biri, Senegalning sobiq bosh vaziri Aminata Ture hibsga olingandi. Ammo bir kun o‘tib u ozod qilindi.
Ture saylovlarning kechiktirilishini "demokratiya uchun misli ko'rilmagan muvaffaqiyatsizlik" deb atadi va senegalliklarni o'z huquqlarini himoya qilishga chaqirdi.
Izoh (0)