Senegalning Kafrin shahrida ikkita yo‘lovchi avtobusining to‘qnashuvi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Senenews xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida 70 ga yaqin odam jarohat olgan. Senegal prezidenti Maki Sall 9-yanvardan boshlab uch kunlik motam e’lon qilgan.
“Mamlakatda 9-yanvardan boshlab 3 kunlik milliy motam e’lon qilishga qaror qildim. Shu kuni yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat yo‘lovchi transportida qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha idoralararo kengash o‘tkaziladi”, — dedi prezident.
8-yanvar kuni Xitoyda yirik yo‘l transport hodisasi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jarohatlandi. Barcha jabrlanganlar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazilgan, hodisa sabablari esa o‘rganilmoqda.
Izoh (0)