G‘arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOVAS) Senegaldagi prezidentlik saylovlari qoldirilishidan xavotir bildirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Tashkilot Senegal siyosiy hamjamiyatini saylovlarni shaffof o‘tkazish uchun hamkorlikka e’tibor qaratishga chaqirdi.
“ECOVAS komissiyasi saylovlarning qoldirilishiga olib kelgan holatlardan xavotir bildiradi va vakolatli organlarni saylovlarning yangi sanasini belgilash uchun turli jarayonlarni tezlashtirishga chaqiradi”, — deyiladi hamjamiyat bayonotida.
Saylovlar uch haftadan kamroq vaqt ichida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo bir necha nomzodning diskvalifikatsiyasi bilan bog‘liq mojaro G‘arbiy Afrikaning eng barqaror demokratik davlatlaridan birida katta siyosiy inqirozga sabab bo‘ldi.
Senegal prezidenti Makki Sall 3-fevral kuni prezidentlik saylovlari noma’lum muddatga qoldirilishini e’lon qildi, bu G‘arbiy Afrika mamlakatining milliy ovoz berishni kechiktirgan birinchi holatdir.
Qaror Milliy Assambleya va Konstitutsiyaviy sud o‘rtasidagi ba’zi nomzodlarning rad etilgani bo‘yicha kelishmovchilikdan so‘ng qabul qilingan. Kechikish rasmiy saylov kompaniyasi boshlanishidan bir necha soat oldin sodir bo‘lgan, ovoz berishga uch haftadan sal kamroq vaqt qolgan.
Izoh (0)